Xodjikulova Shaxlo Narimanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Talabalar mustaqil ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi (iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD.Ped3905.
Ilmiy rahbari: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020. I.16.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Riskulova Kamola Jumaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini shakllantirishning metodik mohiyati ularning fanlararo ko‘nikmalarini kasbiy faoliyatga pragmatik moslashtirish va nutq aloqasini yaxlit uyg‘unlashtirish asosida aniqlangan;
talabalarda mustaqil ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini shakllantirish reproduktiv va produktiv ijtimoiy sharoitga mos kombinatsiyalash va subektiv tajribalarni shaxsiy-amaliy yondashuv xususiyatlariga mosligi asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodi mustaqil ta’lim jarayonini ijodiy faoliyatga funksional yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi tashabbuskorlik xarakteriga ega amaliy materiallarining reprezentativligi va mini loyihalarni ta’limiy ehtiyojlarini diagnostika etish ko‘rsatkichlarini summativ aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda mustaqil ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish asosida:
talabalarning ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini shakllantirishning metodik mohiyati ularning fanlararo ko‘nikmalarini kasbiy faoliyatga pragmatik moslashtirish va nutq aloqasini yaxlit uygʻunlashtirish asosida aniqlashga doir tavsiyalar “Foreign Language (Essential english for the studens of economics)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyundagi 233-0645-son nashr guvohnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tayanch kompetensiyalari didaktik maqsadlarga mos ravishda rivojlantirish va o‘quv-uslubiy faoliyatni sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda mustaqil ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini shakllantirish reproduktiv va produktiv ijtimoiy sharoitga mos kombinatsiyalash va subektiv tajribalarni shaxsiy-amaliy yondashuv xususiyatlariga mosligi asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Foreign Language (Essential english for the studens of economics)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyundagi 233-0645-son nashr guvohnomasi). Natijada, ingliz tilidan muayyan aniq o‘quv vazifalarini bajara olish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodi mustaqil ta’lim jarayonini ijodiy faoliyatga funksional yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan doir tavsiyalar “Foreign Language (Essential english for the studens of economics)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyundagi 233-0645-son nashr guvohnomasi). Natijada, loyiha texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni tashkil etish asosida ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi tashabbuskorlik xarakteriga ega amaliy materiallarining representativligi va mini loyihalarni ta’limiy ehtiyojlarini diagnostika etish ko‘rsatkichlarini summativ aniqlash asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalar “Foreign Language (Essential english for the studens of economics)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyundagi 233-0645-son nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda mustaqil ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish modelini amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish ko‘rsatkichlari aniqlangan.