Charishnikova Oksana Stanislavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fitoestrogen ferutininning kal`siyga bog‘liq biologik effektlari», 03.00.02–Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B66.
Ilmiy rahbar: Zamaraeva Mariya Vsevolodovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Merzlyak Pyotr Grigor`evich, biologiya fanlari doktori; Xushbaktova Zaynab Abduraxmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ferutininning kal`siy ionlariga nisbatan kompleks hosil qilishining fizik-kimyoviy tavsiflarini baholash va uning hayvon hujayralaridagi asosiy Sa2+ ga bog‘liq jarayonlarga ta’sir mezonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ferutinin yuza-faollik xossasiga ega bo‘lishi va bu Sa2+ionlari mavjud sharoitda kuchayishi, bu esa kal`siy ionlari mavjud sharoitda ferutinin molekulasi egallagan maydonning kamayishi aniqlangan;
kal`siy ionlari bilan komplekslarni shakllantirishda ishtirok etgan ferutinin molekulalarning guruhlari aniqlangan hamda murakkab shakllanish jarayonida ferutinin molekulalarning qayta yo‘naltirilishi modeli ishlab chiqilgan;
ferutininning trombotsitlarda sitozoldagi kal`siyni oshirishi va fibrinogen reseptorlarni faollashtirishi Sa2+-ionofor xossasiga egaligiga bog‘liqligi isbotlangan;
ferutinin-indursirlagan hujayra ichidagi Sa2+ mobilizatsiyasi trombotsitlar dezagregatsiyasining mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fitoestrogen ferutininning kal`siyga bog‘lik biologik effektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ferutininning kompleks hosil qilish xossasi haqidagi ma’lumotlar yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan xorijiy jurnallarda boshqa xelatorlarning Sa2+ ionlari bilan ta’sirlashishi fizik-kimyoviy kompleks hosil qilishini va ferutininning struktura-funksional xususiyatlarini baholashda foydalanilgan (Desalination, 2017, V.422(15), ResearchGate, IF-4,98; Journal of Membrane Biology, 2018, V.251, N.4, ResearchGate, IF-2,03; Iraian Journal of Basic Medical Sciences 2015, V.18(11), ResearchGate, IF-0,70; Current Medicinal Chemistry 2018. V.25, ResearchGate, IF-3,09). Natijada xelator molekulalarning Sa2+ bilan kompleks hosil qilish xossalarini tavsiflash imkonini bergan;
ferutininning trombotsitlarda biologik Sa2+-modulyasiyalovchi ta’siri haqidagi ma’lumotlar yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan xorijiy jurnallarda boshqa tipdagi hujayralarda Sa2+ ga bog‘liq jarayonlarni aniqlashda foydalanilgan (Chemical Research in Toxicology, 2013, V.26(8), ResearchGate, IF-4,65; Natural Products & Chemical Researches, 2013, V.1(3), Directory of Open Access Journals, IF-1,7; Thrombosis and Haemostasis 2011, V.106, ResearchGate, IF-4,96). Natijada ferutininning antikonvul`sant ta’sirini, uning eritrotsitlarda apoptozni yuzaga keltiruvchi faolligini tushintirish, tamoksifenning antiagregatsion faolligini tahlil qilish imkonini bergan;
trombotsitlarda Sa2+-ga bog‘liq jarayonlarga ferutininning ta’siri bo‘yicha natijalari «Cayman Chemical» (AqSh, Michigan) biotexnologik kompaniyasi tomonidan tahliliy va eksperimental maqsadlar uchun ishlab chiqariluvchi «Ferutinin» mahsulotini tavsiflashda foydalanilgan (http:www.caymanchem.com/product/16554) («Cayman Chemical»ning 2018 yil 13 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada eksperimental tadqiqotlar amaliyotida ferutininning foydalanish spektrini kengaytirish imkonini bergan.