Fozilov G‘olibjon Nabijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Daholik fenomeni evolusiyasi va uning sivilizatsion davrlardagi mohiyati” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal124
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Amridinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori, (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi daholik fenomeni evolusiyasi va sivilizatsion davrlardagi mohiyatini falsafiy, tarixiy tahlil qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi davr sivilizatsiyasida daholik kategoriyasi lokal hususiyatlardan qat’e nazar tuzulmasida ratsional, erotsional, empirik elementlarni sinkritlanganligi, sivilizatsiya dahosining serqirra dahodan farq qiluvchi mavjud qadriyatlar va me’yorlarni qayta baholash, ularni yangilash mexanizmlarini taklif qilish g‘oyalarining uzoq muddat amal qilishi hamda ijod mahsullarining inqirozini tugatib, barqarorlikni hosil qilishi kabi xususiyatlari ochib berilgan;
daholik fenomeni genezisini tushuntirishga qaratilgan metodologik yondashuvlarda jamiyatning sanoatlashuvi, genetika-irsiy avloddan avlodga o‘tuvchi qobiliyatlar va bolalikdan namoyon bo‘lgan qobiliyatlar kabi omillar determenand qilib olinishi, hamda qadimgi davr sivilizatsiyasida daholik kategoriyasi lokal xususiyatlardan qat’iy nazar tuzilmasida ratsional, irratsional, empirik elementlarni sinkr qilishi kabi xususiyatlari ochib berilganligi ilmiy asoslangan;
arab musulmon sivilizatsiyasida daholik fenomeni kategoriyasi mazmunida qamralgan belgilar qatoriga avvalgi sivilizatsiyalarda urg‘u berilgan intellektual sifatlardan tashqari axloqiy fazilatlar ham o‘rin olganligi, daholikning kongnutiv tuzilmasi borasidagi yondashuvlar transformatsiyaga uchrab unda hissiy sensual, ratsional elementlardan tashqari tahayyul (chin bilimga erishish) funksiyasi ham mujassamlashganligi ochib berildi;
daholik fenomenini tushuntirishga qaratilgan zamonaviy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirgan holda uning kategoriyal mazmuni tafakkurga tayanish, tasavvurning kengligi, fantaziyalash qobiliyatiga egalik, onglilik va ongsizlikning garmoniyasi, ilhomlanish, g‘oyalarning mutlaq yangiligi va originalligi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Daholik fenomeni evolusiyasi va uning sivilizatsion davrlardagi mohiyati”ni ilmiy tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘arb sivilizatsiyasining yangi va eng yangi bosqichlarida vujudga kelgan daholik fenomeni haqidagi qarashlarni gumanizm pozisiyasiga ko‘ra sientistik va antiseintistik yo‘nalishlari to‘g‘risidagi xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Mavzu», «Buyuk yurt allomalari» ko‘rsatuvining ayrim sonlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2023-yil 20-noyabrdagi 02-06-1743-sonli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda renessans davrining vujudga kelish omillari va unga asos solgan daholarning ilmiy, asarlarining ahamiyati haqida ma’lumotlar bilan boyitilib, daholik fenomenining asosiy kategoriyalari haqida tushunchalar berib o‘tildi;
arab musulmon sivilizatsiyasida daholik fenomeni kategoriyasi mazmunida qamralgan belgilar qatoriga avvalgi sivilizatsiyalarda urg‘u berilgan intellektual sifatlardan tashqari axloqiy fazilatlar ham o‘rin olganligi, daholikning kongnutiv tuzilmasi borasidagi yondashuvlar transformatsiyaga uchrab unda hissiy sensual, ratsional elementlardan tashqari tahayyul (chin bilimga erishish) funksiyasi ham mujassamlashganligi ochib berganligini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan «Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari»ning 13 bandi «Yangi O‘zbekiston orzusi» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 30-noyabrdagi 436-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida Sharq daholarining chin bilimlarga erishish, tafakkur qonuniyatlari, tana va ruhning bilish bosqichlaridagi darajalari haqida bilim va tushunchalarni paydo qildi;
daholik fenomeni genezisini tushuntirishga qaratilgan metodologik yondashuvlarda jamiyatning sanoatlashuvi, genetika-irsiy avloddan avlodga o‘tuvchi qobiliyatlar va bolalikdan namoyon bo‘lgan qobiliyatlar kabi omillar detirmenand qilib olinishi, hamda qadimgi davr sivilizatsiyasida daholik kategoriyasi lokal xususiyatlardan qat’iy nazar tuzilmasida ratsional, irratsional, empirik elementlarni sinkritlanganligi ilmiy asoslanganligi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining «Barkamol, erkin, kuchli va jasur yoshlar-jamiyat tayanchi, kelajagimiz bunyodkorlari» qismidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda foydalanildi. Shuningdek jamiyatning sanoatlashuvini targ‘ibot va tashviqot qilinishi interfaol yaratuvchanlik, keng ko‘lamli tadbirkorlik muhitini paydo bo‘lishi va unda partiyaning safi kengayib, siyosiy rolini yanada mustahkamlashga xizmat qildi (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 6-dekabrdagi 01-27/394-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi partiya xodimlari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
sivilizatsiya dahosining serqirra dahodan farq qiluvchi mavjud qadriyatlar va me’yorlarni qayta baholash, ularni yangilash mexanizmlarini taklif qilish g‘oyalarining uzoq muddat amal qilishi hamda ijod mahsullarining inqirozini tugatib, barqarorlikni hosil qilishi kabi xususiyatlari ochib berilganligi shuningdek daholik fenomeni tushuntirishga qaratilgan zamonaviy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirgan holda uning kategoriyal mazmuni tafakkurga tayanish, tasavvurning kengligi, fantaziyalash qobiliyatiga egalik, onglilik va ongsizlikning garmoniyasi, ilhomlanish, g‘oyalarning mutlaq yangiligi va originalligi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanishi ilmiy asoslanganligi dissertatsiyada bayon etilgan ilmiy yangiliklarda «Uchinchi renessans» g‘oyasini amalga oshirishda daholarni etishtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi ustavining 2.2-qismi – barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozisiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish maqsad va vazifalarni amalga oshirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2023 yil 16 dekabrdagi 04-13/1108-sonli ma’lumotnomasi) Tadqiqot natijalarining foydalanilishi respublikamizda kechayotgan tub islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jihatlarini keng aholi qatlamiga, ayniqsa, yoshlarga chuqurroq tushuntirish va bu boradagi olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashgan;
daholik fenomeni tushuntirishga qaratilgan zamonaviy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirgan holda uning kategoriyal mazmuni tafakkurga tayanish, tasavvurning kengligi, fantaziyalash qobiliyatiga egalik, onglilik va ongsizlikning garmoniyasi, ilhomlanish, g‘oyalarning mutlaq yangiligi va originalligi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanishi ilmiy asoslanganligi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda jamiyatning iste’dodli kadrlar bilan boyishi, qobiliyatli olimlarni qo‘llab-quvatlash bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar berib kelinmoqda (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 2-maydagi 6-187-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi partiya faollari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.