Yuldashev Jasurbek Azatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali gepatit S va abdominal semizligi bor bemorlarda jigar fibrozi noinvaziv tashxisotining prognostik ahamiyati”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2023.2.PhD/Tib3513.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali virusli gepatit S va abdominal semizlik mavjud bemorlarda jigar fibrozini aniqlashning noinvaziv usullarini solishtirma o‘rganish asosida ularning diagnostik va prognostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SVGS bilan kasallangan bemorlarda virusga qarshi terapiya fonida visseral semizlik indeksi oshib borishi va bu jigar fibrozi rivojlanishini kuchaytiruvchi xavf omili ekanligi isbotlangan;
abdominal semizlikning SVGS kechishiga ta’sirini baholashda tashxisotning noinvaziv fibrotest usullarini qo‘llash jigar fibrozi rivojlanib borishini bashoratlovchi marker sifatida samaradorligi asoslangan;
SVGS va abdominal semizlik mavjud bemorlarda jigar fibrozi rivojlanishida patogenetik jihatdan metabolik yallig‘lanish ustunlik qilishi asoslangan;
abdominal semizlik aniklangan SVGS mavjud bemorlarda jigar fibrozini baholash va rivojlanishini nazorat qilishda metabolizmning laborator ko‘rsatgichlariga asoslangan NAFLD takomillashtirilgan fibrotest shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Surunkali gepatit S va abdominal semizligi bor bemorlarda jigar fibrozi noinvaziv tashxisotining prognostik ahamiyati» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6/11-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: SVGS bilan kasallangan bemorlarda virusga qarshi terapiya fonida visseral semizlik indeksi oshib borishi va bu jigar fibrozi rivojlanishini kuchaytiruvchi xavf omili ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: SVGS bilan kasallangan abdominal semizligi bor bemorlarda virusga qarshi interferon unuli preparatlar berish oqibatida jigar fibrozi va metabolik yallig‘lanish kuchayadi. Shuni inobatga olib dorilarni tanlashda interferon gurug‘larini boshqa dorilar bilan almashtirish fibroz jarayoni rivojlanishi oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: abdominal semizlik va SVGS bo‘lgan bemorlarda virusga qarshi terapiyada fonida metabolik yallig‘lanish davolash, jigar sirrozini kamaytiradi va bemorlarning statsionar kunlari qisqarishi natijasida har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 547200 so‘m, byudjet mablag‘laridan 206039 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Curunkali virusli gepatit S va abdominal semizlik bilan kechgan bemorlarda kuzatilgan jigar fibrozi rivojlanishi oldini olish va bashoratlashda noinvaziv tashxisot usullarining samaradorligi isbotlanganligi, fibroz rivojlanishini bashoratlash, oldini olish tadbirlari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi va 753239 so‘m siqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: abdominal semizlikning SVGS kechishiga ta’sirini baholashda tashxisotning noinvaziv fibrotest usullarini qo‘llash jigar fibrozi rivojlanib borishini bashoratlovchi marker sifatida samaradorligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: ishonchlilik va informativligi yuqori bo‘lgan serologik fibrotestlarni qo‘llash amaliy tibbiyot uchun juda qulay bo‘lib, jigar fibrozini erta aniqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: SVGS va abdominal semizlik mavjud bemorlarda kam informativ bo‘lgan elastometriya usuli o‘rniga standartda ko‘rsatilgan laborator markerlar asosida fibrozni aniqlash orqali har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 781004 ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Surunkali virusli gepatit S va abdominal semizlik aniqlangan bemorlarda fibroz rivojlanishini bashoratlashda keng qo‘llaniladigan APRI va FIB-4 testlariga nisbatan, tana vazni parametrlari va metabolik ko‘rsatgichlarga asoslangan NAFLD shkalasi, hamda uning takomillashtirilgan shakli ko‘proq ahamiyatli bo‘lib, uni amaliyotga qo‘llash orqali JFI ni to‘g‘ri baholash, sirroz rivojlanishi profilaktikasiga erishish imkoniyatini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: SVGS va abdominal semizlik mavjud bemorlarda jigar fibrozi rivojlanishida patogenetik jihatdan metabolik yallig‘lanish ustunlik qilishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda fibroz va sirroz rivojlanishini erta aniqlashda invaziv tashxisot usullarining doimiy qo‘llanilishi noqulaylik va iqtisodiy jihatdan hamma vaqt ham bemorlarga ma’qul bo‘lmaydi. Bunday hollarda standartlar asosida bajariladigan laborator tahlillar asosida jigar fibrozi indeksining aniqlab borilishi kasallik rivojlanib borishi va asoratlanishi oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit va abdominal semizlik birgalikda kechganda fibroz darajasini kamaytirishda metabolik yallig‘lanishni davolash orqali jigar fibrozi erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har birnafar bemorga bir yilda budjet hisobidan 54600 so‘m, budjetdan tashqari 42024 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa 4. Abdominal semizlik va surunkali virusli gepatit S mavjud bemorlarda jigar fibrozi rivojlanishi darajasi va metabolik yallig‘lanish ko‘rsatgichlar orasidagi korrelyatsion bog‘likliklar tahlilida TGF β-1 ko‘rsatgichi TNO-α orasidagi korrelyatsion bog‘liqliklarga asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 96624 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: abdominal semizlik aniklangan SVGS mavjud bemorlarda jigar fibrozini baholash va rivojlanishini nazorat qilishda metabolizmning laborator ko‘rsatgichlariga asoslangan NAFLD takomillashtirilgan fibrotest shkalasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Abdominal semizlik mavjud bo‘lgan SVGS bilan og‘rigan barcha bemorlarda jigar shikastlanish darajasini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir jigar fibrozi xavfini hisoblash, shuningdek, uning asoratlanishini oldini olishniga mshhljallangan takomillashtirilgan shkala tavsiya etiladi, surunkali kasalliklar profilaktikasiga erishiladi, tibbiy tekshiruvlar samaradorligi oshishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Uslubiy tavsiyanoma tadbiq etilguncha jigar fibrozini tashxislash kechikishi, asoratlar bilan kechganda tashxis qo‘yish, davolashga  qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 2195211 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu xarajatlar 1411080 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu chora tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha 784131 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. SVGS da tana vazni ortishi, visseral semizlik kuzatilishi jigar fibrozi rivojlanish jarayonini kuchaytirib jarayon chuqurlashib borishini bashoratlashda nafaqat TVI, balki visseral semizlik ko‘rsatgichlarini nazorat qilib borish muhim ahamiyatga ega hamda 784131 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish