Sayfullaev Baurjan Nurumbet o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va qozoq tillari kontaktining badiiy adabiyotdagi xususiyatlari (O‘zbekiston Respublikasi qozoq adiblari asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3883.
Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Mingboev Nurlan Djakipovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilgan va ta’lim olgan qozoq adiblari asarlarida o‘zbek tili va dialektlariga oid unsurlarning qo‘llanishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qozoq-o‘zbek tillari kontakti natijasida o‘zbek tili  xususiyatlarining mahalliy qozoq adiblari asarlarida aks etishi masalasi ilk bor dalillanib, turkiy til vakillari bo‘lgan qozoqlarning o‘zbek tili voqeligida yashashi va uning natijasi o‘laroq qozoq tilli aholi qaysi arealda yashashiga ko‘ra shu erdagi o‘zbek shevalari, shuningdek, ularning o‘zbek tilidagi axborot tizimlaridan, badiiy va ilmiy adabiyotlar orqali o‘zbek tiliga xos xususiyatlarning o‘zlashtirilishi jarayonlari ochib berilgan;
qozoq-o‘zbek tillari kontaktini ilmiy asoslash jahon tajribalaridagi nazariyalar asosida amalga oshirilib, bu kontakt jahon amaliyotida e’tirof etilayotgan adstrat darajasida ekanligi belgilangan hamda ishda qozoq tili areallaridagi o‘zbek tili xususiyatlarining mahalliy qozoq adiblari asarlarida aks etishi ijtimoiy, madaniy hayot natijasi ekanligi asoslangan;
qozoq adiblari mahalliy koloritni reallashtirishda faqat o‘zbek shevalari ta’siri bilan chegaralanib qolgan emas, shu bilan birga, o‘zbek tilidagi badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot va boshqa axborot vositalaridan kundalikda foydalanishlari ularga o‘zbek tili leksik va semantik xususiyatlarini, so‘z yasash, morfemik tizimi va turg‘un birikmalarini ham asarlarida qo‘llashga yo‘l ochganligi ochib berilgan;
mahalliy qozoq adiblari asarlaridagi erlik qozoqlar nutqida uchraydigan o‘zbek tiliga xos, mahalliy qozoq shevalariga o‘zbek tili orqali o‘tgan forscha va arabcha so‘zlarning qozoq tilidagi ma’nolari aniqlanib, morfemalar va turg‘un birikmalarning qozoq adabiy tiliga o‘zlashib ketganlari hamda ulardan ba’zilarining faqat badiiy asarning mohiyatini belgilash chog‘ida zaruratan foydalanilgan o‘rinlari farqlab dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qozoq tillari kontaktining badiiy adabiyotdagi xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qozoq adiblari asarlaridagi o‘zbek tilidan oʻtgan so‘z va grammatik shakllarning badiiylikni ta’minlashdagi o‘rni bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuiritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023-yil 28-dekabrdagi 1435-son ma’lumotnomasi). Natijada qozoq-o‘zbek tillari kontaktini ilmiy asoslash jahon tajribalaridagi nazariyalar asosida amalga oshirilib, bu kontakt jahon amaliyotida e’tirof etilayotgan adstrat darajasida ekanligi belgilangan hamda ishda qozoq tili areallaridagi o‘zbek tili xususiyatlarining mahalliy qozoq adiblari asarlarida aks etishi ijtimoiy, madaniy hayot natijasi ekanligiga asos bo‘lgan;
qozoq-o‘zbek tillari kontakti natijasida o‘zbek tili  xususiyatlarining mahalliy qozoq adiblari asarlarida aks etishi masalasi ilk bor dalillanib, turkiy til vakillari bo‘lgan qozoqlarning o‘zbek tili voqeligida yashashi va uning natijasi o‘laroq qozoq tilli aholi qaysi arealda yashashiga ko‘ra shu erdagi o‘zbek shevalari, shuningdek, ularning o‘zbek tilidagi axborot tizimlaridan, badiiy va ilmiy adabiyotlar orqali o‘zbek tiliga xos xususiyatlarning o‘zlashtirilishi jarayonlariga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10. “O‘zbek tilida neymingning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil, 17-apreldagi 04/1-967-son ma’lumotnomasi). Natijada qozoq adiblari asarlaridagi o‘zbek tili va u orqali o‘tgan so‘z hamda grammatik shakllar qozoq dialektologiyasi hamda o‘zbek areal lingvistikasi uchun ahamiyatli bo‘lib, ularning nazariy va amaliy boyitilishiga hamda kontaktdagi tillardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari va qozoq adabiyotida mahalliy koloritni ifoda qilishdagi o‘rnini anglashga xizmat qilgan;
qozoq adiblari mahalliy koloritni reallashtirishda faqat o‘zbek shevalari ta’siri bilan chegaralanib qolgan emas, shu bilan birga, o‘zbek tilidagi badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot va boshqa axborot vositalaridan kundalikda foydalanishlari ularga o‘zbek tili leksik va semantik xususiyatlarini, so‘z yasash, morfemik tizimi va turg‘un birikmalarini ham asarlarida qo‘llashga doir ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning “Adabiy jarayon”, “Arayli өңir” dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 20-iyundagi 04-36-763-son ma’lumotnomasi). Natijada, qozoq adiblari asarlaridagi o‘zbek tili va u orqali o‘tgan so‘z hamda grammatik shakllar ham qozoq dialektologiyasi, ham o‘zbek areal lingvistikasi uchun ahamiyatli bo‘lib, ularning nazariy va amaliy boyitilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish