Qo‘shmatov Otaxon Qurbonalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Auditorlik tashkilotlari ishi sifati nazoratini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD /Iqt2024.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Auditorlik tashkilotlari ishi sifati nazoratini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari tarkibiga auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tashkilotlariga yoki assotsiasiyalariga a’zoligini kiritish taklif etilgan;
auditorlik tashkilotlari tomonidan qoidabuzarliklarni sodir etish tavakkalchilik darajasini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
auditorlik tekshiruvlarida ichki sifat nazoratini o‘tkazish bosqichlarini qo‘llash tartibi takomillashtirilgan;
auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish algoritmini qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auditorlik tashkilotlari ishi sifati nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari tarkibiga auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tashkilotlariga yoki assotsiasiyalariga a’zoligini kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 06/17-03-35/277-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishiga va auditorlik tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobatning kuchayishiga olib kelgan. Shuningdek, auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar sifatining ta’minlanishiga erishilgan;
auditorlik tashkilotlari tomonidan qoidabuzarliklarni sodir etish tavakkalchilik darajasini baholash mezonlarini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tashkilotining ishchi standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2023 yil 20 sentyabrdagi 58-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, ish sifati tashqi nazoratini o‘tkazish davomida auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishi sodir etilishi tavakkalchilik darajasini aniq baholashga hamda auditorlik faoliyatida yuz beradigan qoidabuzarliklarni kamaytirishga xizmat qilgan;
auditorlik tekshiruvlarida ichki sifat nazoratini o‘tkazish bosqichlarini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tashkilotining ishchi standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2023 yil 20 sentyabrdagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini nazoratdan o‘tkazish samaradorligini oshirishga va muvofiqlashtirishga erishilgan;
auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish algoritmini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tashkilotining ishchi standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2023 yil 20 sentyabrdagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlik tekshiruvlarida malakali auditorlardan foydalanishga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish