Sadikova Asya Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qizil yassi temiratkining klinik-morfologik, immunologik va immunogistokimyoviy xususiyatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya va 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1. PhD/Tib3350.
Ilmiy rahbar: Sidikov Akmal Abdikaharovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Paqirdinov Adham Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Vitaliy Aleksandrovich Oxlopkov, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi diplomdan keyingi tibbiy ta’lim instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasallik rivojlanishining etiopatogenetik omillarini aniqlash uchun qizil yassi temiratkining klinik, morfologik, immunologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tadqiqot ishida qizil yassi temiratkining turli shakllari bo‘lgan bemorlarning klinik-morfologik, immunologik, immunogistokimyoviy ma’lumotlarining natijalari taqdim etilgan va klinik ko‘rinishga qarab qizil yassi temiratkidagi yallig‘lanishning morfologik patternlari aniqlangan;
ilk bor qizil yassi temiratki bilan og‘rigan bemorlarning periferik qonida, teri bioptatlarida ham epidermotropik Epshteyn-Ban viruslarining antigenlari aniqlangan;
Epshteyn-Barr virusning ijobiy ifodalangan antigenlari qizil yassi temiratkining klassik shakli bilan og‘rigan bemorlarda epidermisining tikanli qatlamida aniqlanganligi isbotlangan;
OPV, SMV, VPG-I va VPG- 2 antigenlari qizil yassi temiratkining turli shakllari bilan og‘rigan bemorlarda epidermisida kamdan-kam ifodalanishi va ular kasallikning rivojlanishida etiopatogenetik omil hisoblanmasliei aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari va QYTning klinik, morfologik, immunologik va immunohistokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, uslubiy tavsiyalar nashr etildi. “Immunogistokimyo qizil yassi temiratkini tashxislash usuli sifatida” uslubiy tavsiyalari amaliy sog‘liqni saqlash va o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 13.07.2024 yildagi 3-sonli lmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi), (FJSTI ekspert kengashining 30.03.2024 yilgi № 01-02/u-t-19 raqamli).
birinchi ilmiy yangilik, ilk bor qizil yassi temiratki qayd etilgan bemorlarda klinik-morfologik, immunologik va immunogistokimyoviy ma’lumotlar keng o‘rganildi va teri, shilliq qavatlar va boshqa zararlangan sohalardagi o‘zgarishlar aniqlanib, bu ma’lumotlar asosida morfologik xususiyatlar tahlil qilindi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 13.07.2024 yildagi 3-sonli lmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarni amaliyotga joriy etish qizil yassi temiratki qayd etilgan bemorlar orasida kasallikning kechishini engillashtirish, yallig‘lanish jarayonlarini boshqarish va og‘riqni kamaytirish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi diagnostik usulni amaliyotga joriy etilganda diagnostik testlar uchun xarajatlar 1360000 so‘m, yotoq kunlari uchun 800000 so‘mni va o‘rtacha yillik iqtisodiy samaradorlik 30240000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qizil yassi temiratkini diagnostikasida yangil usulni qo‘llash orqali kasalikka erta bosqichda aniq tashxis qo‘yish va kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. “Immunogistokimyo qizil yassi temiratkini tashxislash usuli sifatida” mavzusida olingan natijalar Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik shundaki, qizil yassi temiratkining klinik ko‘rinishlariga bog‘liq holda yallig‘lanishning turli morfologik patternlari aniqlanishi kasallik diagnostikasi va davolashini aniqroq yo‘naltirishga, bemorlarda davolash strategiyalarini yanada samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 13.07.2024 yildagi 3-sonli lmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan yangi diagnostik usullar yordamida kasallikni boshqarish jarayonida umumiy aholining sog‘lig‘ini yaxshilashga, hayot sifatini oshirishga, kasallik asoratlarini kamaytirishga hamda jamiyatning sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi diagnostik usulni amaliyotga joriy etilganda diagnostik testlar uchun xarajatlar 1360000 so‘m, yotoq kunlari uchun 800000 so‘mni va o‘rtacha yillik iqtisodiy samaradorlik 30240000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qizil yassi temiratkining klinik-morfologik va immunologik jihatlarini chuqur o‘rganish orqali bemorlarni samaraliroq davolash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. “Immunogistokimyo qizil yassi temiratkini tashxislash usuli sifatida” mavzusida olingan natijalar Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi.
uchinchi ilmiy yanglik shundaki, epidermotropik Epstein-Barr virusi antigenlarining teri biopsiyalarida va qizil yassi temiratki bilan kasallangan bemorlarning periferik qonida aniqlanishi ushbu kasallikning patogenezi va uning teri qatlamlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini tushunishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 13.07.2024 yildagi 3-sonli lmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarni amaliyotga joriy etish QYT bilan og‘rigan bemorlar uchun individual yondashuv orqali davolashning samaradorligi oshiriladi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va kasallikni nazorat qilish darajasini oshirish imkonini yaratadi. Sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish, profilaktik va davolash choralari orqali bemorlar sonini kamaytirishga qaratilgan yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu usulni qo‘llash orqali o‘rtacha yillik xarajat 30240000 so‘m, yangi diagnostik usulni bir marta qo‘llanilish narxi 680000 so‘m, yillik iqtisodiy samaradorlik 29460000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Olingan ma'lumotlar asosida davolash va profilaktik tadbirlarni yanada samarali olib borish mumkinligi tufayli, ushbu natijalar klinik amaliyotda bemorlarning salomatligini yaxshilashga qaratilgan yangicha yondashuvlarni joriy qilishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. “Immunogistokimyo qizil yassi temiratkini tashxislash usuli sifatida” mavzusida olingan natijalar Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik shundaki, OGB-1, OGV-2 va SMV antigenlari turli shakldagi qizil yassi temiratki bilan kasallangan bemorlarning epidermisida kamdan-kam ekspressiyalanadi va kasallikning rivojlanishida asosiy etiopatogenetik omil hisoblanmaganligi sababli patogenez bo‘yicha ilgari surilgan nazariyalarga yangicha yondashuv kiritishga va kasallikni chuqurroq o‘rganishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 13.07.2024 yildagi 3-sonli lmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarni amaliyotga joriy etish OGB-1, OGV-2 va SMV antigenlarining QYT bilan kasallangan bemorlarning epidermisida kam ekspressiyalanishining aniqlanishi, QYT patogenezi bo‘yicha amaldagi diagnostik va terapevtik yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishga yo‘l ochadi va QYTni davolash va uning sabablarini aniqlashda asosiy e’tibor boshqa etiopatogenetik omillarni aniqlash va ularni nazorat qilishga qaratish kerakligini isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu usulni qo‘llash orqali o‘rtacha yillik xarajat 30240000 so‘m, yangi diagnostik usulni bir marta qo‘llanilish narxi 680000 so‘m, yillik iqtisodiy samaradorlik 29460000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: antigenlarning kam ekspressiyasi ularning qizil yassi temiratki rivojlanishida asosiy omil emasligini ko‘rsatadi, bu esa kasallikning chuqurroq o‘rganilishi va diagnostika hamda davolashda yangi yondashuvlarni talab etadi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. “Immunogistokimyo qizil yassi temiratkini tashxislash usuli sifatida” mavzusida olingan natijalar Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy etildi.