Ochilov Ulug‘bek Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand shahrining dendroflorasi va istiqbolli manzarali daraxtlarning bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B633.
Ilmiy rahbar: Haydarov Hislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Baysunov Babir Xidirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand shahri dendroflorasining tur tarkibi va hudud uchun istiqbolli manzarali daraxtlarning bioekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand shahri manzarali daraxtlari 29 oila, 61 turkum va 128 turi aniqlanib, shundan 22 turga mansub 700 dan ortiq asriy daraxtlarning koordinatalari aniqlangan.
aniqlangan manzarali daraxtlar Eron-Turon, Shimoliy Amerika-Atlantik, O‘rtaer dengizi geografik viloyatlari florasiga mansubligi hamda ularning istiqbollilik darajalari ochib berilgan.
istiqbolli manzarali daraxtlarning optimal urug‘ unuvchanligi laboratoriya va dala sharoitida aniqlangan;
daraxtlarning manzaralilik darajasi 64% daraxtlar juda yuqori, 10% daraxtlar yuqori, 26% o‘rtacha manzaralilikga ega ekanligi va ularning fenologiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand shahri dendroflorasi va ayrim istiqbolli manzarali daraxtlarining bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand shahri hududida o‘sayotgan manzarali daraxtlarning ro‘yxati, ularning istiqbollilik darajasi hamda introduksiya qilingan 15 turga mansub asriy manzarali daraxtlarning botanik tavsifi, holati, yoshi va kelib chiqish vatani, har bir daraxtning qr-code asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyanoma Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 21 noyabrdagi 03-03/3-7150-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand shahridagi manzarali daraxtlarni monitoring qilish, ekologik barqarorligini ta’minlash va shahar hududida amalga oshiriladigan ko‘kalamzorlashtirish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Samarqand shahri sharoitida istiqbolli manzarali daraxtlarni fenologiyasi, urug‘larning laboratoriyada optimal unish harorati, urug‘larning sifat ko‘rsatkichi, dala sharoitlarida optimal ekish chuqurligi, unuvchanligi asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyanoma Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 21 noyabrdagi 03-03/3-7150-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand shahrida introduksiya qilingan ayrim istiqbolli manzarali daraxtlarni ko‘paytirish, sog‘lom ko‘chatlar etishtirish va plantatsiyalarini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish