Ziyavitdinov Habibullo Hamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Restoran xizmatlari sifati va raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1881.
Ilmiy rahbar: Zayavitdinova Nafisa Muxammadovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Safarov Farxod Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi restoran xizmatlari sifati va raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
restoran xo‘jaliklarda tovar aylanmasining integral samarasini baholash yondashuvi mehnat unumdorligi, reja (indekativ reja) bajarilish davomiyligi va mahsulotlar guruhlari bo‘yicha o‘rtacha narx indeksi o‘zgarishlari ta’sirini omilli baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
restoran xizmatlari sifatini baholash yondashuvi sifat maqsadlarini bosqichlar bo‘yicha belgilashni shakllantirish va unga ko‘ra ko‘rsatiladigan xizmatlarga iste’molchilar talabini qondirish sifatni o‘lchash qamrovi va darajasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
restoran biznesi raqobat strategiyasi sohada raqobat darajasining ortib borishi sharoitida chora-tadbirlar kompleksida xizmatlarning xavfsizlik darajasini oshirish, restoran xizmatlari infratuzilmasini mutanosib rivojlantirish va yagona axborot tizimini ishga tushirish zaruratiga ko‘ra takomillashtirilgan;
Buxoro viloyatida restoran xizmatlari bozorini barqaror rivojlanish dinamikasiga ko‘ra yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning jami xizmatlar hajmidagi ulushini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Restoran xizmatlari sifati va raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
restoran xo‘jaliklarda tovar aylanmasining integral samarasini baholash yondashuvi mehnat unumdorligi, reja (indekativ reja)ning bajarilish davomiyligi va mahsulotlar guruhlari bo‘yicha o‘rtacha narx indeksi o‘zgarishlari ta’sirini omilli baholashga ko‘ra takomillashtirish taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hududiy dasturi” va “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 avgustdagi 11/02-30-10291-son ma’lumotnomasi). Taklif restoran xo‘jaliklarida mehnat unumdorligi va tovar ayirboshlash hajmini oshirish orqali xarajatlar bo‘yicha raqobatdosh ustunlikni ta’minlash imkonini oshirishga xizmat qilgan;
restoran xizmatlari sifatini baholash yondashuvi sifat maqsadlarini bosqichlar bo‘yicha belgilashni shakllantirish va unga ko‘ra ko‘rsatiladigan xizmatlarga iste’molchilar talabini qondirish sifatni o‘lchash qamrovi va darajasini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hududiy dasturi” va “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 avgustdagi 11/02-30-10291-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish iste’molchilarning xizmatdan qoniqish darajasi va sifatini o‘z vaqtida tahlil qilish va sifat standartlarini ishlab chiqish orqali raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq xizmat ko‘rsatish imkonini kengaytirishga xizmat qilgan;
restoran biznesi raqobat strategiyasi sohada raqobat darajasining ortib borishi sharoitida chora-tadbirlar kompleksida xizmatlarning xavfsizlik darajasini oshirish, restoran xizmatlari infratuzilmasini mutanosib rivojlantirish va yagona axborot tizimini ishga tushirish zaruratiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hududiy dasturi” va “Hududlarda tadbirkorlik fao-liyatini rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 avgustdagi 11/02-30-10291-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif restoranlar raqobatbardoshligini oshirishning operatsion, investisiya, marketing strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash darajasini oshirishga va resurslardan yanada samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Buxoro viloyatida restoran xizmatlari bozorini barqaror rivojlanish dinamikasiga ko‘ra yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning jami xizmatlar hajmidagi ulushini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hududiy dasturi” va “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 avgustdagi 11/02-30-10291-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2027 yilga kelib, Buxoro viloyatida yashash va ovqatlanish xizmatlar hajmi va kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yashash va ovqatlanish sohasida band bo‘lganlar sonini oshirishda mavjud imkoniyatlardan samaraliroq foydalanishga xizmat qilgan.