Xasanov Sarvar Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning logistika faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11–“ Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4203.
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xolmamatov Diyor Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Korxonalarning logistika faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing logistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tovarning iste’molchi tomon harakatidagi qo‘shilgan qiymat yaratishni tashkil etish, narxlash, axborot oqimini boshqarish va o‘z vaqtida etkazib berishda talabni aniqlashga yo‘naltirilgan marketing hamda materialning ishlashi, yakuniy iste’molchiga axborot oqimini ta’minlashga yo‘naltirilgan logistika funksiyalarining yagona va bo‘linmas jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
logistika tizimining har bir bosqichida iste’mol qiymati yaratishga qaratilgan mexanizm iste’molchi kutishlarini aks ettiruvchi qiymat atributlari asosida ishlab chiqarish, distribyusiya va chakana savdodagi o‘zaro integratsion munosabatlarni ekspert xulosalari o‘rtasidagi kelishuv darajasiga ko‘ra “juda yuqori” (0,111 - 0,182), “yuqori” (0,288), “qoniqarli” (0,306) tarzda ifodalovchi sifat xususiyatlari va variatsiya koeffisienti asosida baholash orqali takomillashtirilgan;
korxonalarning taqsimot kanallarida mijozlarga qiymat yaratishga qaratilgan logistika funksiyalaridan foydalanish samaradorligi noaniq to‘plamlarining kognitiv matrisalari mezonlarining zaif (〖0,1≤R〗_(u_1 )≤0,3), o‘rtacha (0,4≤R〗_(u_1 )≤0,6), yuqori 〖0,4≤R〗_(u_1 )≤0,6 va maksimal (R_(u_1 )=1) ta’sir darajalariga ko‘ra marketing strategiyalarini optimal tanlash asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida transport-logistika tizimini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida yuk aylanmasi hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan logistik korxonalarda brend strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing logistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tovarning iste’molchi tomon harakatidagi qo‘shilgan qiymat yaratishni tashkil etish, narxlash, axborot oqimini boshqarish va o‘z vaqtida etkazib berishda talabni aniqlashga yo‘naltirilgan marketing hamda materialning ishlashi, yakuniy iste’molchiga axborot oqimini ta’minlashga yo‘naltirilgan logistika funksiyalarining yagona va bo‘linmas jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Logistika” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-avgustdagi 272-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iste’molchilarga tovar harakati jarayonidagi qo‘shilgan qiymat yaratishga qilinadigan tovar harakatini tashkil etish, narxlash, axborot oqimi harakatini boshqarish va o‘z vaqtida etkazib berish jarayonidagi munosabatlar majmuasi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “marketing logistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
logistika tizimining har bir bosqichida iste’mol qiymati yaratishga qaratilgan mexanizm iste’molchi kutishlarini aks ettiruvchi qiymat atributlari asosida ishlab chiqarish, distribusiya va chakana savdodagi o‘zaro integratsion munosabatlarni ekspert xulosalari o‘rtasidagi kelishuv darajasiga ko‘ra “juda yuqori” (0,111 - 0,182), “yuqori” (0,288), “qoniqarli” (0,306) tarzda ifodalovchi sifat xususiyatlari va variatsiya koeffisienti asosida baholash taklifi mahalliy transport-logistika korxonalari faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 5-oktyabrdagi 4/9391-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalar mijozlar uchun qiymat yaratish atributlari hisoblangan omborxona tizimi bilan ishlash, zaxiralarni boshqarish, transportirovka tizimlari takomillashtirilgan. Jumladan, mazkur ilmiy yangilik sinovdan o‘tgan “Giyas Avto Nice” MChJda etkazib berish tizimidagi uzilishlardan ko‘riladigan zararlari 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 5,6 foizga kamaygan. “Chandler logistics” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonada etkazib berish tizimidagi uzilishlardan ko‘riladigan zararlari 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 5,6 foizga kamaygan hamda zaxiralarni saqlash xarajatlarini kamaytirish orqali 11,9 foiz qo‘shimcha samaradorlikka erishgan;
korxonalarning taqsimot kanallarida mijozlarga qiymat yaratishga qaratilgan logistika funksiyalaridan foydalanish samaradorligi noaniq to‘plamlarining kognitiv matrisalari mezonlarining zaif (〖0,1≤R〗_(u_1 )≤0,3), o‘rtacha (〖0,4≤R〗_(u_1 )≤0,6), yuqori 〖0,4≤R〗_(u_1 )≤0,6 va maksimal (R_(u_1 )=1) ta’sir darajalariga ko‘ra marketing strategiyalarini optimal tanlash bo‘yicha takliflar mahalliy transport-logistika korxonalari faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 5-oktyabrdagi 4/9391-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik sinovdan o‘tgan tgan “Giyas Avto Nice” MChJ hamda “Chandler logistics” MChJ shaklidagi qo‘shma korxona faoliyatida maksimal imkoniyatli marketing strategiyalaridan foydalanish uchun uslubiy yondashuv sifatida hizmat qilgan. Shuningdek, korxonalarda mahsulotni joylashtirish narxlash, ombor tizimini boshqarish va transportirovka, tashuvlarni boshqarish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, reklama va targ‘ibot ishlari, taqsimot kanallari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik bo‘yicha strategik imkoniyatlar aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasida transport-logistika tizimini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida yuk aylanmasi hajmining 2027-yilga qadar taklif etilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tizimi korxonalari faoliyatida foydalanilgan faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 5-oktyabrdagi 4/9391-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur prognoz ko‘rsatkichlarini amaliyotga joriy etilishi natijasida vazirlik tarkibidagi tarmoq korxonalarining yuk aylanmasi hajmini 8,9 foizga oshirish imkoniyati aniqlanib, yuk tashuvlarini istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.