Qodirova Ma’rufat Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
 “Ahmad A’zamning adabiy mahorati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1954.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Alimjan Inayet, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ahmad A’zamning individual uslubi, poetik til va badiiy tasviriy san’atlardan foydalanish manerasi, mazmun va shakl, syujet va kompozisiya birligiga erishishdagi mahorati, hikoya, qissa kinoroman janrlaridagi asarlarining xos xususiyatlari hamda ularning zamonaviy o‘zbek nasridagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 Ahmad A’zamning “Soyasini yo‘qotgan odam”, “Go‘zallik qirralari”, “Tugun”,  Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, “Yillar” hikoyalari bilan qiyoslanib, unda roviy va hikoyachi birlashishi, echimning notugalligi, tugunning muqaddimada berilishi kabi sifatlari ochib berilgan;
Ahmad A’zamning kichik nasriy asarlari va badiiyatiga xos bo‘lgan ramziylik, kinoyaviylik, postmodernistik talqini hamda  hikoyalar va novellalarida ong oqimining ustunligi, jahon adabiyotidan ta’sirlanishi, biografik xarakter yetakchiligi singari xususiyatlar asoslangan;
adib qissalarida inson erki tushunchasi bosh planga ko‘tarilib, shaxs va shaxssizlik o‘rtasidagi ikkilanish, shubhalanish, qo‘rquv kabi tafovutlar hamda erkinlik hamda mutelik, tushunchalarining mayl-istak, ironiya, kinoyaviy mohiyati ochib berilgan;
adibning kinoroman, kinoqissalaridagi mazmun va shakl, syujet va kompazisiya, majoz va ramzlar birligi, obraz yaratish usulining ramzlarga tayanishi, xarakter yaratishda protatipning o‘rni, ong osti kechinmalarini reallik bilan uyg‘unlashtirib yuborish, syujetda hayotiy va voqea  asosning mustahkamligi kabi o‘ziga xosligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ahmad A’zamning badiiy mahoratini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
ijodkorning “Soyasini yo‘qotgan odam”, “Go‘zallik qirralari”, “Tugun” kabi asarlari  Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, “Yillar” hikoyalari bilan qiyoslanib, uning roviy va hikoyachi birlashishi, echimning notugalligi, tugunning muqaddimada berilishi kabi sifatlari tadqiq etilishidan olingan xulosalarda “Evropa Ittifoqi tomonidan erasmus Q dasturining 561624 – EPP – 1 – 2015 – UK – EPPKA2 – CBHE – SP – ERASMUS Q CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 557/20.09.02-son ma’lumotnomasi). Natijada hikoya va novellalarining keng tarzda o‘rganilishi, yangi davr adabiyotida Ahmad A’zamning adabiy mahorati maktab vazifasini o‘tay olishi borasidagi qarashlari asos bo‘lib xizmat qilgan;
A’zamning kinoroman, kinoqissalaridagi mazmun va shakl, syujet va kompozisiya, majoz va ramzlar birligi, obraz yaratish usulining ramzlarga tayanishi,  xarakter yaratishda protatipning o‘rni, ong osti kechinmalarini reallik bilan uyg‘unlashtirib yuborish, syujetda hayotiy  voqea asosning mustahkamligi kabi o‘ziga xosligi isbotlangan o‘rinlardan o‘qituvchilar uchun tavsiyaviy interfaol metodlar hamda mustaqil ta’lim jarayonida amaliy kompetensiyalarni takomillashtirish maqsadida I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 557/02-son ma’lumotnomasi).    Natijada loyiha mazmuni ilmiy jihatdan boyitilgan;
adib qissalarida inson erki tushunchasi bosh planga ko‘tarilib, shaxs va shaxssizlik o‘rtasidagi ikkilanish, shubhalanish, qo‘rquv kabi tafovutlar, erkinlik hamda mutelik tushunchalarining mayl-istak, ironiya, kinoyaviy mohiyati  haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi qatnashchi va ijodkorlariga ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 43-son ma’lumotnomasi). Ijodkorning xalq og‘zaki ijodi hamda mumtoz adabiyotdan unumli foydalanganligi va bu badiiy oziqlanish an’analarni yuzaga keltirganligi, natijada adibning novatorlik borasidagi xulosalar to‘garak a’zolarining  tushunchalarini kengaytirishga ko‘maklashgan;
yozuvchi, munaqqid va telejurnalist Ahmad A’zamning ijodi, badiiy adabiyotning go‘zal namunasi sanalgan hikoya va novella janri borasidagi izlanishlariga bag‘ishlangan nazariy xulosalardan,  metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining “STR” davlat telekanalining madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvining “Adabiyot va hayot!” eshittirishi orqali chiqish qilingan. Ushbu ko‘rsatuvda Yozuvchi Ahmad A’zam ijodining keyingi davr adabiyoti hamda jahon adabiyotidan o‘rganishdagi o‘ziga xoslik va poetik mahoratini aniqlash, shuningdek, uning ibratli hayot yo‘lini yoshlarga keng tarzda muntazam tushuntirib borilishi haqida mulohazalar yuritilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat bo‘limining 2023-yil 12-noyabrdagi 01-07/358-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy ko‘rsatgich va dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish