Kuldashev Jaxongir Ulugbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinov laboratoriyalarining  ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga muvofiq faoliyati ko‘rsatishini ta’minlash va takomillashtirish” mavzusida 05.02.04 – “Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/T3685
Ilmiy rahbar: Mamajonov Abduvoxid Abduraxmonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar:
texnika fanlari doktori, professor Muminov Najmiddin Shamsiddinovich,
texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Boboev G‘aybullo G‘ofurovich
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sinov laboratoriyalari faoliyatini ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablariga muvofiqligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laboratoriyalar faoliyati (jarayon)lari o‘zaro bog‘liqligi va boshqarishning standartlashtirish asosida  sifat menejmenti  tizimlari talablarini joriy etish  mexanizimi   ishlab chiqilgan;
sinov laboratoriyasini ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga muvofiq bo‘lishida xavf va imkoniyatlarni darajalari aniqlangan;
o‘lchash noaniqlikligini baholashda  noaniqlikka barcha hissa qo‘shuvchilar, ahamiyatli qiymatlar, namunalarni tanlash va muvofiq statistik tahlil metodlari ta’sirlari  hisobga olish asosida aniqlash darajasi takomillashtirilgan.
olingan natijalarni matematik statistik tahlil qilish asosida sinov laboratoriyasini akkreditatsiyalash jarayonida dastlabki auditga nisbatan aniqlangan nomuvofiqliklar soni birlamchi xolatga nisbatan 66÷73 foizga kamaytirish imkoniyati ilmiy asoslangan;
ISO/IEC 17025:2017 talab bandlaga muvofuq axborotni qayta ishlashning har bir bosqichida maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni kiritish va chiqarish, o‘lchash noaniqliklarini baholashning raqamlashtirilgan dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinov laboratoriyalarining ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
laboratoriya faoliyatini boshqarish va takomillashtirish uchun tashkilot standartlari ishlab chiqilgan va joriy etilgan (“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi” ning 2023-yil 10-avgustdagi 01/986-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyatining 2023-yil 25-sentyabr kungi 03/18-844 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2023-yil 23-oktyabrdagi  №05/71-02-646 sonli xati,O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining 2023-yil 17-noyabr  kungi 07/02-598 sonli xati, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/26/05/840 sonli ma’lumotnomasi). Natijada laboratoriyani sifat menejmenti tizimi faoliyati xalqaro standartlar talablariga to‘liq muvofiqlashtirilgan, akkreditatsiyadan va davriy nazoratlardan muvofaqqiyatli o‘tkazishga zamin yaratilgan;
xodimlar ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standartlar talablari asosida o‘qitilgan (“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi” ning 2023-yil 10-avgustdagi 01/986-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyatining 2023-yil 25-sentyabr kungi 03/18-844 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/26/05/840 sonli ma’lumotnomasi). Natijada xodimlarning bilim va ko‘nikmalari oshgan, tayyorlangan hujjatlar bilan ishlash jarayoni amalga oshirilgan;
axborotni qayta ishlashning har bir bosqichida ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, o‘lchash noaniqliklarini baholash va bayonnomasi uchun maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan (“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi” ning 2023-yil 10-avgustdagi 01/986-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyatining 2023-yil 25-sentyabr kungi 03/18-844 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/26/05/840 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘lchov noaniqligini baholash va ro‘yxatga olish uchun sarflanadigan vaqt sarfi 30% gacha qisqargan va natijalarning ishonchliligi oshgan;
laboratoriyalarda ISO/IES 17025:2017 xalqaro standartlari joriy etidi (“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi” ning 2023-yil 10-avgustdagi 01/986-son ma’lumotnomasi,O‘zbekiston Resrublikasi “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyatining 2023-yil 25-sentyabr kungi 03/18-844 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/26/05/840 sonli ma’lumotnomasi).Natijada ISO/IES 17025:2017 xalqaro standartini joriy etishda ko‘rsatilgan xizmat asosida 60 mln. so‘mdan ortiq mablag tejab qolingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish