Jo‘raeva Ozoda Toirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi tuproq va iqlim sharoitida jo‘xori navlarining ekofiziologik asoslari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V745.
Ilmiy rahbar: Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat uneversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03.30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sirojiddin Xudoyberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Dilbar Normo‘minovna, biologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatining suv tanqis va sho‘rlangan tuproq- iqlim sharoitlarida jo‘xori navlarining suv almashinuvi, mahsuldorlik va stressga chidamlilik ko‘rsatkichlarining ekofiziologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining suv stressi sharoitida jo‘xori navlarining fiziologik xususiyatlari va suv almashinuviga namlik darajalari ta’siri- transpiratsiya jadalligi, barglardagi umumiy suv miqdori, barglarning kunduzgi va qoldiq suv tanqisligi, hujayralarning turgotsentlik darajasi, hujayra shirasining quyuqlik darajasi, barg to‘qimalarining issiqqa chidamliligi, protoplazmaning qovushqoqligi, barg to‘qimalarining elektr qarshiligi  va fotosintetik pigmentlar miqdori, fotosintez jadalligi ko‘rsatkichlari navlar kesimida solishtirma baholangan va stressga bog‘liqlik darajasi ilmiy asoslangan;
stressga chidamlilik darajasi past-o‘rtacha bo‘lgan O‘zbekiston-18 va Qorabosh navlarini suv stressi omillari ta’siri nisbatan kuchsiz hududlarga ekib yuqori yashil massa hamda suv stressiga chidamlilik darajasi yuqori bo‘lgan Massino, Samuray, O‘zbekiston pakanasi navlaridan yuqori don hosili olish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor Buxoro viloyatining suv tanqis va sho‘rlangan tuproq sharoitida jo‘xorining morfofiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari asosida navlarning stressga chidamlilik va hosildorlik darajasi tajriba-sinovdan o‘tkazilib, stressga chidamlilik darajalari navlar kesimida besh ballik shkala asosida baholangan;
Buxoro viloyatining suv tanqis va sho‘rlangan tuproq sharoitida jo‘xori navlarining ozuqaviylik xususiyatlari va ozuqabop ekin sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro vohasi tuproq va iqlim sharoitida jo‘xori navlarining ekofiziologik asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Jo‘xori navlarining suv tanqis va sho‘rlangan tuproqlar sharoitida stressga chidamlilik darajalari navlar kesimida besh ballik shkala asosida baholangan va fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlari, hosildorlik xususiyatlari yuqori bo‘lgan navlar Jondor tumanidagi “Mashhura – Munojot” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 maydagi 05/05-02-355-son ma’lumotnomasi). Natijada, stressga chidamlilik darajasi past-o‘rtacha bo‘lgan O‘zbekiston-18 va Qorabosh navlarini ekish hisobiga boshqa navlarga nisbatan 20-25 foiz yuqori yashil massa hosili olish imkoniyati yaratilgan;
Buxoro viloyatining suv tanqis va sho‘rlangan tuproq sharoitida suv stressiga chidamlilik darajasi yuqori bo‘lgan jo‘xorining Massino, Samuray, O‘zbekiston pakanasi navlari viloyatning issiq shamollar kuzatiladigan hududlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 30 apreldagi 01/03-768-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvdan samarali foydalanish koeffisienti yuqori bo‘lgan Massino, Samuray va O‘zbekiston pakanasi navlarini suv tanqis va issiq shamollar kuzatiladigan hududlarga ekish hisobiga boshqa navlarga nisbatan 10-15 foiz yuqori don hosili olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish