Eshmanov Otabek Baxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Stress holatining o‘smir yoshdagi sportchilar faoliyatiga psixologik ta’siri», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi(psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P404.
Ilmiy rahbar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Xayitov Abror O‘ralovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi stress holatining o‘smir sportchilar faoliyatiga psixologik ta’sirini empirik baholash hamda ularning stressga barqarorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir sportchilarning stress holatida o‘zini-o‘zi baholash xususiyatlarining differensial namoyon bo‘lishi ta’sirida musobaqalar jarayonida «o‘ziga ishonch», «sovuqqonlik», «diqqatni barqarorligi», «hissiyotga berilmaslik» bilan bog‘liq jihatlar asosida shakllanishi tufayli o‘zini-o‘zi baholashda raqibga nisbatan barqaror munosabat paydo bo‘lishi asoslangan;
o‘smir sportchilarning stress holatiga barqarorlik xususiyatlari darajasining namoyon bo‘lishiga ko‘ra sport musobaqalarida o‘zlariga «real baho berish», «qaltis vaziyatlarga tayyor turish», «qisqa vaqt ichida adekvat qaror qabul qilish» jihatlarining ta’siri bilan bog‘liqligi aniqlangan;
sport musobaqalari jarayonida o‘smir sportchilar shaxsida salbiy xususiyatlarni (asabiylik, ruhiy tajanglik, Qarshi tura olish, hadiksirash) stress holatiga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun ijobiy xususiyatlarini (umumiy faollik, vijdonlilik, dilkashlik, Femininlik) shakllanishi asosida «intuitiv to‘g‘ri qaror qabul qilish», «o‘zaro hamkorlik», «ijtimoiy-etik talablarga amal qilish», «atrofdagilarga e’tiborlilik» xislatlarini yuzaga chiqishi sababli stressga barqarorligidagi ahamiyati isbotlangan;
o‘smir sportchilarning stress holatidan chiqishiga ta’sir etuvchi koping-strategiya usullari hamda frustratsion tolerantlik holati natijasida yuzaga keladigan vaziyatlarni «samarali hal qilish», «barcha imkoniyatlarni ishga solish», «stressogen vaziyatlarga ahamiyat bermaslik», «vaziyatga oqilona yondoshish» jihatlari asosida stress holatini engillashtirish imkoniyatini kengaytirish ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Stress holatining o‘smir sportchilar faoliyatiga psixologik ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘smir sportchilarning stress holatida o‘zini-o‘zi baholash xususiyatlarining differensial namoyon bo‘lishi ta’sirida musobaqalar jarayonida «o‘ziga ishonch», «sovuqqonlik”, «diqqatni barqarorligi», «hissiyotga berilmaslik» bilan bog‘liq jihatlar asosida shakllanishi tufayli o‘zini-o‘zi baholashda raqibga nisbatan barqaror munosabat paydo bo‘lishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 7-oktyabrdagi PM-235 sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-235-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir sportchilarning stress holatida o‘zini-o‘zi baholash jihatlari ijobiy bo‘lishiga erishilgan;
o‘smir sportchilarning stress holatiga barqarorlik xususiyatlari darajasining namoyon bo‘lishiga ko‘ra sport musobaqalarida o‘zlariga «real baho berish», «qaltis vaziyatlarga tayyor turish», «qisqa vaqt ichida adekvat qaror qabul qilish» jihatlarining ta’siri bilan bog‘liqligiga oid ilmiy natija va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 7-oktyabrdagi PM-235 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-235-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir sportchilarning stress holatiga barqarorlik xususiyatlari darajasining ijobiy jihatdan namoyon bo‘lishiga erishilgan;
sport musobaqalari jarayonida o‘smir sportchilar shaxsida salbiy xususiyatlarni (asabiylik, ruhiy tajanglik, Qarshi tura olish, hadiksirash) stress holatiga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun ijobiy xususiyatlarini (umumiy faollik, vijdonlilik, dilkashlik, Femininlik) shakllanishi asosida «intuitiv to‘g‘ri qaror qabul qilish», «o‘zaro hamkorlik», “ijtimoiy-etik talablarga amal qilish», «atrofdagilarga e’tiborlilik» xislatlarini yuzaga chiqishi sababli stressga barqarorligidagi ahamiyati oid ilmiy xulosalar va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 7-oktyabrdagi PM-235 sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-235-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir sportchilar shaxsida ijobiy xislatlarini yuzaga chiqishi sababli stressga barqarorligidagi ahamiyati xususiyatlarining oshishiga erishilgan;
o‘smir sportchilarning stress holatidan chiqishiga ta’sir etuvchi koping-strategiya usullari hamda frustratsion tolerantlik holati natijasida yuzaga keladigan vaziyatlarni «samarali hal qilish», «barcha imkoniyatlarni ishga solish», «stressogen vaziyatlarga ahamiyat bermaslik», «vaziyatga oqilona yondoshish» jihatlari asosida stress holatini engillashtirish imkoniyatini kengaytirish mumkinligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 7-oktyabrdagi PM-235 sonli buyrug‘i bilan « Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-235-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir sportchilarning stress holatidan chiqishiga ta’sir etuvchi koping-strategiya usullari hamda frustratsion tolerantlik holatini rivojlantirish ko‘nikmalari takomillashtirilgan.