Najmiddinov Behzod Mannonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faolligini oshirish jarayonida ilg‘or xorij tajribasini qo‘llash imkoniyatlari”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ss378
Ilmiy rahbar: Bo‘taev Usmonjon Xayrullaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich, siyosiy fanlar doktori (DSc); Bekzod Jamiev siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent; Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
dunyodagi yetakchi mamlakatlar siyosiy partiyalari faoliyatini har tomonlama o‘rganish orqali ularning tajribasini mamlakatimiz siyosiy partiyalari faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror taraqqiyotni ta’minlashda siyosiy partiyalar faoliyatining samaradorligi umume’tirof etilgan (hisobdorlik, inklyuzivlik, reprezentativlik, innovatorlik) tamoyillarning joriy qilinish darajasi oshib borishi jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, huquqiy negizlari takomillashuviga va ularning amaliy namoyon bo‘lishiga xizmat qilishi asoslangan;
jamiyatning siyosiy partiyalarga bo‘lgan ehtiyoji va zarurarti boshlang‘ich partiya tashkilotlarining real hamda obektiv holatdan kelib chiqqan partiya faoliyatining samarali mahalliy strategiyalarni ishlab chiqish faoliyati bilan korrelyasion bog‘liq ekanligi konseptual jihatdan asoslab berilgan;
siyosiy partiyalarning legitimligi ularning o‘z elektorati manfaatlarini ifodalagan dasturlarini jamiyat, davlat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotidagi muammolarni optimal, samarali hal etishga qaratilgan real amaliy echimlari bilan bog‘langanligi dalillangan;
global o‘zgarishlar sharoitida siyosiy partiyalar o‘z strategik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan kadrlarni saralash, tanlash, ularda zarur kompetensiyalarni rivojlantirish, vakillik va ijro hokimiyati organlariga tavsiya etib borish amaliyoti ularning o‘zaro raqobati takomillashuvi bilan birga jamiyat a’zolarining ma’naviy-mafkuraviy tafakkurini oshishiga xizmat qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yetakchi mamlakatlar siyosiy partiyalari faoliyati va ularning ilg‘or tajribasini mamlakatimiz siyosiy partiyalari faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
barqaror taraqqiyotni ta’minlashda siyosiy partiyalar faoliyatining samaradorligi umume’tirof etilgan (hisobdorlik, inklyuzivlik, reprezentativlik, innovatorlik) tamoyillarning joriy qilinish darajasi oshib borishi jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, huquqiy negizlari takomillashuviga va ularning amaliy namoyon bo‘lishiga xizmat qilishiga oid xulosalardan 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonunini l3-moddasi birinchi qismini shakllantirishda hamda takomillashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2023-yil 11-apreldagi 02/4-46-sonli dalolatnomasi). Natijada jamiyatda siyosiy partiyalarning faoliyatini takomillashuviga, xususan, partiya elektorati oldida hisobdorlik prinsipini takomillashib borishi asosida aholining siyosiy partiyalarga nisbatan ishonch darajasini yuksalishiga xizmat qilgan;
jamiyatning siyosiy partiyalarga bo‘lgan ehtiyoji va zarurarti boshlang‘ich partiya tashkilotlarining real hamda obektiv holatdan kelib chiqqan partiya faoliyatining samarali mahalliy strategiyalarni ishlab chiqish faoliyati bilan korrelyasion bog‘liq ekanligi konseptual asoslari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi “1.1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demolratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”dagi vazifalarga mos keladi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 3-apreldagi 02/02-16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy partiyalarga samarali mahalliy strategiyalar va dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan hamda ushbu dasturlar jamiyat, davlat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotidagi muammolarni optimal, samarali hal etishga qaratilgan real amaliy echimlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
siyosiy partiyalarning legitimligi ularning o‘z elektorati manfaatlarini ifodalagan dasturlarini jamiyat, davlat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotidagi muammolarni optimal, samarali hal etishga qaratilgan real amaliy echimlari bilan xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasidagi 3-bandini ijro etilishida foydalanildi (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023 yil 14 martdagi 5-100-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar partiyaning O‘zbekiston Respulikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan qonunchilik normalarini monitoring qilish va tegishli xulosalarni shakllantirishga xizmat qilgan.
global o‘zgarishlar sharoitida siyosiy partiyalar o‘z strategik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan kadrlarni saralash, tanlash, ularda zarur kompetensiyalarni rivojlantirish, vakillik va ijro hokimiyati organlariga tavsiya etib borish amaliyoti ularning o‘zaro raqobati takomillashuvi bilan birga jamiyat a’zolarining ma’naviy-mafkuraviy tafakkurini oshishiga xizmat qilishi bilan takliflar O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasida Davlat dasturining "l.l. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma'naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari"da qo‘llanilgan (O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2023 yil 12 apreldagi 18/05-53-sonli ma’lumotnomasi). Natijada global o‘zgarishlar sharoitida siyosiy partiyalar o‘z strategik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshiruvchi kadrlarni saralash, tanlashga xizmat qilgan.