Eshmatov Shuxrat Ochilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Echkilar monieziozining tarqalishi, patomorfologiyasi va profilaktikasi”, 06.00.03-Zoologiya, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V113.
Ilmiy rahbarlar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor, Taylakov Tolip Isakulovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Safarov Alisher Abdiqahor o‘g‘li, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya,  yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining tog‘oldi-tog‘, sug‘oriladigan va cho‘l-dasht hududlaridagi echkilarda moniezioz kasalligining tarqalishi va epizootologik xususiyatlarini tadqiq qilish hamda zamonaviy antgel`mintiklarni qo‘llashga asoslangan samarali qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatining mavjud uch biotsenozida, xususan, tog‘oldi-tog‘,  sug‘oriladigan va cho‘l - dasht biotsenozlarida echkilar monieziozi qo‘zg‘atuvchilarining tur tarkibi hamda ular bilan echkilarning zararlanishining gidrogeologik (hududlar bo‘yicha), biologik (yosh bo‘yicha) va gender (jins bo‘yicha) xususiyatlari aniqlangan;
echkilar monieziozi ichak shilliq pardalarida qon quyilish va kataral gemorragik yallig‘lanishlar, o‘pkada kataral-fibrinli pnevmoniya va nekroz o‘choqlari, shishlar paydo bo‘lishi, jigar va buyraklar parenximasida distrofiya hamda qon quyilishlar bilan kechishi ilmiy asoslangan;
echkilar monieziozi paytida kuzatiladigan asosiy klinink, gemomorfobiokimyoviy (gemoglobinni 11,66 g/l, umumiy oqsilni 6,8 g/l, glyukozani 0,30 mmol/l. ga kamayishi, billirubinni 1,6 mkmol/l, AST faolligini 0,34 mmol.s.l, ALT faolligini 0,24 mmol.s.l ga oshishi) va immunobiologik (B-limfositlarni 4,4 foizga oshishi) o‘zgarishlar ilmiy asoslangan;
echkilar moniezioziga qarshi alben praz, praziver, monizen va monezollar boshqa analoglariga qaraganda echkilar organizmida kechadigan oksidlanish-qaytarilish, zararsizlanish, gemopoez va immunitetiga stimullovchi ta’sir ko‘rsatishi va natijada 100% terapevtik samara beruvchi davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Echkilar monieziozining tarqalishi, patomorfologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Echkilar monieziozining davolash-profilaktik tadbirlari bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 27 maydagi 02/23-327-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash orqali echkilar monieziozini samarali davolash va oldini olishga erishilgan;
Qashqadaryo viloyatining tog‘oldi-tog‘ hududlarida echkilar moniezioziga qarshi Al`ben praz, Monezol, Monezin va Praziver antgel`mintiklarini qo‘llash usuli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 27 maydagi 02/23-327-son ma’lumotnomasi). Ushbu usulni Qamashi tumanidagi “Bobur Murodullaevich” xususiy korxonasi va “Xaydar Qurbon Xayit”, Yakkabog‘ tumanidagi “Uyg‘ur” echkichilikka ixtisoslashgan chorva fermer xo‘jaliklariga joriy etish orqali echkilar monieziozi qo‘zg‘atuvchilariga qarshi 100% samara olishga erishilgan;
Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida echkilar moniezioziga qarshi Ivermektin 1% & Prazikvantel 2,5%, Brontel-plyus®, monezol preparatlarini qo‘llash usuli  ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 27 maydagi 02/23-327-son ma’lumotnomasi). Ushbu usulni Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi, Konsoy o‘rmon bo‘limi, Jiydabuloq massivi” echkichilikka ixtisoslashgan chorva  fermer xo‘jaligida joriy etish orqali echkilar monieziozi qo‘zg‘atuvchilarga qarshi Ivermektin 1% & Prazikvantel 2,5%  preparatlarini qo‘llashda 80 foiz, Brontel-plyus® preparatini qo‘llashda  90 foiz, monezol preparatini qo‘llashda 100 foiz samara olishga erishilgan;
Qashqadaryo viloyatining cho‘l-dasht hududlarida echkilar moniezioziga qarshi Albenzol 25 va Praziver peparatlarini qo‘llash usuli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 27 maydagi 02/23-327-son ma’lumotnomasi). Ushbu usulni Muborak tumanidagi “Shonazar shodi”,  echkichilikka ixtisoslashgan chorva fermer xo‘jaliligiga qo‘llash orqali echkilar monieziozi qo‘zg‘atuvchilariga qarshi Albenzol 25 preparatini ishlatishdan 60%, Praziver peparatini ishlatishdan 100% samara olishga erishilgan.
    
Bosh ilmiy kotib
A.Shermuxamedov    Bosh inspektor
U.Abduraxmanov    bosh mutaxassis
Yu.Inoyatova     Markaz
 boshlig‘i
Z.Tadjixodjaev    Veb-sayt administratori
O.Maxmanov

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish