Mo‘minova Ma’suda Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarish strategiyasini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt212.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar:Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nugmanova Barno Muxitdinovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari aktiv operatsiyalarining boshqarish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarish jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar va ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilib, tijorat banklarining daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni oldindan aniqlash mexanizmi ishlab chiqilgan;
tijorat banklarining aktiv va passiv instrumentlaridan foydalangan holda bank xizmatlari sifatini oshirish hamda mijozlarni jalb qilish yo‘li bilan aktiv operatsiyalarni samarali boshqarish strategiyasini takomillashtirish taklifi asoslangan;
aktivlarni sek`yuritizatsiyalash, avtomatlashtirish, «New Privat» hamda masofaviy boshqaruv innovatsion usullarini aktiv operatsiyalarga yo‘naltirish orqali boshqarishning innovatsion uslubi ishlab chiqilgan;
aktivlarni sek`yuritizatsiyalashda davlat dasturiga muvofiq berilgan kreditlar asosida ikkilamchi obligatsiyalar chiqarish orqali tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini va daromadligini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bankning aktiv operatsiyalariga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirini baholashga asoslangan aktiv operatsiyalarni boshqarish strategiyasini amalga oshirish mexanizmidan foydalanish taklifi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining «Mijoz bilan valyutaviy svop operatsiyasini amalga oshirish tartibida»dagi 2–6-bandlarni ishlab chiqishda inobatga olingan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2018 yil 11 maydagi 01-09/1893-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida «Trastbank»ning aktivlari 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 18,1 foizga ko‘paygan;
tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarishning innovatsion uslubi asosida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish taklifi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining «Likvidlikni boshqarish to‘g‘risida nizom»dagi 3–6-bandlarni ishlab chiqishda inobatga olingan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2018 yil 11 maydagi 01-09/1893-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbig‘i natijasida «Trastbank»ning kapitali 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 21,1 foizga o‘sgan;
bank mijozlari va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma tahlillari natijasida aktiv operatsiyalarini boshqarish strategiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki tomonidan jismoniy shaxslarga plastik karta orqali milliy valyutada overdraft berish qoidalari»dagi 4–8-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2018 yil 11 maydagi 01-09/1893-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan kelib chiqqan holda, «Trastbank»da innovatsion menejment tizimi joriy etilgan va bu boshqaruvning samaradorligini oshirishga imkon yaratgan;
tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarishda zamonaviy «New Privat» tizimini joriy etish hamda tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarishda banklarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash va likvidliligini oshirishda «Bank aktivlarini sek`yuritizatsiyalash» bo‘yicha takliflari «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2018 yil 9 apreldagi AN 18-32/2830-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida «Mikrokreditbank» bank tizimida yangi xizmat turlari ko‘payib, mijozlar sonining hamda bank daromadlari hajmining oshishiga imkon yaratgan.