Zokirov Muzaffar Muxtarali o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV ensefalopatiyasining klinik-nevrologik va neyrovizualizatsion xususiyatlari», 14.00.13-Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2262.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yokutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Nilufar Safoevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV ensefalopatiyasiga chalingan bemorlarning klinik-nevrologik, emotsional, kognitiv holatini, shuningdek ularning neyrovizualogik ko‘rinishlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
odam immunitet tanqisligi virusi ensefalopatiyasi bilan kasallangan bemorlarda kognitiv va emotsional sohalarning etishmovchiligi va og‘irlik darajasi bemorning jinsi, yoshi, qondagi virus yuklamasiga bog‘liq emasligi, virusning bosh miyadagi zaxira xavzasi hosil qilishi sababli immunitet javobi darajasiga (qondagi CD4 hujayralari soni) bog‘liq ekanligi isbotlangan;
odam immunitet tanqisligi virusi ensefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda miya shikastlanishining MRT tekshiruvi natijalarida virusning tanlab ta’sir qilishi tufayli triada belgilar namoyon bo‘lib, boshning peshona-chakka-tepa po‘stloq bo‘laklari zararlanishi, simmetrik leykoareoz va likvor yo‘llarining kengayishi hamda leykoareozning umumiy maydoni bilan qondagi CD4 limfotsitlari darajasi o‘rtasida yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi sababli teskari yuqori korrelyasiya mavjudligi isbotlangan;
odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi bor bemorlarda virus to‘g‘ridan-to‘g‘ri nerv xujayralarini zararlashi sababli kognitiv buzilishlar darajasi bilan qondagi BDNF va NGF neyrotrofinlarining kamayishi o‘rtasida to‘g‘ri yuqori korrelyasiya, CNTF neyrotrofinining ko‘payishi o‘rtasida esa teskari yuqori korrelyasiya mavjudligi asoslangan;
odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda nootrop preparatlar kasallik patogenezining turli jarayonlariga ta’sir qilishi, xolin al`fosserat atsetilxolin sintezini rag‘batlantirishi va neyroplastiklikni oshirishi sababli kognitiv sohalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, gopanten kislotasi asosidagi nootroplar esa GAMK reseptorlarinining modulyasiya qilishi sababli emotsional sohalarga ko‘proq ta’sir qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: OIV ensefalopatiyasining klinik-nevrologik va neyrovizualizatsion xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida
birinchi ilmiy yangilik: odam immunitet tanqisligi virusi ensefalopatiyasi bilan kasallangan bemorlarda kognitiv va emotsional sohalarning etishmovchiligi va og‘irlik darajasi bemorning jinsi, yoshi, qondagi virus yuklamasiga bog‘liq emasligi, virusning bosh miyadagi zaxira xavzasi hosil qilishi sababli immunitet javobi darajasiga (qondagi CD4 hujayralari soni) bog‘liq ekanligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 sentyabrda 01-02/u-t-02 son bilan tasdiqlangan «OIV ensefalopatiyasining nevrologik xususiyatlari va uni davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi 25.04.2023 yildagi 63-son hamda Respublika ixtisoslashgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 25.04.2023 yildagi 32/A buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV ensefalopatiyasi bor bemorlarning klinik va nevrologik belgilarini erta aniqlash va erta tashxislash, demensiya kabi og‘ir asorartlarini oldini olishga imkoniyat beradi; Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikni NPV (Net Present Value) formulasi bo‘yicha NPV=∑ Bt−Ct / (1+r)t . Bunda Bt yillik foyda, Ct yillik xarajat, r diskont stavka, t – vaqt (yilda). Shundan keb chiqib erta diagnostikaning sarfi - 500000, erta diagnostikadagi davolanish sarfi 200 000, kechki diagnostikaning sarfi 600000, iqtisodiy farqi 500000, diskont stavkasi 5%, vaqt gorizonti 10 yil: NPV=∑10t=1 Bt−Ct / (1+0.05) t = NPV1−10 =300,000×(1−(1.05)10/0,05)≈ 300,000×7.7217=2316510 so‘mni tashkil qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: odam immunitet tanqisligi virusi ensefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda miya odam immunitet tanqisligi virusi ensefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda miya shikastlanishining MRT tekshiruvi natijalarida virusning tanlab ta’siri qilishi tufayli triada belgilar namoyon bo‘lib, boshning peshona-chakka-tepa po‘stloq bo‘laklari zararlanishi, simmetrik leykoareoz va likvor yo‘llarining kengayishi xamda leykoareozning umumiy maydoni bilan qondagi CD4 limfotsitlari darajasi o‘rtasida yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi sababli teskari yuqori korrelyasiya mavjudligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 sentyabrda 01-02/u-t-02 son bilan tasdiqlangan «OIV ensefalopatiyasining nevrologik xususiyatlari va uni davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi 25.04.2023 yildagi 63-son hamda Respublika ixtisoslashgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 25.04.2023 yildagi 32/A buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mrt tekshiruvida bemorlarga oiv ensefalopatiyaning erta tashhislashga yordam berib, demensiya kabi og‘ir asorartlarini oldini olishga imkoniyat beradi; Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikni NPV (Net Present Value) formulasi NPV=∑ Bt−Ct / (1+r)t bo‘yicha tekshirilganda, MRTning sarfi 150000, erta tashxislashdagi davolash sarfi 250000, kechki tashxislashdagi sarfi xarajat 600000, iqtisodiy farqi 350000, diskont stavkasi 5%, vaqt gorizonti 10 yil: NPV=∑10t=1 Bt−Ct / (1+0.05) t NPV1−10 =100,000×(1−(1.05)10/0,05)≈100,000×7.7217=772170 so‘mni tashkil qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi bor bemorlarda virus to‘g‘ridan-to‘g‘ri nerv xujayralarini zararlashi sababli kognitiv buzilishlar darajasi bilan qondagi BDNF va NGF neyrotrofinlarining kamayishi o‘rtasida to‘g‘ri yuqori korrelyasiya, CNTF neyrotrofinining ko‘payishi o‘rtasida esa teskari yuqori korrelyasiya mavjudligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 sentyabrda 01-02/u-t-02 son bilan tasdiqlangan «OIV ensefalopatiyasining nevrologik xususiyatlari va uni davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi 25.04.2023 yildagi 63-son hamda Respublika ixtisoslashgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 25.04.2023 yildagi 32/A buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qondagi neyrotrofik omillar va kognitiv etishmovchilik korrelyasiyasi diagnostik va davolashda prognostik axamiyatga ega; Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik NPV (Net Present Value) formulasi bo‘yicha NPV=∑ Bt−Ct / (1+r)t xisoblanadi. Shunda kognitiv defisit monitoringi - 100000, SD4 miqdorining xar xil darajasijashi kognitiv defisitning davolash erta aniqdanganda 200 000, kech aniqlanganda 500 000, iqtisodiy farqi 300000, diskont stavkasi 5%, vaqt gorizonti 10 yil: NPV=∑10t=1 Bt−Ct / (1+0.05) t = NPV1−10 = 200,000× (1−(1.05)10/0,05) ≈200,000× 7.7217=1544340 so‘mni tashkil qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda nootrop preparatlar kasallik patogenezining turli jarayonlariga ta’sir qilishi, xolin al`fosserat atsetilxolin sintezini rag‘batlantirishi va neyroplastiklikni oshirishi sababli kognitiv sohalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, gopanten kislotasi asosidagi nootroplar esa GAMK reseptorlarinining modulyasiya qilishi sababli emotsional sohalarga ko‘proq ta’sir qilishi isbotlangan.Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 sentyabrda 01-02/u-t-02 son bilan tasdiqlangan «OIV ensefalopatiyasining nevrologik xususiyatlari va uni davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi 25.04.2023 yildagi 63-son hamda Respublika ixtisoslashgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 25.04.2023 yildagi 32/A buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yi-l 25 iyundagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nootrop preparatlarining to‘g‘ri tanlanishi, hamda kognitiv defisit va neyropsixologik xolatdagi nootrop preparatining to‘g‘ri tanlovi, bemorda davolanishning samaradorligini oshirishi va xayot sifatini yaxshilashda ko‘zatiladi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik NPV (Net Present Value) formulasi NPV=∑ Bt−Ct / (1+r)t bo‘yicha tekshirilganda: xolin al`fosseratning sarfi 100000, gopanten kislotasi preparati sarfi 50000, kognitiv va neyropsixologik xolatni umumiy davolanishi 300000, iqtisodiy farqi 200000, diskont stavkasi 5%, vaqt gorizonti 10 yil. NPV=∑10t=1 Bt−Ct / (1+0.05) t = 200,000×(1−(1.05)10/0,05) ≈100,000× 7.7217= 1,544,340 so‘mni tashkil etadi.