Axrorova Munira Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Passiv quyosh isitish tizimlari uchun energiya tejamkor shaffof to‘siqlarning issiqlik samaradorligini oshirish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4697
Ilmiy rahbar: Maxmudov Maxsud Idrisovich,  texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Fayziev To‘lqin Amirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi passiv quyosh isitish tizimlari uchun energiya tejamkor shaffof to‘siqlarning issiqlik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba turar-joy binolarini isitish tizimlariga suyuqlikli deraza blokini integratsiyalash orqali binoning energiya samaradorligini oshirish imkonini beradigan, shaffof to‘siq, suyuqlik, sirkulyasiya nasosi, uch tomonlama klapan, suyuqlik harakatlanuvchi quvurlar, kengaytirish baki, sovuq suv kiradigan quvur, boshqaruvchi mikrokontrollerdan iborat suyuqlikli deraza blokining issiqlik sxemasi ishlab chiqilgan (FAP 2527);
isitish uchun sarflanadigan an’anaviy energiya resurslarini tejash imkonini beradigan, shaffof to‘siq, suyuqlik, sirkulyasiya nasosi, uch tomonlama klapan, suyuqlik harakatlanuvchi quvurlar, kengaytirish baki, sovuq suv kiradigan quvur, boshqaruvchi mikrokontrollerdan iborat bo‘lgan energiya tejovchi suyuqlikli deraza bloki qurilmasi ishlab chiqilgan;
tashqi havo, quyosh nurlanish energiyasi, shamol tezligi, turar-joy binosi konstruksiyalarining issiqlik-texnik parametrlarini hisobga olgan holda, suyuqlik oqimli deraza bloklari uchun issiqlik balansi tenglamalarining statik va dinamik holatlardagi harorat rejimini hisoblash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
suyuqlikli deraza bloki issiqlik rejimini tajribaviy tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida quyosh nurlanish energiyasi, shamol tezligi va atrof-muhit haroratiga bog‘liq holda deraza  blokidan chiquvchi suyuqlik haroratini kunning istalgan vaqti uchun aniqlash imkonini beradigan empirik tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turar-joy binolarida energiya tejash va issiqlik samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyuqlikli deraza blokiga ega isitish tizimining issiqlik sxemasi uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent guvohnomasi olingan (№ FAP 2527; 27.06.2024). Natijada, turar-joy binolariga integratsiya qilingan energiya tejamkor suyuqlikli deraza bloki qurilmasi ishlab chiqilgan.
suyuqlikli deraza bloki qurilmasi “Buxoro issiqlik manbai” DUK binosida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 27-iyundagi №04-13-4445-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suyuqlikli deraza bloki qurilmasi bilan isitish mavsumida birlik yuza uchun 24 706 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
turar-joy binolarining tashqi devorlarida energiya yo‘qotilishlarini kamaytirish maqsadida optimal o‘lchamlari ilmiy asoslangan izolyasiya materiali “WEGA ShOP STROY” MChJ ko‘p qavatli turar-joy binosida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 27-iyundagi №04-13-4445-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turar-joy binolarining tashqi devorni izolyasiya materiali (mineral tola) bilan qoplash orqali yillik isitish va sovutish mavsumida tashqi devorning birlik yuzasida 78,501 kVt∙soat yoqilg‘i energiyasini tejashga hamda 23 158 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish