Kaypova Malika Dautbay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istonda turizmning shakllanishi va rivojlanishi (1991-2022)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1096.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sulaymanov Salamat Arepbaevich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Kurbanova Zemfira Ibragimovna, tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Seydametova Gulnara Utarbaevna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2022 yillarda Qoraqalpog‘istonda turizmning shakllanishi va rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: turizmni rivojlantirish maqsadida Mazlumxan suluv, Shamun Nabiy, Ibrahim Bograxan ibn Sulayman, Dovut ota maqbaralari, Hakim ota (Sulayman Boqirg‘oniy), Berdaq bobo, Aqimbet baxshi maqbaralari hamda Amudaryo tumanidagi Chilpik, Beruniy tumanidagi Sulton Uvays, Ellikqal’a tumanidagi Kechirmas bobo, Narinjon bobo maqbaralari, Tuproq qal’a, Katta Guldursin qal’a, Beruniy tumanidagi Qizil qal’a, Pil qal’a arxeologiya obektlarini ta’mirlash barobarida ularning “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” va “Moziyga sayohat!” dasturlariga qo’shilishi mahalliy turistlar oqimini ko’paytirish imkonini berganligi ochib berilgan; Qoraqalpog‘istonda etnoturizmning namoyon etishda hududlardagi qora uylarning yaxshi saqlanib qolganligi, folklor jamoalar tomonidan ijro etiladigan “betashar”, “qazan”, «bektash», «qasharman», «langi», «shullik», «angalaq», «koshpek» milliy bolalar o‘yinlari singari an’analar xorijlik, ayniqsa, evropalik sayyohlarni o‘ziga jalb qilib, qoraqalpoq xalqining milliyligini targ‘ib qilish barobarida uy-mehmonxona turizmini keng tarmoq otishiga imkon berganligi dalillangan; hududda tizim salohiyatini yanada oshirish maqsadida “Orol baliqlaridan 99 tur taom” gastronomik festivalining har yili an’anaviy ravishda tashkillashtirilishi, Tope qishlog‘idagi etnografik muhit sharoitida milliy taomlar namoyishi, “jugeri gurtik”, qarma, aqsawlaq, “qovun aksawlaq”, “baliq qarma” kabi qoraqalpoq taomlarni tayyorlanishi respublikada gastronomik salohiyatni keng tanitishga turtki bo‘lganligi asoslangan;
Orol dengizi, Sudoche ko‘li, Urga qishlog‘i, Quyi Amudaryo davlat BIOSfera rezervati, Ustyurt tekisligi (konyon, chink), Barsakelmes sho‘r ko‘li (tuz koni), Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeylari kabi ekologik turizm yo‘nalishini rivojlantirish bilan birgalikda Nukus, Ellikqal’a, Qo‘ng‘irot, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Amudaryo tumanlarida ov, diniy, sog‘lomlashtirish, arxeoekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish orqali ekologik tang vaziyatda asosiy ekoturizm obektiga aylanishi mumkinligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmning rivojlanish jarayonlari, tarixiy jihatlari va uni yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi omillarni batafsil ochish asosida namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi.Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi, tarixiy va madaniy merosini tadqiq etishga bag‘ishlangan davlat dasturlarining bajarilishida, shuningdek, mustaqillik davri turizm tarixiga oid yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmning rivojlanish jarayonlari, tarixiy jihatlari va uni yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi omillarni batafsil ochish asosida namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi, tarixiy va madaniy merosini tadqiq etishga bag‘ishlangan davlat dasturlarining bajarilishida, shuningdek, mustaqillik davri turizm tarixiga oid yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: 1991-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmning rivojlanishiga oid ilmiy natijalar, xulosa va amaliy takliflar asosida:
turizmni rivojlantirish maqsadida Xo‘jayli tumanidagi Mazlumxan suluv, Shamun Nabiy, Qo‘ng‘irot tumanidagi Ibrahim Bograxan ibn Sulayman mavzoleyi, Dovut ota maqbarasi, Mo‘ynoq tumanidagi Hakim ota (Sulayman Boqirg‘oniy), Chimboy tumanidagi Berdaq bobo, Aqimbet baxshi maqbaralari hamda Amudaryo tumanidagi Chilpik, Beruniy tumanidagi Sulton Uvays, Ellikqa’la tumanidagi Kechirmas bobo, Narinjon bobo maqbaralari, Tuproq qal'a, Katta Guldursin qa’la, Beruniy tumanidagi Qizil qa’la, Pil qa’la arxeologiya obiektlarini ta'mirlash barobarida ularning “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” va “Moziyga sayohat!” dasturlariga qo‘shilishi mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish imkonini berganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining “Qoraqalpog‘istonning arxeologik va me'moriy obidalari” va “Qoraqalpog‘istonning madaniyati va urf-odatlari” va “Qoraqalpog‘istonga xush kelibsiz, Orol dengizi” mavzularidagi bukletlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 02-10/-1005-son dalolatnomasi). Natijada hududning turistik salohiyatini oshirish, turizmning tarixiy-arxeologik va ziyorat yo‘nalishi marshrutlarini ishlab chiqish imkonini bergan; Qoraqalpog‘istonda etnoturizmning namoyon etishda hududlardagi qora uylarning yaxshi saqlanib qolganligi, folklor jamoalar tomonidan ijro etiladigan “qazan”, «bektash», «qasharman», «langi», «shullik», «angalaq», «ko‘shpek» milliy bolalar o‘yinlari singari an'analar xorijlik, ayniqsa, evropalik sayyohlarni o‘ziga jalb qilib, qoraqalpoq xalqining milliyligini yosh avlodlarga etkazish barobarida uy-mehmonxona turizmini ishga tushirishga asos bo‘layotganligiga oid natijalardan turizm bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash hamda soha xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglarni tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi vazirligining 2023 yil 27-dekabrdagi 01-01/9-5595-son dalolatnomasi). Natijada maktab o‘quvchilariga tabiat, tarbiya fanlari bo‘yicha mavjud ta'lim resurslarining ma'lumotlar bazasini yanada boyitishga xizmat qilgan; Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm salohiyatini yanada oshirish uchun bir qator yirik tadbirlar doirasida “Orol baliqlaridan 99 tur taom” gastronomik festivalining har yili an'anaviy ravishda tashkillashtirilishi, Tope qishlog‘idagi etnografik muhit sharoitida milliy taomlar namoyishi, “jugeri gurtik”, qarma, aqsaulak, “qovun aqsawlaq”, “baliq qarma” kabi qoraqalpoq taomlarni tayyorlanishi bo‘yicha master-klasslar hududning gastronomik salohiyatini keng tanitishda muhim o‘rin tutayotganligiga oid ilmiy natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida tabiat qo‘riqxonalarida ekoturistik mashrutlar tashkil etiladigan loyihalarda tadqiqotchining foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2023 yil 14 dekabrdagi 01/18-2-1995-son dalolatnomasi). Natijada alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, tabiat qo‘riqxonalari va rezervasiyalari turini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
turizmni rivojlantirishda an'anaviy ekologik turizm yo‘nalishi hisoblangan Orol dengizi, Sudoche ko‘li, Urga qishlog‘i, Quyi Amudaryo davlat BIOSfera rezervati, Ustyurt tekisligi, Barsakelmes sho‘r ko‘li (tuz koni), Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeylarini rivojlantirish bilan birga Nukus, Ellikqal'a, Qo‘ng‘irot, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Amudaryo tumanlarida ov, diniy, sog‘lomlashtirish, arxeoekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish orqali ekologik tang vaziyatda asosiy ekoturizm obiektiga aylanishi mumkinligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston radiokanali “Saz sáwbet hám kewil ashar bag‘darlamalar” bosh redaksiyasi tomonidan “Tariyximizdi úyrenemiz” eshittirishi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydanalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023 yil 15 dekabrdagi 05-22-657-son ma'lumotnomasi). Natijalarning qo‘lllanilishi ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanishga xizmat qilgan.