Kuchkarov Xayrulla Zikirillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat ishlarini yuqori instansiya sudlarida qayta ko‘rilishini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Yu219.
Ilmiy rahbar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Inagamdjanova Zumratxon Fatxullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlarini yuqori instansiya sudlarida qayta ko‘rishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
apellyasiya shikoyati (protesti) vajlari mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan tomonga faqat cheklangan muddatlarda (sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar 10 muddat ichida) ko‘rib chiqilishi asoslantirilgan;
kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlanguniga qadar uni o‘zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishga haqli ekanligi jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlar tomonidan himoya qilinishini takomillashtirilishi asoslangan;
kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yilishi kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning huquqini hamda protest kiritish huquqiga ega subektlarning vakolatlarini aniq belgilash asoslab berilgan;
jinoyat protsessida ishni taftish tartibida ko‘rib chiqayotgan sud oldingi hukm yoki ajrim asossiz ravishda bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan, apellyasiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ishni ko‘rish chog‘ida qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan va bu hukm, ajrim yoki qarorni to‘g‘ri chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin edi deb e’tirof etgan taqdirda apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukm va ajrimlari, taftish instansiyasi sudining hukm, ajrim va qarorlari ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi lozimligi asoslangan;
yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritish qaytadan boshlanganligi munosabati bilan sud qarorlari bekor qilinganidan keyin jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov va sud muhokamasi umumiy tartibda amalga oshirilishi hamda taftish shikoyati berish yoki protesti kiritishga bo‘lgan huquq shaxsni sudga murojaat qilishni muddat bilan cheklanishi mumkin emasligi asoslab berilgan;
qonunda taftish tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar (sud muhokamasi jarayonida dalillarni tekshirish tartibi, protsess ishtirokchilari iltimosnomalari, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, shuningdek, sud majlisi zalida tartibni saqlash yuzasidan hamda JPK 416, 417-moddalari tartibida chiqarilgan ajrimlar ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat), protest (xususiy protest) berilishi mumkin emas) belgilanganligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
apellyasiya shikoyati (protesti) vajlarini mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan tomonga faqat mazmundagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyasiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 13-sonli qarorining 8-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 24-avgustdagi 11-25-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoyat ishlarini apellyasiya tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni huquqiy tartibga solish uchun xizmat qilgan;
kassatsiya shikoyati, protesti kiritgan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlanguniga qadar uni o‘zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishga haqli ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-664-sonli Qonunining 1-moddasi 39-bandida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 5092-moddasi bilan to‘ldirilishida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 04/2-09/4524-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar kassatsiya instansiyasi sudiga kassatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish orqali jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlar tomonidan himoya qilinishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-664-sonli Qonunining 1-moddasi 39-bandida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 5093-moddasi bilan to‘ldirilishida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 04/2-09/4524-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning huquqini hamda protest kiritish huquqiga ega subektlarning vakolatlarini aniq belgilashga xizmat qilgan;
hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest kiritgan shaxs o‘z shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-664-sonli Qonunining 1-moddasi 36-bandida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 49710-moddasi bilan to‘ldirilishida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 04/2-09/4524-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoyat ishlarini sud qarorlari ustidan apellyasiya tartibida shikoyat qilish va protest keltirish tartibiga rioya etilishi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritish qaytadan boshlanganligi munosabati bilan sud qarorlari bekor qilinganidan keyin jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov va sud muhokamasi umumiy tartibda amalga oshirilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-yanvardagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-664-sonli Qonunining 1-moddasi 42-bandida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 5271-moddasi bilan to‘ldirilishida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil
21-sentyabrdagi 04/2-09/4524-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoyat ishida yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash institutini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kassatsiya shikoyati (protesti) berishga bo‘lgan huquqni biron-bir muddat bilan cheklanmasligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 27-noyabridagi “Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorini 4-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 24-avgustdagi 11-25-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoyat protsessida kassatsiya tartibida ish yuritish institutini takomillashtirishga xizmat qilgan;
qonunda kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 27-noyabridagi “Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorini 5-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 24-avgustdagi 11-25-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko‘rish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sudlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash borasida muhim tushuntirishlar berish uchun xizmat qilgan.