Radjabova Munisa Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda zamonaviy turar-joy qurilishi va rivojlanishi jarayonlari (1991–2021 yillar), 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.3.PhD/Tar2025
Ilmiy rahbar: Islamov Ilyos Normamatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Matyakubov Nurbek Rayimberganovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda zamonaviy turar-joy qurilishi va rivojlanishi jarayonlari (1991-2021 yillar) tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda uy-joylarni xususiylashtirish jarayonlarida turarjoy mulkiga egalik huquqini beruvchi hamda uni himoya qiluvchi bir qancha me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi respublikada xususiy uy-joylar fondining ortishi hamda aholi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganligi ochib berilgan;
Respublikada uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ko‘p xonadonli uylarni boshqarishda ma’muriy-buyruqbozlik uslubiga asoslanganligi, saqlash hamda ta’mirlash, byudjet mablag‘lari hisobidan boqimanda kun ko‘rishga o‘rganib qolgan iqtisodiy samarasiz tizimga bozor mexanizmi tamoyillarining joriy qilinishi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining vujudga kelishiga zamin yaratganligi asoslangan;
hududlarda uy-joylar qurilishi bo‘yicha turar-joylar tarkibining alohida tipologik xususiyatlari, yozgi xonalarni ishlatish davomiyligi, kondisionerlashtirish tizimini o‘rnatish ketma-ketligi, changli shamollarning tartibi kabi yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar shaharsozlik echimlarini ijobiy asosda echishga xizmat qilishi isbotlangan;
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida kam ta’minlangan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qurilish ishlarida hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va relefi, ijtimoiy, demografik xususiyatlarini inobatga olib, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qo‘llagan holda uylarning qurilishi aholi massivlaridagi ijtimoiy, madaniy va maishiy ob’ektlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ham qondirishga imkon berganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda zamonaviy turar-joy qurilishi jarayonlari va rivojlanish tendensiyalariga oid olingan natijalar asosida:
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda uy-joylarni xususiylashtirish jarayonlarida turarjoy mulkiga egalik huquqini beruvchi hamda uni himoya qiluvchi bir qancha me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi respublikada xususiy uy-joylar fondining ortishi hamda aholi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 12-martdagi “Ko‘p kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash er uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 01/2-4-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-iyundagi 07-06/6084-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi zamonaviy turarjoy qurilishi bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
Respublikada uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ko‘p xonadonli uylarni boshqarishda ma’muriy-buyruqbozlik uslubiga asoslanganligi, saqlash hamda ta’mirlash, byudjet mablag‘lari hisobidan boqimanda kun ko‘rishga o‘rganib qolgan iqtisodiy samarasiz tizimga bozor mexanizmi tamoyillarining joriy qilinishi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining vujudga kelishiga zamin yaratganligiga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 12-martdagi “Ko‘p kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash er uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 01/2-4-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-iyundagi 07-06/6084-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimiga yangicha yondashuvlarni joriy qilishga xizmat qilgan.
Hududlarda uy-joylar qurilishi bo‘yicha turarjoylar tarkibining alohida tipologik xususiyatlari, yozgi xonalarni ishlatish davomiyligi, kondisionerlashtirish tizimini o‘rnatish ketma-ketligi, changli shamollarning tartibi kabi yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar shaharsozlik echimlarini ijobiy asosda echishga xizmat qilishi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o‘rnatish va olib tashlash (ko‘chirish) tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 28-avgustdagi 03-3201-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi turarjoylarni madaniy meros obektlari sifatida saralash bo‘yicha mexnazimlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida kam ta’minlangan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qurilish ishlarida hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va relefi, ijtimoiy, demografik xususiyatlarini inobatga olib, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qo‘llagan holda uylarning qurilishi aholi massivlaridagi ijtimoiy, madaniy va maishiy obektlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ham qondirishga imkon berganligi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o‘rnatish va olib tashlash (ko‘chirish) tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 28-avgustdagi 03-3201-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi turarjoylarning qurilishi jarayonida monumental yodgorliklarni olib tashlash (ko‘chirish) ishlarini amalga oshirish ishlarini ilmiy asoslarda tashkil qilishga imkon bergan.