Ergashev Mirodil Maxamadovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sardoba suv toshqini bo‘lgan hududlardagi g‘o‘za agrobiotsenozida Lepidoptera sonini boshqarishda trixogrammani tarqatish qurilmasini samaradorligi”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1340.
Ilmiy rahbar: Ortiqov Umidjon Doniyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Trixogrammani tarqatish uchun qurilma (IAP 07479).
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyatida tabiiy ofat ro‘y bergan hududlarda entomofaunaga ta’sirini aniqlash va populyasiyasini tiklashda trixogrammani tarqatish qurilmasini samaradorligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyatida tabiiy ofat ro‘y bergan hududlardagi Lepidoptera turkumi vakillarining 6 turi aniqlangan;
ilk bor zararli tunlamlar miqdorini boshqarishda tuxumxo‘r trixogrammani qo‘llashning avtomatik qurilmasi yaratilgan;
trixogrammani an’anaviy usulda 1 kishi 4 ga maydonga (1 kunda) tarqatsa, yaratilgan 1 ta qurilma yordamida 40 ga maydonga tarqatish imkoniyati yaratilgan;
tunlamlar tuxumlariga qarshi trixogrammani qurilma yordamida 1:5 nisbatda (feramonga bir kunda 2-3 ta kapalak tushganda) tarqatilganda 70,5 % biologik samaradorlikka erishilishi aniqlangan;
Zararli tunlamlarga qarshi trixogrammani tarqatish qurilmasi yordamida tarqatilganda 541% rentabilikka erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sardoba suv toshqini bo‘lgan hududlardagi g‘o‘za agrobiotsenozida Lepidoptera sonini boshqarishda trixogrammani tarqatish qurilmasini samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Zararli tunlamlar miqdorini samarali boshqarish, ularning tur tarkibini aniqlash, parazit-entomofag munosabatlarini tiklash, entomofauna tarkibidagi turlarni aniqlash, trixogramma turlarining samaradorligi aniqlash, trixogrammani tarqatishning tunlamlarga qarshi turli usullar qo‘llashning smaradorligini taqqoslash asosida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida trixogrammani tarqatish qurilmasi (IAP 07479 raqamli ixtiro patent) yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabr 07/22-06/1485-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumda qisqa muddatda entomofaglarni samarali tarqatish uchun ketadigan ishchi kuchi va sarf harajatlar 8-9 barobar tejalgan;
Sardoba suv omborida suv toshqini bo‘lgan hududlardagi g‘o‘za agrobiotsenozida uchraydigan Lepidoptera turkumi sonini boshqarishda trixogrammaning turli turlarini trixogrammani tarqatish qurilmasi asosida qo‘llashning muddat va me’yorlari ishlab chiqilgan hamda shu asosida zararkunandalar miqdorini boshqarishda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Sardoba Universal klasteri” ning 240 gektar g‘o‘za maydonida qo‘llanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabr 07/22-06/1485-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za agrobiotsenozida zararli tunlam sonini kamaytirishda 70,5% biologik samaradorlikka erishilgan;
trixogrammaning Trichogramma chilonis turi maxsus dron yordamida trixogrammani tarqatish qurilmasi yordamida turli usul va me’yorlarda, amaldagi usullar bilan taqqoslangan holda Sirdaryo viloyati “Sardoba Universal klasteri” ning 200 ga g‘o‘za maydonlarida qo‘llanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabr 07/22-06/1485-son ma’lumotnomasi). Natijada, trixogrammani tarqatish qurilmasida ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan 5,8-6,5 sentnergacha qo‘shimcha hosil saqlab qolishga erishilgan.