Xolikov Ixtiyor Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarkti bilan bo‘lgan bemorlarda yurakning o‘ng qorincha disfunksiyasining klinik-gemodinamik xususiyatlari», 14.00.06 – Kardiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2415.
Ilmiy raxbari: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmetova Feruza Matsapaevna, tibbiyot fanlari doktori; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarkti bilan bog‘liq o‘ng qorincha etishmovchiligini tashxislashga yondashuvlarni takomillashtirish, uning yurak etishmovchiligining rivojlanishi, davolash taktikasini tanlash va yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishda ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkak va semiz bemorlarda miokard infarkti bilan bog‘liq o‘ng qorincha sistolik disfunksiyasining yuqori tarqalishi isbotlangan;
o‘ng qorincha maydoni fraksional o‘zgarishlarning past ko‘rsatkichlarining Syntax score ballari shkalasi bo‘yicha koronar arteriyalarning murakkab shikastlanishining yuqori ko‘rsatkichlari bilan, xamda o‘ng koronar va oldingi tushuvchi arteriyalarning shikastlanishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
proksimal stenozlarning mavjudligi va uchdan ortiq koronar arteriyalarning shikastlanishi o‘tkir miokard infarkti rivojlanishida o‘ng qorinchaning ishemik disfunksiyasiga olib keladigan xavf omillariga kiritish asoslangan;
miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining bajarilishining o‘ng qorinchaning oxirgi-diastolik maydonining pasayishi, diastolik disfunksiya ko‘rsatkichi (E/e’) va o‘ng qorincha maydonining fraksional o‘zgarishi bilan aks ettirilgan o‘ng qorinchaning strukturaviy va funksional holatini yaxshilanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Miokard infarkti bilan bog‘liq o‘ng qorincha etishmovchiligini tashxislashga yondashuvlarni takomillashtirish, uning yurak etishmovchiligining rivojlanishi, davolash taktikasini tanlash va yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishda ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Erkak va semiz bemorlarda miokard infarkti bilan bog‘liq o‘ng qorincha sistolik disfunksiyasining yuqori tarqalishi isbotlangan. Miokard infarktining (MI) turli shakllari ya’ni oldingi va old-to‘siq devori MI, orqa va orqa-yon devori MI, Q tishli va Q tishsiz MI bor bemorlarda o‘ng qorincha disfunksiyasi kelib chiqishida yurak ishemik kasalligining xavf omillarini o‘rganish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2024yil 29-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Yurak tomirlari kasalligida o‘ng qorincha disfunksiyasini tashxislashda zamonaviy texnologiyalar», 2024yil 29-yanvardagi 18-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar orasida o‘ng qorincha disfunksiyasining tarqalishi va zamonaviy tekshirish usullari» uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat tibbiyot birlashmasiga 05.02.2024-yildagi 14-sonli buyruq hamda Samarkand viloyat Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga 12.02.2024-yildagi 9-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: MI ning turli shakllari bor bemorlarda yurak o‘ng qorinchasi disfunksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va kelib chiqishidagi xavf omillarni aniqlash orqali orqali qisqa muddatda infarkt kasalligining asoratlari oldi olinadi. Bu esa jamiyatdagi MI ga chalingan bemorlarning turmush tarzi va hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelgan. Bu holat masalaning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak qon-tomir kasalliklarida asoratlarning, qo‘shimcha surunkali yurak etishmovchiligi va yurak ritmi buzilishiga qarshi dorilarga ehtiyojning kamayishiga olib kelib, bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Bu esa xar oyda surunkali yurak etishmovchiligiga qarshi dori vositalariga sarflanadigan o‘rta hisobda 281000 so‘mni tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘ng qorincha maydoni fraksional o‘zgarishlarning past ko‘rsatkichlarining Syntax score ballari shkalasi bo‘yicha koronar arteriyalarning murakkab shikastlanishining yuqori ko‘rsatkichlari bilan, xamda o‘ng koronar va oldingi tushuvchi arteriyalarning shikastlanishi bilan bog‘liqligni asoslash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Yurak tomirlari kasalligida o‘ng qorincha disfunksiyasini tashxislashda zamonaviy texnologiyalar», 2024yil 29-yanvardagi 18-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar orasida o‘ng qorincha disfunksiyasining tarqalishi va zamonaviy tekshirish usullari» uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat tibbiyot birlashmasiga 05.02.2024-yildagi 14-sonli buyruq hamda Samarkand viloyat Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga 12.02.2024-yildagi 9-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: MI turli shakllari bo‘lgan bemorlarda toj tomirlar zararlanganda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi davolash muolajalari bilan birgalikda olib borilgan gospital natijalar orqali toj tomirlarni stentlash, yurak etishmovchiligi funksional sinflari kamayishiga va MI davolanish samaradorligini ortishiga hamda asoratlarning oldi olinishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: MIning turli shakllari bilan kasallangan yurak toj tomirlari zararlangan bemorlarda stentlash amaliyoti o‘tkazilgandan keyin yurak etishmovchiligi funksional sinflarini kamayishi va ko‘pchilik bemorlarda stenokardiya xurujlarini kamayishi xisobiga, bemorlarda qo‘shimcha beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari va  gipolipidemik dori darmonlarga har oyda sarflanadigan 279000 so‘mni tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: proksimal stenozlarning mavjudligi va uchdan ortiq koronar arteriyalarning shikastlanishi o‘tkir miokard infarkti rivojlanishida o‘ng qorinchaning ishemik disfunksiyasiga olib keladigan xavf omillariga kiritish lozim ekanligi aniqlangan va ushbu takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2024yil 29-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Yurak tomirlari kasalligida o‘ng qorincha disfunksiyasini tashxislashda zamonaviy texnologiyalar», 2024yil 29-yanvardagi 18-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar orasida o‘ng qorincha disfunksiyasining tarqalishi va zamonaviy tekshirish usullari» uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat tibbiyot birlashmasiga 05.02.2024-yildagi 14-sonli buyruq hamda Samarkand viloyat Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga 12.02.2024-yildagi 9-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak koronar tomirlari ko‘p sonli shikastlangan MIning turli shakllari bor bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining bir yil muddatli natijalarini taxlil qilish, kelajakda bemorda miokard infarkti, yurak aritmiyalari, hamda yurak etishmovchiligi rivojlanishi va zo‘rayishi kabi salbiy oqibatlarni oldini olishda keyingi davolash taktikasini tanlashni belgilab berdi. Bu esa bemorlarning xayotchanligi va o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayishiga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak koronar tomirlari ko‘p sonli shikastlangan MIning turli shakllari bor bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining bir yillik natijalarining ahamiyatliligi natijasida bemorlarning klinik belgilarning yaxshilanishiga sabab  bo‘lib, bemorlarda antianginal xamda antiagregant dori vositalariga har oyda sarflanadigan 174000 so‘mni tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining bajarilishining o‘ng qorinchaning oxirgi-diastolik maydonining pasayishi, diastolik disfunksiya ko‘rsatkichi (E/e’) va o‘ng qorincha maydonining fraksional o‘zgarishi bilan aks ettirilgan o‘ng qorinchaning strukturaviy va funksional holatini yaxshilanishi o‘rtasidagi bog‘liqligini asoslash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2024yil 29-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Yurak tomirlari kasalligida o‘ng qorincha disfunksiyasini tashxislashda zamonaviy texnologiyalar», 2024yil 29-yanvardagi 18-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar orasida o‘ng qorincha disfunksiyasining tarqalishi va zamonaviy tekshirish usullari» uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat tibbiyot birlashmasiga 05.02.2024-yildagi 14-sonli buyruq hamda Samarkand viloyat Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga 12.02.2024-yildagi 9-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: MI turli shakllari bor bemorlarda yurak toj tomirlari revaskulyarizatsiya amaliyoti, stenokardiya kechishiga ijobiy ta’sir qilgan, bemorlarning xayot sifati xamda jismoniy yuklamaga tolerantlikni ortishiga, og‘riq xurujlari davomiyligining kamayishiga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda yurak ko‘plab toj tomirlari zararlanganda prognozga ta’sir qiluvchi salbiy prediktorlarni inobatga olib ularga samarasi isbotlangan davo turlari taklifi berilishi, ularning teri orqali koronar aralashuv yoki aortakoronar shuntlash amaliyotini tanlashga xizmat qiladi bu esa davolash samaradorligini ortishi, qo‘shimcha dorilar iste’moliga talabning kamayishiga, statsionarda qolish kunlarining kamayishiga va qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojining kamayishiga olib keladi. Bu esa har bir bemor uchun to‘g‘ri davolash amaliyotini tanlashda o‘rtacha 4600000 so‘mni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish