Omonov Zafarjon Raxmonalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Qiynashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.15 –Kriminologiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu457.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Adina Gulyamovna, yuridik fanlar doktori, professor; Turgunboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qiynash uchun javobgarlik belgilangan jinoyat-huquqiy normalarni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, qiynashni kvalifikatsiya qilish, uning sabablarini aniqlash, oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiynash dispozisiyasini “Muttasil ravishda shaxsga nisbatan jismoniy, ruhiy, psixologik zo‘rlik ishlatish yoki shaxsni zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud urish-do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar yangi tahrirdagi jinoyat kodeksining 136,137-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan bo‘lsa”, mazmunida shakllantirish lozimligi asoslangan;
qiynashni “ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar yoki boshqa muassasalarda yosh bolaning tarbiyasi, sog‘lig‘i uchun mas’ul bo‘lgan xodim tomonidan” sodir etilishi uchun javobgarlikni og‘irlashtirish lozimligi asoslangan;
bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxslar deganda, muayyan xonadon yoki uyda er-xotinlik munosabatlarida yashovchi, umumiy mol-mulk va pul mablag‘lariga egalik qiluvchi erkak hamda ayol tushunilishi lozimligi asoslangan;
“Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazish jinoyati maxsus sub’ektli jinoyat bo‘lganligi uchun jinoyat sodir etishda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlari JKning 28 va 1261-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
ojiz ahvol deganda, jabrlanuvchining shunday ahvoli tushunilishi kerakki, bunday paytda u o‘zining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy nuqsoni, ruhiyati buzilganligi, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan (kichik yoshdagi bolalar) yoki keksaligi, qattik og‘riq yoki behushlik holati, alkogol, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ta’sirida o‘ta mastlik holatiga ko‘ra o‘zini uzi himoya qilish, aybdorga faol qarshilik ko‘rsatish yoki o‘ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini tushunish yoki o‘z harakatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bulmasligi, bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan bo‘lishi shartligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qiynashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Muttasil ravishda shaxsga nisbatan jismoniy, ruhiy, psixologik zo‘rlik ishlatish yoki shaxsni zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud urish-do‘pposlash yoki boshqacha qilmishlar bilan qiynash, agar Yangi tahrirdagi jinoyat kodeksining 136, 137-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan bo‘lsa” mazmunidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahriridagi loyihasining 142-moddaning (Qiynash) dispozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2023-yil 6-iyuldagi 27/2-194-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi qiynashning ob’ektiv tomon belgilarini dispozisiyada to‘liq yoritilishiga xizmat qilgan;
“ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar yoki boshqa muassasalarda yosh bolaning tarbiyasi, sog‘lig‘i uchun mas’ul bo‘lgan xodim tomonidan” sodir etilgan qiynash uchun javobgarlikni differensiatsiya qilish mazmunidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahriridagi loyihasiga kiritilgan 142-moddaning (qiynash) ikkinchi qismi 1-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2023-yil 6-iyuldagi 27/2-194-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar yoki boshqa muassasalarda yosh bolaning tarbiyasi, sog‘lig‘i uchun mas’ul bo‘lgan xodim tomonidan sodir etilgan qiynash uchun javobgarlik og‘irlashtirilishiga xizmat qilgan;
bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxslar deganda, muayyan xonadon yoki uyda er-xotinlik munosabatlarida yashovchi, umumiy mol-mulk va pul mablag‘lariga egalik qiluvchi erkak hamda ayol tushunilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Badanga qasddan shikast etkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 31-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 14-fevraldagi PL-31-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxslar tushunchasiga aniq ta’rif berilishiga xizmat qilgan;
xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazish jinoyati maxsus sub’ektli jinoyat bo‘lganligi uchun jinoyat sodir etishda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlari JKning 28 va 1261-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Badanga qasddan shikast etkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandini 3-xatboshi bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 14-fevraldagi PL-31-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi oilaviy zo‘ravonlik hamda qiynash, badanga qasddan shikast etkazish jinoyatlarini o‘zaro farqlashga xizmat qilgan;
ojiz ahvol deganda, jabrlanuvchining shunday ahvoli tushunilishi kerakki, bunday paytda u o‘zining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy nuqsoni, ruhiyati buzilganligi, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan (kichik yoshdagi bolalar) yoki keksaligi, qattik og‘riq yoki behushlik holati, alkogol, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ta’sirida o‘ta mastlik holatiga ko‘ra o‘zini uzi himoya qilish, aybdorga faol qarshilik ko‘rsatish yoki o‘ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini tushunish yoki o‘z harakatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bulmasligi, bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan bo‘lishi shartligi mazmunidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandini 1-xatboshi bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 14-fevraldagi PL-31-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi, Jinoyat kodeksida keltirilgan jabrlanuvchining ojiz ahvoli bo‘yicha atamaning yagona ta’rifini ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.