Ismoilov Xamrali Qanbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta pnevmotransporti ventilyatori ishchi parametorlarining ilmiy asoslari” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3340
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shariboev Nosirjon Yusupjanovich, f-m.f.d., professor, Murodov Rustam Muradovich, t.f.d., professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmotransport ish rejimini boshqaruvchi mexatronik tizimga ega bo‘lgan resurstejamkor ventilyator konstruksiyasini ishlab chiqish orqali paxta mahsulotlarining dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va energiya sarfini kamaytirishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta pnevmotransportida markazdan qochma ventilyator hosil qiladigan statik bosim va havo sarfining ventilyator parrakli diski ishchi yuzasi g‘adir-budirligiga bog‘liqligi analitik tenglamalar bilan asoslangan va po‘lat listlardan silliqlangan parrakli diskni tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahsulotni tashish masofasining o‘zgarishi ventilyator sarf qiladigan quvvatning o‘zgarishiga olib kelishi asosida ventilyator ishlash vaqtida sarf qiladigan quvvatning havo bosimi va tashish masofasiga bog‘liqliginig matematik modeli ishlab chiqilgan;
parrakli disk massasini engillatish ventilyator sarf qiladigan nominal quvvatni kamaytirish imkonini berishi energiya sarfining ventilyator parrakli diski massasiga bog‘liqlik tenglamasini keltirib chqarish yo‘li bilan asoslangan va parrakli diskning yuk tushmaydigan yuzalarini kesib olish va o‘rnini engil konstruksion material bilan qoplash orqali engillashtirish usuli ishlab chiqilgan;
markazdan qochma va radial ventilyatorlar samaradorligining ventilyator kirish teshigi diametri, kirish quvurchasi shakli va o‘lchamlariga bog‘liqligi eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan va ventilyator nominal quvvati o‘zgarmagan holda kirish quvurchasining havo bosimi hamda sarfi ortishini ta’minlovchi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasi uchun oqim parametrlarini boshqarish qurilmasiga ega bo‘lgan yangi ventilyator konstruksiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oqimni bir me’yorda o‘zgartirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot va uni amalga oshiruvchi mexanizm «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “ART SOFT TEX CLUSTER” MChJga qarashli “Pop paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2023 yil 16 oktyabrdagi №03-22/801-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta pnevmotransporti tashish masofasini 50-60 metrga oshirishga erishilgan;
paxtani havo yordamida tashuvchi pnevmotransport uskunasi ventilyator ratsional parametrlari «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “ART SOFT TEX CLUSTER” MChJga qarashli “Pop paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2023 yil 16 oktyabrdagi №03-22/801-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta pnevmotransporti energiya sarfini 1 ta ventilyator uchun
20 kWt ga kamayishiga erishilgan.