Јalilov Arѕlon Xoѕhimovishning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Temir yo‘l tranѕrorti tizimida innovatѕion rivoјlaniѕhni takomillaѕhtiriѕh mexanizmi”, 08.00.03 – “Ѕanoat iqtiѕodiuoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4327
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toѕhkent davlat tranѕrort univerѕiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Rahmanbaeva Roza Abdurahmanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Javlon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, v.b. professor; Muxitdinova Kamola Alisherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, v.b. professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti tizimida innovatsion rivojlanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab  chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra  “innovatsion muhit” tushunchasining iqtisodiy mazmuni temir yo‘l transporti tizimida yangi g‘oyalarni yaratish, rivojlantirish va amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhitni tashkil etuvchi elementlari ahamiyati va aloqalarini tavsiflash, asosiy elementlarini tizimlashtirish hamda shakllantirish va rivojlantirish tamoyillariga qo‘shimcha kiritish orqali takomillashtirilgan;
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda temir yo‘l transportining raqobatdoshligini baholashda innovatsion reyting darajasining “juda past” (0 < 0,54), “past” (0,55 - 0,65), “o‘rta” (0,66 - 0,75), “yuqori” (0,76 - 0,9), “juda yuqori” (0,91 - 1,0) chegaralarini belgilash orqali  mavjud imkoniyatlar va strategik bo‘shliqlarni aniqlash taklifi asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tashkiliy-texnik darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich (UK = 0,68), texnik darajasi ko‘rsatkichining salmoqdorligi (TDS = 0,6), tashkiliy darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning salmoqdorligi (TDUS = 0,4) holatida raqobatdoshlik darajasining reyting shkalasini me'yor darajasi (MD → 31%)ga qadar oshirish orqali texnik bazani yangilash, mavjud uskunalarni modernizasiya qilishga asoslangan innovatsion faoliyatni ta'minlash asoslangan;
O‘zbekiston temir yo‘l transporti qo‘shilgan qiymatining pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylari bo‘yicha integrallashgan avtoregressiya modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti korxonalarida innovatsion rivojlanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra  “innovatsion muhit” tushunchasining iqtisodiy mazmunini temir yo‘l transporti tizimida yangi g‘oyalarni yaratish, rivojlantirish va amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhitni tashkil etuvchi elementlari ahamiyati va aloqalarini tavsiflash, asosiy elementlarini tizimlashtirish hamda shakllantirish va rivojlantirish tamoyillariga qo‘shimcha kiritish orqali takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Temir yo‘l transportida investisiya va innovatsion faoliyat” nomli darsligini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarining temir yo‘l transportidagi “innovatsion salohiyat” va “innovastion rivojlantirish tamoyillari” tushunchalarining takomillashtirilgan iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda temir yo‘l transportining raqobatdoshligini baholashda innovasion reyting darajasining “juda past” (0 < 0,54), “past” (0,55 - 0,65), “o‘rta” (0,66 - 0,75), “yuqori” (0,76 - 0,9), “juda yuqori” (0,91 - 1,0) chegaralarini belgilash orqali  mavjud imkoniyatlar va strategik bo‘shliqlarni aniqlash taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 8 iyuldagi №04/759-24-son ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yo‘qotilgan imkoniyatni va strategik bo‘shliqlarni aniqlashga imkon bergan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tashkiliy-texnik darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich (UK = 0,68), texnik darajasi ko‘rsatkichining salmoqdorligi (TDS = 0,6), tashkiliy darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning salmoqdorligi (TDUS = 0,4) holatida raqobatdoshlik darajasining reyting shkalasini me'yor darajasi (MD → 31%)ga qadar oshirish orqali texnik bazani yangilash, mavjud uskunalarni modernizasiya qilishga asoslangan innovasion faoliyatni ta'minlash taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 8 iyuldagi №04/759-24-son ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transporti raqobatdoshligini baholash bo‘yicha taklif etilgan yondashuv va foydalanilgan ko‘rsatkichlarning natijalari asosida tizimning rivojlanish hamda raqobatdoshlik darajasini aniqlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston temir yo‘l transporti qo‘shilgan qiymatining pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylari bo‘yicha integrallashgan avtoregressiya modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 8 iyuldagi №04/759-24-son ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyada zaxira va logistik xarajatlarni qo‘shimcha 2 – 2,5 foizga kamaytirish hamda uzoq muddatli rivojlanish parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish