Sultonov Xumoyun Mahmudjon o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olxo‘ri navlariga shakl berish usullarining meva sifatiga va hosiliga ta’siri (Andijon viloyati misolida)”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1021.
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Fayzev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shoumarov Xikmat Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnalogiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olxo‘ri navlariga shakl berish usullarining meva sifati hamda hosiliga ta’sirini o‘rganish va ishlab chiqarishga tatbiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor olxo‘ri navlarida fenologik fazalarini o‘tish muddatlari Kim Grin butasi usulida shakl berilganda vegetatsiya kech boshlanishi hamda mevalarning pishish muddati erta boshlanishi isbotlangan;
olxo‘riga Avstraliya butasi hamda Kim Grin butasi usulida shakl berilganda, Berton navida daraxt shox-shabba diametri o‘lchami 1,96-2,15 m. ni tashkil qilib, ixcham intensiv shaklga ega bo‘lishi aniqlangan;
Kim Grin butasi usulida shakl berilgan olxo‘ri navlari gul kurtaklarining qishga chidamliligi 95-96% gacha saqlanib qolishi hamda +450S gacha yuqori haroratlarda barglarining 4,5-4,7% gacha qismi issiqdan zararlanishi aniqlangan;
Kim Grin butasi usulida shakl berilgan olxo‘ri navlaridan 93-96% gacha birinchi navli yirik va sifatli meva olish isbotlangan;
Kim Grin butasi usulida shakl berilgan olxo‘ri navlaridan 240,7-246,6 s/ga gacha yuqori hosil olinishi hamda qandliligi 19,8% gacha tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olxo‘ri navlari mevasining sifatini va hosildorligini oshirishga erishishda turli shakl berish usullarda olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer va dexqon xo‘jaliklari, shaxsiy bog‘dorchilikka ixtisoslashgan er egalari uchun «Olxo‘ri etishtirish agrotexnikasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-386-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikga ixtisoslashgan fermer va dexqon xo‘jaliklari, bog‘dorchilikga ixtisoslashgan er egalari foydalanuvchilari uchun olxo‘ri navlariga turli usullarda shakl berishda uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
turli usullarda shakl berilgan olxo‘ri navlarini etishtirish ishlanmasi Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanidagi “Shoirabonu yodi” fermer xo‘jaligida 9,0 gektar, va Asaka tumanidagi “Sevimli sabzavotlar” fermer xo‘jaligida 12,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-386-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Kim Grin butasi usulida shakl berilganda Kosasimon shakl usuliga nisbatan 25-30% yuqori hosil olingan, tovar ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa 30-35% gacha ortishiga erishilgan.
olxo‘ri navlariga shakl berilganda Jalaquduq tumanidagi “Sholikor fayz erlari” fermer xo‘jaligida 10 gektar, va Paxtaobod tumanidagi “Soxil” fermer xo‘jaligida 9,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-386-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olxo‘rining Berton, Leto, Chernosliv Samarkandskiy navlariga turli usullarda ya’ni, Avstraliya butasi, Kim Grin butasi kabi usullarda shakl berilganda Kosasimon shakl usuliga nisbatan Kim Grin butasi va Avstraliya butasi shakl berish usullarida 25-30% yuqori hosil olingan. Tovar ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa 30-35% gacha ortishiga erishilgan.