Ergashev Azizxon Avazxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida moliyaviy xizmatlarni takomillashtirish”, 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt465.
Ilmiy rahbar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklari moliyaviy hizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida masofaviy moliyaviy xizmatlarni takomillashtirishda mobil ilovalarni funksional imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda kamida 30 foiz mijozlarni mobil ilovalar orqali jalb qilish va bank operatsion xarajatlarini 20 foizga kamaytirish taklif etilgan;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, etarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) uchun bankning bazaviy xizmatlaridan (depozit, kredit va to‘lov xizmatlari) foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida «raqamli banking» tamoyillariga asoslangan biznes-modellar yordamida mijozlar bazasini 30 foizga oshirish imkoniyatini beradigan moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish taklif etilgan;
banklarda moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, ularning monitoringini samarali olib borish va inson omilini imkon qadar kamaytirish orqali bankning operatsion xarajatlarini 15 foizga kamaytirish imkonini beradigan “RegTech” moliyaviy texnologiyalarini keng joriy etish orqali xizmatlar sifatini oshirish taklif etilgan;
bisnesni kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishda ularning real moliyaviy holatini baholash uchun ishonchli ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda “SupTech” moliyaviy texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklar jorat banklarida moliyaviy xizmatlarni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida masofaviy moliyaviy xizmatlarni takomillashtirishda mobil ilovalarni funksional imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda kamida 30 foiz mijozlarni mobil ilovalar orqali jalb qilish va bank operatsion xarajatlarini 20 foizga kamaytirish taklifi «Asaka» ATBning “Asaka Mobile” mobil ilovasida foydalanilgan («Asaka»ning 2023 yil 17 avgustdagi 19-18/4128-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Asaka» ATB tomonidan mijozlarni jalb qilish xarajatlarini 10% kamaytishiga olib kelgan;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, etarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) uchun bankning bazaviy xizmatlaridan (depozit, kredit va to‘lov xizmatlari) foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida «raqamli banking» tamoyillariga asoslangan biznes-modellar yordamida mijozlar bazasini 30 foizga oshirish imkoniyatini beradigan moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish taklifi «Asaka» ATB tomonidan taqdim etilayotgan “Onlayn servis”lar xizmatlarida foydalanilgan («Asaka»ning 2023 yil 17 avgustdagi 19-18/4128-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Asaka» ATBning mijozlar bazasining ko‘payishiga olib kelib va «raqamli banking» bo‘lgan ishonch ortishiga olib kelgan;
banklarda moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, ularning monitoringini samarali olib borish va inson omilini imkon qadar kamaytirish orqali bankning operatsion xarajatlarini 15 foizga kamaytirish imkonini beradigan “RegTech” moliyaviy texnologiyalarini keng joriy etish orqali xizmatlar sifatini oshirish taklifi «Asaka» ATBning faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablarida foydalanilgan («Asaka»ning 2023 yil 17 avgustdagi 19-18/4128-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’muriy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish natijasida bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini 12% o‘sishiga olib kelgan;
bisnesni kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishda ularning real moliyaviy holatini baholash uchun ishonchli ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda “SupTech” moliyaviy texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish taklifi «Asaka» ATB tomonidan bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini tahlil qilish va kredit tavakkalchiliklarini baholash dasturlarida foydalanilgan («Asaka»ning 2023 yil 17 avgustdagi 19-18/4128-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Asaka» ATB tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlari sifatini yaxshilanishiga, ularning real moliyaviy holatini baholash uchun ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish orqali bisnesni kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini o‘sishiga olib kelgan.