Ortiqov Sarvar Sattaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobillarga texnik ta’sir o‘tkazish jarayonini va sarflanadigan vaqt me’yorlarini aniqlash usulini takomillashtirish” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T3381
Ilmiy rahbar: Qayumov Baxrom Abdullajonovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent Yusupov Sarvarbek Sodiqovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobillarga texnik ta’sir o‘tkazish jarayonini va sarflanadigan vaqt me’yorlarini aniqlash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobillarga texnik ta’sir o‘tkazish, yo‘l qoplamalari holati, foydalanish mintaqasi kompleks tuzatish koeffisientlari va detalning variatsiya hamda tiklanish koeffisientlari o‘zaro nisbatini qo‘llab avtomobil qismlari resursini aniqlash matematik modeli ishlab chiqilgan;
avtomobillarga texnik ta’sir o‘tkazish jarayonida vaqt sarfini xronometraj usulidan foydalanib aniqlashda umumiy vaqt me’yorlari kompleks korrelyasion koeffisientlar orqali tuzatish kiritish asoslangan;
avtomobil transportiga texnik ta’sir o‘tkazish jarayonida mehnat sarfini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma takomillashtirilgan;
Gentra, Cobalt, Nexia R3, Spark va Isuzu avtomobillariga texnik ta’sir o‘tkazish jarayonida mehnat sarfini optimallashtirish va me’yorlash uchun texnik reglament takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil avtomobillarga texnik ta’sir o‘tkazish jarayoni vaqt me’yorlarini aniqlash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomobil transportiga texnik ta’sir o‘tkazish jarayoni va uning mehnat sarfini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma va Gentra, Cobalt, Nexia R3, Spark va Isuzu avtomobillarga texnik ta’sir o‘tkazish reglamenti tegishli tartibda tasdiqlangan va Andijon viloyati transport boshqarmasida joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJ ning 2024 yil 28 iyundagi 17/07-25-0941-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobillarga texnik ta’sir otkazish jarayoni mehnat sarfi optimallashishi natijasida ish xajmi 24% ga kamaytirish, buzilmasdan ishlash ehtimollik koeffisienti 46 % ga orttirish imkonini bergan;
yo‘riqnoma va texnik reglament “Istiqlol beminnat trans” MChJ joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJ ning 2024 yil 28 iyundagi 17/07-25-0941-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobillarning texnik tayyorgarlik koeffisienti 7,7 foizga oshirishga erishilgan, 0,91 birlikka etkazilgan, texnologik to‘xtab turishlar muddatini kamaytirish hisobiga yillik iqtisodiy har bir avtomobil uchun 6,9 mln. so‘mni tashkil etgan.