Boymatov Farhodjon Ziyodqo‘zi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm yo‘nalishi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim omili sifatida”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyoting siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Ss190.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqorov Vahob Hoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich , siyosiy fanlar doktori professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm yo‘nalishining rivojlanishi orqali uning davlat tashqi siyosatining muhim omiliga aylanishi, xalqaro va milliy munosabatlar tizimidagi ahamiyatini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining chuqur o‘ylangan, ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosati natijasida qo‘shni davlatlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, “Markaziy Osiyo ruhi” o‘zaro siyosiy ishonch muhiti hamda mintaqaning xalqaro subekt sifatidagi o‘rni va jozibadorligi mustahkamlanib borayotganligi “Markaziy Osiyo turizm xabi”ni yaratish uchun asos bo‘lishi isbotlangan;
jahon siyosiy maydonidagi beqaror va strategik mavhum vaziyat, mintaqalarda sodir bo‘layotgan turli nizo va ixtiloflar, savdo urushlari oqibatida proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to‘siqlarning paydo bo‘lishi va global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi qarama-qarshiliklarning turizmga ko‘rsatadigan salbiy va ehtimoliy ta’siridan kelib chiqib, “Xalqaro turizm ekspertlar kengashi”ni tashkil etish zarurati asoslab berilgan.
O‘zbekiston tashqi siyosatidagi an’anaviy sheriklar va boshqa yaqin xorijiy hamkor davlatlar bilan turizm sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ikki va ko‘p tomonlama turizm diplomatiyasi samaradorligini oshirish hamda milliy turizm brendini yaratishga qaratilgan siyosiy strategik vazifalar asosida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va elchixonalarida “Turizm attashesi” lavozimini joriy qilish taklifi dalillangan.
xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbek vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning milliy turizmni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishdagi faol say-harakatlarlarini kuchaytirish, xorijiy sayyohlar va vatandoshlar o‘rtasida do‘stlik, madaniy-diplomatik muloqot ko‘prigini mustahkamlash maqsadida vatandoshlar va raqamli turizm Milliy dasturini yaratish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi quyidagi xulosalar olingan:
O‘zbekiston Respublikasining chuqur o‘ylangan, ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosati natijasida qo‘shni davlatlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, “Markaziy Osiyo ruhi” o‘zaro siyosiy ishonch muhiti hamda mintaqaning xalqaro subekt sifatidagi o‘rni va jozibadorligi mustahkamlanib borayotganligi “Markaziy Osiyo turizm xabi”ni yaratish uchun asos bo‘lishi isbotlangan hamda O‘zbekiston tashqi siyosatidagi an’anaviy sheriklar va boshqa yaqin xorijiy hamkor davlatlar bilan turizm sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ikki va ko‘p tomonlama turizm diplomatiyasi samaradorligini oshirish hamda milliy turizm brendini yaratishga qaratilgan siyosiy strategik vazifalar asosida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va elchixonalarida “Turizm attashesi” lavozimini joriy qilish taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi turistik xizmatlarini segmentatsiyalash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2021-yil 6-oktyabrdagi 05-12-01-4448-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston turistik xizmatlari bozorini segmentatsiyalash jarayoni imkoniyatlari kengaygan;
jahon siyosiy maydonidagi beqaror va strategik mavhum vaziyat, mintaqalarda sodir bo‘layotgan turli nizo va ixtiloflar, savdo urushlari oqibatida proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to‘siqlarning paydo bo‘lishi va global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi qarama-qarshiliklarning turizmga ko‘rsatadigan salbiy va ehtimoliy ta’siridan kelib chiqib, “Xalqaro turizm ekspertlar kengashi”ni tashkil etish zarurati asoslab berilgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tamoqgan hamda ushbu tadqiqot xulosalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga yordam berishi hisobga olingan holda amaliyotda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining 2021-yil 29-sentyabrdagi 01 27/733-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekistonning turizm siyosati va uning transchegaraviy madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi faoliyati qo‘shni davlatlar bilan integratsiyalashuvi yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilingan va uning umumintaqaviy modernizatsiyalashgan platformasining joriy qilishi kelgusida O‘zbekiston turizmini taraqqiy etishida katta axamiyat kasb etadi;
xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbek vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning milliy turizmni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishdagi faol sa’y-harakatlarlarini kuchaytirish, xorijiy sayyohlar va vatandoshlar o‘rtasida do‘stlik, madaniy-diplomatik muloqot ko‘prigini mustahkamlash maqsadida vatandoshlar va raqamli turizm Milliy dasturini yaratish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining o‘z faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021-yil 26-noyabrdagi 14-07-2160-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘mitaning xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli rivojlantirish mavzusidagi uchrashuvlari, tadbirlari, ilmiy-amaliy konferensiyalari va seminarlarini tashkil etishda xizmat qiladi.