Nabieva Djamila Malikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3736.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01.
Rasmiy opponentlar: Kulimbetov Amangeldi Seytmagambetovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda burun va burun yondosh bo‘shliqlar patologiyasini klinik- funksional va mikrobiologik tadqiqotlar natijalariga asoslanib anomaliyani bartaraf qilishdan oldin, tuzatish vaqtida tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda o‘rta burun chiganoqlari bullasi uchrash chastotasining yuqori bo‘lishi (65,7%), burun to‘sig‘i qiyshayishi (60%) va yuqori jag‘ bo‘shliqlarining assimetrik (93.97%) lokalizatsiyasi anomaliyaning shakliga va uning bartaraf etish vaqtida bolaning yoshiga bog‘liqligi aniqlangan;
yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun bo‘shlig‘i nospesifik rezistentligi buzilishining erta belgilari biotsenoz simbiotlarning eliminatsiyasi va tanglay kemtigi shilliq qavatida sezilarli darajada shartli-patogen mikroorganizmlar sonining ko‘payishi hisobiga yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk bor tanglayning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda 62% burun bo‘shlig‘ida 4-darajali disbiotik o‘zgarishlar rivojlanishi va bu xolatni nuqsonlarni xirurgik usul yordamida bartaraf etish bosqichlarida (47,2± 8,27%) saqlanib turishi isbotlangan;
yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklarini erta, ya’ni 7 oygacha bo‘lgan davrda bartaraf etish natijasida, ular ta’sirida yuzaga keladigan burun va uning yondosh bo‘shliqlaridagi yallig‘lanish kasalliklarini surunkali shaklga o‘tishini oldini olinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 25 iyun 01/05 sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbigi bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etishbo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya institutining 2024 yil 15 iyundagi №04-1332-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda o‘rta burun chiganoqlari bullasi uchrash chastotasining yuqori bo‘lishi (65,7%), burun to‘sig‘i qiyshayishi (60%) va yuqori jag‘ bo‘shliqlarining assimetrik (93.97%) lokalizatsiyasi anomaliyaning shakliga va uning bartaraf etish vaqtida bolaning yoshiga bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 21 maydagi 82 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2024 yil 23maydagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun bo‘shlig‘i va burun yondosh bo‘shliqlarida o‘rta burun chig‘anoqlarini bullasi, burun to‘sig‘ining qiyshayishi va yuqori jag‘ bo‘shliqlarini assimetrik lokalizatsiyasi o‘z vaqtida tashxislash bolalarning hayot sifatini yaxshilashga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori lab va tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun bo‘shlig‘i va o‘rta burun chig‘anoqlarini bullasi, burun to‘sig‘ining qiyshayishi va yuqori jag‘ bo‘shliqlarining assimetrik lokalizatsiyasini erta aniqlash davolash samaradorligini oshiradi. Yangi yondashuvning joriy etilishi natijasida diagnostika va davolash harajatlari 768 ming so‘mni tashkil etdi. Bolalar oila shifokori, mutaxassislarga murojaat qilib, ko‘p miqdorda diagnostik tekshiruvlar va asossiz davolanishni buyurganda, 1 million 600 ming so‘mni tashkil etadi. Natijada har bir bola uchun 832 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun bo‘shlig‘i va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash har bir bolaga 832 ming so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun bo‘shlig‘i nospesifik rezistentligi buzilishining erta belgilari biotsenoz simbiotlarning eliminatsiyasi va tanglay kemtigi shilliq qavatida sezilarli darajada shartli-patogen mikroorganizmlar sonining ko‘payishi hisobiga yuzaga kelishi isbotlangan. Natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 21 maydagi 82 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2024 yil 23maydagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarni burun bo‘shlig‘i va burun yondosh bo‘shliqlaridagi yallig‘lanishni erta aniqlash va oldini olish; yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarning hayot sifatini yaxshilash; jarrohlik aralashuvining bosqichlarida samarali kompleks davo jarrohlik amaliyotlarini qayta o‘tkazish oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarning 93% da burun bo‘shlig‘i va burun yondosh bo‘shliqlarida yallig‘lanish jarayonlari erta aniqlandi hamda ularga anomaliyani bartaraf qilishdan oldin kompleks davo o‘tkazilindi, bu o‘z o‘rnida plastik operatsiyadan keyingi davrdagi ikkilamchi asoratlar kelib chiqishining oldini oldi. Xulosa: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarni burun bo‘shlig‘i va burun yondosh bo‘shliqlaridagi yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish choralarining yangi taktikasini amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini kamaytiradi: surunkali rinitning profilaktika choralariga 687469 so‘m, surunkali nafas yo‘llari infeksiyasi yoki O‘RVI uchun 386546 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor tanglayning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda 62% burun bo‘shlig‘ida 4-darajali disbiotik o‘zgarishlar rivojlanishi va bu xolat nuqsonlarni xirurgik usul yordamida bartaraf etish bosqichlarida (47,2± 8,27%) saqlanib turishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 21 maydagi 82 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2024 yil 23maydagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: davolash vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradigan jarrohlik aralashuvning to‘g‘ri ko‘lamini aniqlash; asoratlar chastotasini kamaytirish orqali tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalar anomaliyani bartaraf qilingandan keyingi reabilitatsiya davrini tezroq o‘tkazadilar va faol ijtimoiy-mehnat faoliyatiga qaytadilar. Bu o‘z navbatida bolaning amaliyotga tayyorlash va umumiy xolatini to‘g‘ri baholashga yordam beradi, bu esa kasalxonada yotish kunlari sonini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishga ko‘ra 1 nafar bola uchun 1389000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Bolalarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi davlat byudjeti mablag‘lariga sarflanishini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklarini erta, ya’ni 7 oygacha bo‘lgan davrda bartaraf etish natijasida, ular ta’sirida yuzaga keladigan burun va uning yondosh bo‘shliqlaridagi yallig‘lanish kasalliklarini surunkali shaklga o‘tishini oldini olinishi aniqlandi. Natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 21 maydagi 82 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2024 yil 23maydagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: plastik jarrohlik aralashuvidan oldin, undan keyin erta va kechgi davrda burun va burun yondosh bo‘shliqlari tuzilmalarini o‘rganish asosida, yuz skeletining nuqsonini erta bartaraf etish yallig‘lanish natijasida yuzaga keluvchi asoratlarni oldi olinadi va jarayon surunkali shaklga o‘tilmadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bolaning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 4 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 3500000 so‘mdan 1000000 so‘mga kamaytirdi (TDSIning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 117 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 43800000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: nuqsonni bartaraf etishni erta davrda amalga oshirilishi 1 nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 1389000 so‘mga birlamchi ko‘rikga sarflanish, keyingi qayta ko‘riklarga 1033000 so‘m sarflanadi, bir yilda 1 nafar bemorga 4132000 so‘m, byudjetdan tashqari dori darmon mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish