Karimova Maftuna Xudoyberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda bronxial astmaning klinik va immunogenetik aspektlari. Olib borish taktikasini takomillashtirish”, 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tib2243.
Ilmiy rahbar: Musajanova Ra’no Anvarbekovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Boboev Qodirjon To‘xtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda bronxial astma kasalligining klinik-funksional, sito-immunologik va immunogenetik aspektlarini tahlil qilish asosida olib borish taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BA bilan kasallangan bolalarda kasallik og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda nafas bilan chiqariladigan havoda FeNO ko‘rsatkichinining taqqoslash guruhiga nisbatan (4,3 va 1,9 barobarga, r<0,01-r<0,001) oshishi bilan aniqlanadigan noinvaziv usulning prognostik ahamiyati asoslangan, shuningdek FeNO ko‘rsatkichlari va tashqi nafas funksiyasi natijalari o‘rtasida ishonchli ijobiy korrelyasion bog‘liqlik (r=+0,51-0,56, r<0,001) mavjudligi isbotlangan;
BA bilan kasallangan bolalarda kasallik og‘irlik darajasiga qarab indusirlangan balg‘amning sito-immunologik ko‘rsatkichlari (IgA 1,3-1,7, IgM 1,3-1,5, IgG 1,3-1,6 barobarga oshishi r<0,01-r<0,001), sitokinlar ko‘rsatkichlarining taqqoslash guruhiga nisbatan (IL-4 1,7-2,3, IL-8 1,6-2,4, TNF-α 1,3-1,6 barobarga oshishi va IFNγ -1,2-1,9 barobarga kamayishi r<0,01-r<0,001) aniqlangan va ularning prognostik ahamiyati asoslangan, shuningdek sitokinlar ko‘rsatkichlari bilan indusirlangan balg‘amdagi Iglar (r=+0,42-0,68, r<0,01), IgE (r=+0,46-0,67, r<0,01) va TNF ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli ijobiy korrelyasion bog‘liqlik (r=+0,49-0,55, r<0,01) mavjudligi isbotlangan;
bolalarda BA og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda tug‘ma immunitet geni (TLR6) C745T polimorfizmining prognostik ahamiyati asoslangan: ikkinchi guruh bolalarida mutatsiyalangan T/T genotipi (75%), birinchi guruh bolalarida S/T genotipi (44,4%) RKOB bolalariga nisbatan (2,9 va 1,4 barobarga) oshishi aniqlangan, nomaqbul T alleli darajasida ikkinchi guruh bolalari va taqqosiy guruh o‘rtasida sezilarli farqlar (χ2=52,9; r<0,001; OR=72,3) isbotlangan;
BA bilan kasallangan bemorlarda kasallik og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda IL-4 geni (S-589T) polimorfizmining prediktorlik o‘rni isbotlangan: ikkinchi guruhda mutatsiyalangan T/T genotipi (45,8%), birinchi guruhda S/T genotipi (62,5%), RKOB bolalariga nisbatan (5,3 va 1,7 barobarga) oshishi aniqlangan, nomaqbul T alleli darajasida ikkinchi guruh va taqqosiy guruh o‘rtasida sezilarli farqlar (χ2=27,1; r<0,001; OR=16,4) isbotlangan;
bolalarda bronxial astmani og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda, klinik-funksional, sito-immunologik va immunogenetik aspektlarini tahlil qilishga asoslangan olib borish sxemasi ishlab chiqilgan, kasallikni erta aniqlash, individual davolashni amalga oshirish va uning og‘ir kechishini oldini olishda samarali ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda bronxial astmani tashxisini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bronxial astma bilan kasallangan bolalarda kasallik og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda nafas bilan chiqariladigan havoda FeNO ko‘rsatkichinining taqqoslash guruhiga nisbatan (4,3 va 1,9 barobarga) oshishi isbotlanganligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 29.04.2024 yildagi 94-sonli buyruq, Andijon viloyati bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma diagnostikasining muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan nafas bilan chiqariladigan havoda FeNO miqdorini aniqlash kasallikni erta bosqichda tashxislash va uning og‘irlik darajasini baholash imkoniyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxial astmali bolalarda FeNO ko‘rsatkichini aniqlash orqali qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyoj qolmaganligi sababli 102 bemor uchun 31620000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bronxial astma bilan kasallangan bolalarni to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 310000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 310000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: BA bilan kasallangan bolalarda kasallik og‘irlik darajasiga qarab indusirlangan balg‘amning sito-immunologik ko‘rsatkichlari (IgA 1,3-1,7, IgM 1,3-1,5, IgG 1,3-1,6 barobarga oshishi), sitokinlar ko‘rsatkichlarining taqqoslash guruhiga nisbatan (IL-4 1,7-2,3, IL-8 1,6-2,4, TNF-α 1,3-1,6 barobarga oshishi va IFNγ -1,2-1,9 barobarga kamayishi) isbotlanganligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 29.04.2024 yildagi 94-sonli buyruq, Andijon viloyati bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bronxial astmali bolalarda indusirlangan balg‘amning sito-immunologik ko‘rsatkichlarini va sitokinlar darajasini aniqlash kasallikning og‘ir kechishi va asoratlarini o‘z vaqtida oldini olishga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxial astmali bolalarda sito-immunologik ko‘rsatkichlar va sitokinlar darajasini aniqlash orqali qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyoj qolmaganligi sababli 102 bemor uchun 23460000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bronxial astma bilan kasallangan bolalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 230000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 230000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda BA og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda tug‘ma immunitet geni (TLR6) C745T polimorfizmining prognostik ahamiyati asoslangan: ikkinchi guruh bolalarida mutatsiyalangan T/T genotipi (75%), birinchi guruh bolalarida S/T genotipi (44,4%) RKOB bolalariga nisbatan (2,9 va 1,4 barobarga) oshishi aniqlanganligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 29.04.2024 yildagi 94-sonli buyruq, Andijon viloyati bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma diagnostikasida tug‘ma immunitet geni (TLR6) C745T polimorfizmini aniqlash kasallikni erta bosqichlarda aniqlash va uning og‘ir kechishini prognoz qilish imkoniyatini oshiradi, kasallikni o‘rta va og‘ir darajalarini o‘z vaqtida oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxial astmali bolalarda TLR6 geni C745T polimorfizmini aniqlash orqali 102 bemor uchun 51000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bronxial astma bilan kasallangan bolalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BA bilan kasallangan bemorlarda kasallik og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda IL-4 geni (S-589T) polimorfizmining prediktorlik o‘rni isbotlangan: ikkinchi guruhda mutatsiyalangan T/T genotipi (45,8%), birinchi guruhda S/T genotipi (62,5%), RKOB bolalariga nisbatan (5,3 va 1,7 barobarga) oshishi aniqlanganligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 29.04.2024 yildagi 94-sonli buyruq, Andijon viloyati bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma diagnostikasida IL-4 geni (S-589T) polimorfizmini aniqlash kasallikni erta bosqichlarda aniqlash va uning og‘ir kechishini prognoz qilish imkoniyatini oshiradi, kasallikni o‘rta va og‘ir darajalarini o‘z vaqtida oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxial astmali bolalarda IL-4 geni S-589T polimorfizmini aniqlash orqali 102 bemor uchun 51000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bronxial astma bilan kasallangan bolalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: bolalarda bronxial astmani og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda, klinik-funksional, sito-immunologik va immunogenetik aspektlarini tahlil qilishga asoslangan olib borish sxemasi ishlab chiqilgan, kasallikni erta aniqlash, individual davolashni amalga oshirish va uning og‘ir kechishini oldini olishda samarali ekanligi isbotlanganligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 29.04.2024 yildagi 94-sonli buyruq, Andijon viloyati bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan va taklif etilgan bolalarda bronxial astmani og‘irlik darajasiga qarab olib borish sxemasi erta tashxislash, individual davolashni amalga oshirish va uning og‘ir kechishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bronxial astma kasalligida takomillashtirilgan olib borish taktikasini qo‘llanilishi orqali shifoxonada qolish muddati 2 kunga qisqartirildi va statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan xarajat qiymati 366355,0 so‘mni tashkil qildi, 2 kunlik davolanish esa 732710,0 so‘mni tashkil etgan. Bir bemor uchun kunlik iqtisod qilingan mablag‘ 732710 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: bronxial astmali bemorlarda takomillashtirilgan olib borish sxemasiini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 732710 so‘mni so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 732710 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish