Azamova Sitora Ayonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik globallashuv sharoitida O‘zbekiston umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish zaruriyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal897
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlar doktori, dotsent; Qo‘ldoshev Asliddin Tursunovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qaraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi ekologik globallashuv sharoitida O‘zbekiston umumta’lim maktablari o‘quvchilari ekologik madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston ekologik muhitining ekologik globallashuv jarayoni asosida o‘zgarayotgani, ekologik munosabatlarning tarixiy tajribalar natijasida meyoriy rivojlanganligi, milliy ekologik qarashlar, tasavvur va bilimlar jahon ekologik madaniyati rivojiga ta’sir etganligi va ularga adekvatligi falsafiy asoslab berilgan;
o‘quvchilar ekologik madaniyatini shakllantirishda milliy, mintaqaviy, umume’tirof etilgan qadriyatlarni o‘zaro integratsiyalashtirish orqali maktab o‘quv dasturlariga to‘liq singdirish imkoniyatlari, ekologik ta’limni oshirishga yo‘naltirilgan fanlarning mavzularini o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmlari aniqlashtirilgan;
maktablar moddiy-texnik ta’minotini zamonaviylashtirish orqali o‘quvchilar ekologik madaniyatini yuksaltirish, xususiy ta’limga keng yo‘l ochish orqali ta’lim muassasalari va ekologik tarbiyaga aloqador (davlat ekologik siyosati boshqaruv tuzilmasi, oila, mahalla, umumta’lim maktablari, ommaviy axborot vositalari) subektlarning vazifalarini optimallashtirish zarurati isbotlangan;
O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ekologik ta’lim-tarbiyani xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish “ekologik shaxs”ni tarbiyalashdan iborat ekanligi falsafiy tavsiflanib, uning ekologik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan institutsional tizimlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, fanlararo integratsiyalashuvni standartlashtirish, “PIZA” xalqaro dasturi asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirib boorish, ekologik inqirozning siyosiy, geosiyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy sohalarga ta’sirini tabiiy fanlar metodikasi asosida tizimlashtirish kabi ijtimoiy mexanizmlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik globallashuv sharoitida O‘zbekiston umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish muammolarni tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston ekologik muhitining ekologik globallashuv jarayoni asosida o‘zgarayotgani, ekologik munosabatlarning tarixiy tajribalar natijasida meyoriy rivojlanganligi, milliy ekologik qarashlar, tasavvur va bilimlar jahon ekologik madaniyati rivojiga ta’sir etganligi va ularga adekvatligiga doir nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-son “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 12-iyundagi 235-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik holatni yaxshilash, “yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlod qalbida ona tabiatga daxldorlik hissini tarbiyalash hamda loyihaning ilmiy-metodologik sifatini takomillashtirishda, akademik tahlillarni boyitishda muhim ilmiy dalillar sifatida xizmat qilgan;
o‘quvchilar ekologik madaniyatini shakllantirishda milliy, mintaqaviy, umume’tirof etilgan qadriyatlarni o‘zaro integratsiyalashtirish orqali maktab o‘quv dasturlariga to‘liq singdirish imkoniyatlari, ekologik ta’limni oshirishga yo‘naltirilgan fanlarning mavzularini o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmlariga oid ilmiy xulosa va nazariy umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi faoliyatida, jumladan O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining “II.Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimida” amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha maktab o‘quvchilariga o‘tiladigan tarbiyaviy soat darslarida ekologiyaga oid bilimlarni fan dasturiga kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 12-iyuldagi 06-36-1431-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish, yoshlar orasida ekologik bilim va madaniyatni targ‘ib qilish, ona tabiatni sevish va uni ko‘z qorachig‘idek asrashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun metodik asos sifatida hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ekologik ta’lim va ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktablar moddiy-texnik ta’minotini zamonaviylashtirish orqali o‘quvchilar ekologik madaniyatini yuksaltirish, xususiy ta’limga keng yo‘l ochish orqali ta’lim muassasalari va ekologik tarbiyaga aloqador subektlarning vazifalarini optimallashtirish zaruratiga doir nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyati, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi Nizom” asosida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 19-apreldagi 2-13-21-1643-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ekologik dunyoqarashi hamda salohiyatini yuksaltirishga ekologiya sohasini ilg‘or innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda yanada takomillashtirish, yoshlarning ona tabiatni sevish va uni ko‘z qorachig‘idek asrashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ekologik ta’lim-tarbiyani xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish “ekologik shaxs”ni tarbiyalashdan iborat ekanligi falsafiy tavsiflanib, uning ekologik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan institutsional tizimlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, fanlararo integratsiyalashuvni standartlashtirish, “PIZA” xalqaro dasturi asosida ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirib boorish, ekologik inqirozning siyosiy, geosiyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy sohalarga ta’sirini tabiiy fanlar metodikasi asosida tizimlashtirish kabi ijtimoiy mexanizmlariga doir amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy vazifalarini bajarishda, jumladan, “VI. Aholining ekologik savodxonlik darajasini oshirish, dunyoqarashi va ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ekologik ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlash”da foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2024-yil 28-maydagi 01/226-son ma’lumotnomasi). Natijada, saylovoldi dasturlarini ishlab chiqishda, ekologik madaniyat darajasini oshirish, har bir insonda atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uzlyuksiz ekologik ta’lim va tarbiyaning mukammal tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ishlarda, yoshlarning ekologik ta’limi va tarbiyasi masalalarida davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, oila, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishga xizmat qilgan.