Elnazarov Azamat To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bariatrik operatsiyadan keyingi xolatda stomatologik salomatlikni mustaxkamlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3389.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori. professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Kubaev Aziz Saidolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Amxadova Malkan Abdrashidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A. Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi Bariatrik operatsiyadan keyingi xolatda
stomatologik salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morbid semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda stomatologik salomatlik holati urganilib, og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud patologik o‘zgarishlarning semizlikka bog‘liqligi isbotlangan;
bariatrik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda morbid semirish bilan bog‘liq kasalliklar (qandli diabet va gipertenziya) va ushbu kasalliklar davrida ishlatiladigan dori-darmonlar sonining kamayganligi sababli og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi baxolanganda, kserostomiya xolatining pasayishi va so‘lak ximoya funksiyasining oshganligi aniklangan;
ilk bor, bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida mahalliy va gumoral immun tizimidagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish, nospesifik (lizotsima va β-lizina) va spesifik (SIgA, IgA i IgG) immunitet ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada ko‘tarilishi aniklangan;
bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda progressirlanib boruvchi stomatologik kasalliklar va ularni oldini olishga karatilgan davolash usullari takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha:.
birinchi ilmiy yangilik: morbid semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda stomatologik salomatlik holati urganilib, og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud patologik o‘zgarishlarning semizlikka tugri bog‘liqligi taxlil qilingan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda parodont kasalliklarini rivojlanishi xavf omillari va ularni oldini olish usullari takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda stomatologik salomatlik holatini aniqlash Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi xamda Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tadbiq qilingan Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan. (Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024 yil 28-fevraldagi 36-son ma’lumotnomasi) bilan bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda tish qattiq to‘qimasi va parodont to‘qimasi kasalliklarini aniqlashda va davolashda qo‘llaniladigan vositalarini oson topilishi, ta’sir darajasi yuqoriligi va arzonligi davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Amalga oshirish natijalarining sifati va ilmiy-amaliy asosliligini oshirish bilan bir qatorda kasallikning qaytalanish chastotasi va davolanish vaqtini qisqartirish hisobiga tibbiy yordam sifatini oshirish mumkin bo‘ldi. Bu kasallanishning oldini olish imkonini berib iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qildi. Uning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning standart davolanishiga o‘rtacha profilaktika uchun 75000 so‘m sarflansa, yiliga o‘rtacha 2 kurs davolashni hisobga olgan holda 75000×2 = 150000 so‘m tejamkorlik tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda stomatologik salomatlik holatini aniqlash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 27 iyundagi 6273-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bariatrik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda morbid semirish bilan bog‘liq kasalliklar (qandli diabet va gipertenziya) va ushbu kasalliklar davrida ishlatiladigan dori-darmonlar sonining kamayganligi sababli og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi baxolanganda, kserostomiya xolatining pasayishi va so‘lak ximoya funksiyasining oshganligi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda parodont kasalliklarini rivojlanishi xavf omillari va ularni oldini olish usullari takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda stomatologik salomatlik holatini aniqlash Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi xamda Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tadbiq qilingan Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan. (Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024 yil 28-fevraldagi 36-son ma’lumotnomasi) bilan bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda tish qattiq to‘qimasi va parodont to‘qimasi kasalliklarini aniqlashda va davolashda qo‘llaniladigan vositalarini oson topilishi, ta’sir darajasi yuqoriligi va arzonligi davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Amalga oshirish natijalarining sifati va ilmiy-amaliy asosliligini oshirish bilan bir qatorda kasallikning qaytalanish chastotasi va davolanish vaqtini qisqartirish hisobiga tibbiy yordam sifatini oshirish mumkin bo‘ldi. Bu davolash vaqtini qisqartirish hisobiga iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qildi. Uning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning standart davolanishiga o‘rtacha 67000 so‘m sarflansa, yiliga o‘rtacha 2 kurs davolashni hisobga olgan holda 67000×2 = 134000 so‘m tejamkorlik tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Semizlik tashxisi qo‘yilgan bemorlarda stomatologik salomatlik holatini aniqlash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 27 iyundagi 6273-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida mahalliy va gumoral immun tizimidagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish, nospesifik (lizotsima va β-lizina) va spesifik (SIgA, IgA i IgG) immunitet ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada ko‘tarilishi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tish kasalliklari profilaktikasida immun tizimini baxolash va ularni optimallashtirish yo‘li orqali tish kasalliklari rivojlanishini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i immun tizimi holati Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi xamda Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024 yil 28-fevraldagi 35-son ma’lumotnomasi) bilan bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: amalga oshirish natijalarining sifati va ilmiy-amaliy asosliligini oshirish bilan bir qatorda kasallikning qaytalanish chastotasi va davolash vaqtini qisqartirish xisobiga tibbiy yordam sifatini oshirish mumkin bo‘ldi. Bu davolash vaqtini qisqartirish xisobiga iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qildi. Uning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning standart davolanishiga o‘rtacha 92000 so‘m sarflansa, yiliga o‘rtacha 2 kurs davolashni xisobga olgan xolda 92000×2 = 184000 so‘m tejamkorlik tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i immun tizimi holati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 27 iyundagi 6273-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda progressirlanib boruvchi stomatologik kasalliklar va ularni oldini olishga karatilgan davolash usullari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida baritarik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda tish kasalliklari profilaktikasi natijasida kasallikning progressiv rivojlanishini 95% kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarga ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi xamda Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024 yil 28-fevraldagi 35-son ma’lumotnomasi) bilan bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, bariatrik operatsiya o‘tkazilganlarda erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: amalga oshirish natijalarining sifati va ilmiy-amaliy asosliligini oshirish bilan bir qatorda kasallikning qaytalanish chastotasi va davolash vaqtini qisqartirish xisobiga tibbiy yordam sifatini oshirish mumkin bo‘ldi. Bu davolash vaqtini qisqartirish xisobiga iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qildi. Uning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning standart davolanishiga o‘rtacha 65000 so‘m sarflansa, yiliga o‘rtacha 2 kurs davolashni xisobga olgan xolda 65000×2 = 130000 so‘m tejamkorlik tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Bariatrik operatsiya o‘tkazilgan bemorlarda parodont kasalliklari oldini olish mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 27 iyundagi 6273-sonli xat yuborilgan.