Eshmatov Mansur Mamayusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikaning qishloq hududlarida ekstremal iqlim sharoitida suv chiqarish uchun fotoissiqlik qurilmalarini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2688
Ilmiy rahbar: Tursunov Muxamad Nishanovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Samiev Kamoliddin A’zamovich, texnika fanlari doktori; Ibragimov Umid Xikmatullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnik-iqtisodiy jihatdan ratsional ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan fotoissiqlik batareyalari asosidagi suv chiqaruvchi qurilmalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fotoelektrik suv chiqaruvchi qurilmalarning samaradorligini oshirishda, qo‘shimcha quvvat talab qilinmaydigan fotoelektrik batareyalarni sovitishning takomillashgan tizimi ishlab chiqilgan;
ilk marotaba iqlimiy va mavsumiy omillarning fotoelektrik suv chiqaruvchi tizimlarga salbiy ta’sirini kamaytirish, qishloqlarda aholining quduqlardan suv chiqarish va xo‘jalikning energiya iste’molida foydalanish uchun reflektorlar bilan jihozlangan parallel kanalli polikarbonat kollektorli to‘la issiqlik kontaktli fotoissiqlik batareyasi  asosidagi mobil qurilma ishlab chiqilgan (№ FAP 2492);
har xil quvvatdagi fotoelektrik suv chiqarish tizimlarida suv chiqarish balandligi, nasosning suv oqim sarfi va fotoelektrik massiv yuzasiga tushadigan quyosh nurlanish oqim zichligini hisobga olib, umumiy samaradorliklarni hisoblash imkonini beradigan dasturiy ta’minot ishlab chiqlilgan;
fotoelektrik massivni sovitishda qo‘shimcha quvvat talab qilinmaydigan tizim bilan jihozlangan avtonom mobil fotoissiqlik batareyalari asosidagi  qurilmadan suv chiqarish uchun foydalanilganda, quvvatning 1,7 marta oshishi va energiya jamg‘arish tizimi zaryadining saqlanishi hisobiga chiqarilgan suv miqdori 1,62 marta oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fotoissiqlik batareya asosidagi mobil suv chiqaruvchi qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
yangi turdagi reflektorlar bilan jihozlangan parallel kanalli polikarbonat kollektorli to‘la issiqlik kontaktli fotoissiqlik batareyasiga, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan foydali model uchun patent olingan (№ FAP 2492; 2024-yil). Natijada, markazlashgan energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan aholi va fermer xo‘jaliklarining quduqlardan suv chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari sarflanadigan elektr energiyasining 35% qismini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan;
suv chiqarish uchun fotoissiqlik batareyasi asosidagi avtonom mobil qurilma “SOLAR NATURE” MChJ da joriy etilgan (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 03.10.2023-yildagi 04-3/1309 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashgan sovitish tizimiga ega fotoissiqlik batareyasi asosidagi suv chiqaruvchi mobil qurilmadan foydalanilganda, an’anaviy fotoelektrik batareya asosidagi suv chiqaruvchi qurilmaga nisbatan 69 % ortiqcha energiya olishga, quvvatning 1,7 marta oshishi natijasida akkumulyator zaryadining saqlanish vaqti 1,75 marta ortib chiqarilgan suv miqdorini 62 % ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish