Ishanqulova Dilafruz Ulugbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Jizzax shahrida introduksiya etilgan daraxt butalarning turlar xilma-xilligi va bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B542.
Ilmiy rahbar: Haydarov Hislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Keldiyorov Xudoyor Atamuradovich, biologiya fanlari nomzodi, professor; Raximova Tura, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax shahrida introduksiya qilingan daraxt va butalarning turlar xilma-xilligi hamda ularning bioekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax shahri tuproq iqlim sharoitida introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalarning 23 oila, 41 turkumga mansub 70 turi aniqlangan.
havo harorati, tuproqning nisbiy namligi hamda yillik yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liq holda istiqbolli introdusentlarning biologik xususiyatlari ochib berilgan;
introdusentlarning sutkalik va mavsumiy gullash biologiyasi, dala sharoitida urug‘larning unuvchanligi ochib berilgan;
Jizzax shahri sharoitida daraxt va butalarning manzaraliligi, chihdamlilik xususiyatlari aniqlanib introduksion baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax shahrida introduksiya qilingan manzarali daraxtlarning turlar xilma xilligini aniqlash hamda bioekologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalarning mavsumiy rivojlanish maromi, introduksiya qilingan hududning o‘ziga xos tabiiy iqlim sharoitlariga adaptatsiyasi hamda ekologik muhit omillariga bog‘liq holda manzarali daraxt va butalar vegetatsiyasining davomiyligi, o‘zgarib borish sabablari Jizzax shahrining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitnii muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 apreldagi 04-02/7-686-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax shahrida introduksiya qilingan istiqbolli daraxt va butalaridan hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida foydalanib, manzarali daraxt va butalarning mavsumiy gullashi biologiyasi, dala sharoitida urug‘ unuvchanligi hamda umumiy vegetatsiyasini davomiyligini oshirish imkonini bergan;
Jizzax shahri sharoitida ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish uchun Platycladus, Juniperus, Paulownia, Rhus, Pinus, Gledisia, Magnolia, Betula turkumi turlarining introduksiya qilingan muhitining tabiiy iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi va chidamliligini oshirish bo‘yijcha ishlab chiqilgan tavsiyalar Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi hududini ko‘kalamzorlashtirishiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 6 apreldagi 03/18-1697-son ma’lumotnomasi). Natijada, manzarali, daraxt va butalarning o‘sishi va rivojlanishini, hudud uchun istiqbolli xususiyatlarini to‘liq namoyon qilishini hamda haroratning ijobiy o‘zgarishiga imkon bergan.