Muydinov Asilbek Adxam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat taraqqiyotida ma’rifatli inson sensualistik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal984
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: G‘aniev Baxodirjon Sadikjonovich falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Abdulazizov Abduvoxid Xabibullaevich Sotsiologiya fanlari nomzodi, v.b. professor, Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich  Falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotida ma’rifatli inson sensualistik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy insonparvarlik paradigmasida insonning shaxsiy qiyofasi axloqiy ratsionalizm g‘oyalariga asoslanishi orqali jamiyat taraqqiyotining madaniy- ma’rifiy dinamikasi va inson qarashlarining deterministik jihatlarida sensualistik yondashuv ustuvor ekanligi asoslangan;
jamiyat taraqqiyotida ma’rifatning ustuvor ahamiyati Palmerning epistomologik (fakt, reallik va obektiv kabi) tasvir xususiyatlari ta’sirida ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlab, shaxsda kommunikativlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishi ochib berilgan;
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxs ongida milliy qadriyatlarning germenevtik yondashuvlari, zamonaviylikning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, erkinlik va ijodkorlik ruhini rivojlantirish sensualistik qarashlarning emotsional (iroda, niyat, istak) elementlari ekanligi isbotlangan;  
jamiyatning ma’anaviy qiyofasini aks etuvchi (madaniyat, ma’rifat, intellekt, axloq) omillar, kishilarda innovatsion fikrlash va ma’naviy faollikni oshirish mexanizmlarini rivojlantirib, sotsiumda inklyuziv o‘zgarishlarga samarali ta’sir etuvchi paradigmalar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jamiyat taraqqiyotida ma’rifatli inson sensualistik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
zamonaviy insonparvarlik paradigmasida insonning shaxsiy qiyofasi jamiyatda inson qarashlarining deterministik jihatlarida sensualistik yondashuv ustuvor ekanligi asoslangan; “ma’rifatli jamiyatda – ma’ rifatli inson” sensualistik qarashlar senergetik mohiyatinining zaruratiga oid yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 31-avgustdagi 349-son ma’lumotnomasi). Natijada, axloqiy ratsionalizm g‘oyalariga asoslanish, jamiyat ma’rifiy qiyofasining madaniy dinamikasi ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda shaxs ma’naviyatini anʼanaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligini rivojlanishiga xizmat qilgan;
jamiyat taraqqiyotida ma’rifatni ustuvorligi shaxsning o‘z-o‘zini tashkillashtiri vositasi sifatida ma’naviy dunyoqarashini sensualistik qarashlar bilan rivojlantirish xususiyatlari oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi tadbirkor va ishbilarmonlar harakati – liberali demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiy qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi tadbirkor va ishbilarmonlar harakati – liberali demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiy qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi №01-27/-294-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat hayotida shaxsning insoniylik paradigmasida epistomologik tasvirning dekonstruktiv xususiyatlari ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlab shaxsda kommunikativlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishi ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish asosida shaxs ongida milliy qadriyatlarning germenevtik yondashuvlari, inson sensualistik qarashlarining noosferada zamonaviy tamoyillarini ijtimoiy-madaniy jihatdan qiyosiy xususiyat ekanligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar jamiyatga ijtimoiylashib borayotgan ijtimoiy guruh sifatida mavjud siyosiy qadriyatlarni bevosita qanday bo‘lsa shundayligicha o‘zlashtirishi (transmissiya), siyosat subʼektlarining manipulyativ ta’siri vositasida ularni ustuvor deb anglashi, o‘z ijtimoiy mansubligidan kelib chiqib siyosiy meʼyorlar va qadriyatlarga konformistik moslashishi, siyosiy qadriyatlarni namoyish etishiga qarab oladigan mukofotlar yoki jazolar bilan siyosiy qadriyatlarni singdirishi, siyosiy voqelikni mustaqil kuzatishi va o‘z manfaatlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib ma’lum bir siyosiy qadriyatlar kontekstida o‘zini indentifikatsiya qilishiga oid targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 3-oktyabrdagi №1-17-21-2752-son dalolatnomasi). Natijada, zamonaviylikning mazmun-mohiyati, erkinlik va ijodkorlik ruhini olib kiruvchi sensualistik qarashlarning emotsional (iroda, niyat, istak) elementlari ekanligini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatning ma’anaviy qiyofasini aks etuvchi (jismoniy, kasbiy, intellektual layoqatlilik) omillar kishilarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish “ma’rifatli jamiyatda - ma’rifatli inson” sensualistik qarashlar senergetik mohiyatinining zaruratiga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi tadbirkor va ishbilarmonlar harakati – liberali demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiy qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi tadbirkor va ishbilarmonlar harakati – liberali demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiy qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi №01-27/-294-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya faoliyatidagi mafkuraviy masalalarni samarali hal etishga, ijtimoiy faollikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga samarali ta’sir etuvchi aqliy paradigmalarni aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish