Holikulova Feruza Xasanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish metodikasi (ona tili va o‘qish savodxonligi fani misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped977.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Artikova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalova Maftuna Abdusalamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shaxrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish metodikasini ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliymetodik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari kommunikativnutqiy faoliyatga tayyorlashning metodologik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini shakllantirish, ta’lim sifatini oshiruvchi axborot-kommunikatsion aksiologik muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik taʼminotini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar variativ, simbiotik qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishning samarali metodlariona tili va o‘qish savodxonligi darslarini pedagogik-prognozli modellashtirish, nostandart vaziyatlarda ijodiy fikrlash faolligi ko‘nikmalarini intensiv optimallashtirish, ijodiy-faoliyatli imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishning metodik tamoyillari vositasida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning funksional tuzilmasiga asoslangan modeli maqsad, mazmun, jarayon, baholovchi-natijaviy bosqichlarda va pedagogik-metodik shart-sharoitlarni ta’minlashga ustuvorlik beruvchi pedagogik-metodik strategiyani ishlab chiqish hamda ta’lim subektlarining individual qobiliyatlarini, yakkadan umumiylik tamoyiliga ko‘ra birgalikda o‘rganish, loyihalash faoliyatlari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini gnostik, aksiologik, kreativ va empirik komponentlarini shakllantirishning reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalarini baholash mezonlari kognitiv, faoliyatli, kreativ yondashuv hamda miqdoriy ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymati bo‘yicha ishonch oralig‘ini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini gnostik, aksiologik, kreativ va empirik komponentlarini zamonaviy yondashuv orqali shakllantirishning metodikasi kommunikativ-nutqiy faoliyatni olib boruvchi ijtimoiy tarmoqlararo mobil muhitni tashkil etish, universal kommunikativ harakatlarni amalga oshirishning muloqotli 6 kombinatsiyasini shakllantirish hamda mustaqil rivojlanishga imkon beruvchi “Tasavvur mashqi” elektron dasturi, “5M” texnologiyasi, “So‘z o‘yini” mobil ilovasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliymetodik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlarini kommunikativ- 7 nutqiy faoliyatga tayyorlashning metodologik asoslari va didaktik tamoyillarini ona tili va o‘qish savodxonligi ta’limi sifatini oshiruvchi axborot-kommunikatsion aksiologik muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik taʼminotini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodikasini shakllantirishga doir ilmiy xulosalar “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarning ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ortgan;
o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishning samarali metodlari ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini pedagogik-prognozli modellashtirish, nostandart vaziyatlarda ijodiy fikrlash faolligini taʼminlash, deduktiv jarayonlarini intensiv optimallashtirishga qaratilgan ijodiyfaoliyatli imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni qabul qilishga, turli hayotiy vaziyatlarda mustaqil, faol va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiypsixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2024-yil 04-sentyabrdagi 03-1723-1712-son maʼlumotnomasi). Natijada ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning funksional tuzilmasiga asoslangan metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon, baholovchinatijaviy bosqichlarda va pedagogik-metodik shart-sharoitlarni ta’minlashga ustuvorlik beruvchi pedagogik-metodik strategiyani ishlab chiqish hamda ta’lim subektlarining individual qobiliyatlarini, yakkadan umumiylik tamoyiliga ko‘ra birgalikda o‘rganish, loyihalash faoliyatlari asosida takomillashtirilga doir takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialidan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari“ mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqiot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 04-sentyabrdagi 340-son maʼlumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik model o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishga, faol ijtimoiyashuviga asoslangan;
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini zamonaviy yondashuv orqali shakllantirish metodikasi kommunikativ-nutqiy faoliyatni olib boruvchi ijtimoiy tarmoqlararo mobil muhitni tashkil etish, universal kommunikativ harakatlarni amalga oshirishning muloqotli kombinatsiyasini shakllantirish hamda mustaqil rivojlanishga imkon beruvchi “intuiusiya mashqi“ elektron dasturini ishlab chiqish va “Milliy o‘quv dasturi” doirasida xalqaro tajriba va mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda umumta’lim maktablari uchun zamonaviy ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 20-maydagi 01/11-6-248-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik ishlanmalar o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishga, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish