Samatov Xurshid Ulmasjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Naqshbandiya tariqatida xalq bilan muloqot qilishning tasavvufiy-falsafiy asoslari”, 09.00.03-Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fal46.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Sayimnazar, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Raxmatova Xolidaxon Xolikovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi naqshbandiya tariqatida xalq bilan muloqot qilish g‘oyasini tasavvufiy-falsafiy asoslash va hozirgi zamon uchun ma’naviy-ma’rifiy hamda ijtimoiy-axloqiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasavvufda muloqotning g‘oyaviy konstruksiyalarini ifodalovchi “muomilot”, “musohiba”, “mukolimot”, “muhodisot”, “musomirot” kabi diniy-tasavvufiy kategoriyalarning yoshlar muloqot madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni ijtimoiy-axloqiy va falsafiy jihatdan dalillangan;
naqshbandiya tariqati pirlari tomonidan xalq bilan muloqot qilishning tayanch g‘oya va qadriyatlari yangicha talqin etilganligi, uni tashkil etuvchi elementlarga yangicha urg‘u berilganligi va ularni muttasil o‘zgaruvchan tarixiy sharoitlarga muvofiqlashtirganligi dalillangan;
naqshbandiya tariqatining dastlabki bosqichda xalq bilan konstruktiv muloqotni amalga oshirgan tariqat pirlarining ijtimoiy modellari va patsifistik konsepsiyalari keyingi bosqichda davlat strukturalari bilan ham o‘ziga xos ijtimoiy muloqot tizimini shakllantirganligi asoslangan;
davlat va fuqarolar o‘rtasida halol munosabatlarga asoslangan, samarali ijtimoiy himoyani ta’minlovchi ijtimoiy davlat boshqaruvini shakllantirishda naqshbandiya tariqatining halollik tamoyili muhim ma’naviy asos ekanligi aniq ilmiy dalillar bilan isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonning “Davlat-xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” degan strategik g‘oyasi naqshbandiya tariqatining “xalqqa xizmat qilish ¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬- Haqqa xizmat qilish” degan ustuvor g‘oyasiga uyg‘un ekanligi “Haq va xalq”, “zohir va botin”, “xilvat va anjuman” kabi tasavvufiy-dialektik kategoriyalar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Naqshbandiya tariqati pirlarining xalq bilan muloqot qilishga oid tasavvufiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarining falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berish hamda yosh avlodni muloqot ruhida tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tasavvufda muloqotning g‘oyaviy konstruksiyalarini ifodalovchi “muomilot”, “musohiba”, “mukolimot”, “muhodisot” “musomirot” kabi diniy-tasavvufiy kategoriyalarning yoshlar muloqot madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni ijtimoiy-axloqiy va falsafiy jihatdan dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019-yil 1-noyabrda VI Sezdida tasdiqlangan 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining (1.1), (1.2), (1.3), (5.4), (6.1), (6.3) bandlari ijrosini ta’minlashda va ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenarisini yaratish hamda amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 21-avgustdagi 02/05-49-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning saylovoldi dasturi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, targ‘ibot tadbirlarning saviyasini yanada boyitishga, ajdodlarimizning, xususan, naqshbandiya tariqati pirlarning falsafiy, diniy va ilmiy merosini keng targ‘ib etish orqali yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg‘ularining rivojlanishida, muomala va muloqot madaniyati, ogohlik, hushyorlik kabi komil inson mezonlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
naqshbandiya tariqati pirlari tomonidan xalq bilan muloqot qilishning tayanch g‘oya va qadriyatlari yangicha talqin etilganligi, uni tashkil etuvchi elementlarga yangicha urg‘u berilganligi va ularni muttasil o‘zgaruvchan tarixiy sharoitlarga muvofiqlashtirganligi dalillanganligiga oid ilmiy yangiliklari, nazariy xulosalari, metodologik hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi PZ-20170928696-raqamli amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 25-avgustdagi 01/10-11-5033-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq bilan muloqot qilishga oid tasavvufiy, falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarning tarixiy ildizlari, obektiv va sub’ektiv omillarini sharhlash hamda ilmiy asosda o‘rganishning komparativistik mezonlarini takomillashtirishga oid nazariy-metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
naqshbandiya tariqatining dastlabki bosqichda xalq bilan konstruktiv muloqotni amalga oshirgan tariqat pirlarining ijtimoiy modellari va patsifistik konsepsiyalari keyingi bosqichda davlat strukturalari bilan ham o‘ziga xos ijtimoiy muloqot tizimini shakllantirganligi asoslanganligiga oid ilmiy yangiliklari va amaliy takliflardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi”ni tayyorlashda hamda ilmiy-madaniy kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 9-avgustdagi 02/367-son ma’lumotnomasi). Natijada, naqshbandiya tariqati pirlarining xalqparvarlik, ma’naviy-axloqiy va ruhiy tarbiyaga oid g‘oyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yishda hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ijobiy ta’sirini rivojlantirish maqsadida nashr etilgan ensiklopediya mavzularini ilmiy manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
davlat va fuqarolar o‘rtasida halol munosabatlarga asoslangan, samarali ijtimoiy himoyani ta’minlovchi ijtimoiy davlat boshqaruvini shakllantirishda naqshbandiya tariqatining halollik tamoyili muhim ma’naviy asos ekanligi aniq ilmiy dalillar bilan isbotlanganligiga oid amaliy takliflardan Samarqand viloyati “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2022-yilda bajarilgan “Mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missonerlik ta’siriga tushib qolishni oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi 22/01/01 raqamli amaliy grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Imkon fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2023-yil 3-avgustdagi 03/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, din niqobidagi turli tahdidlarga qarshi kurashda davlat va fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashga hamda yoshlarda axborot iste’mol madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonning “Davlat-xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” degan strategik g‘oyasi naqshbandiya tariqatining “Xalqqa xizmat qilish - Haqqa xizmat qilish” degan ustuvor g‘oyasiga uyg‘un ekanligi “Haq va xalq”, “zohir va botin”, “xilvat va anjuman” kabi tasavvufiy-dialektik kategoriyalar orqali dalillanganligiga oid amaliy takliflardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yilda efirga uzatilgan “Qadriyat” teleko‘rsatuvining navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-martdagi 01-07/76-son ma’lumotnomasi). Natijada, naqshbandiya tariqatida pirlarning faoliyati hamda ularning xalq bilan muloqot qilish g‘oyasini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.