Yazdonov Zikirillo Shukurilloevichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ixtisosligi bo‘yicha “Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlari rivojiga malomatiylik va qalandariylik g‘oyalarining ta’siri” 09.00.03 - Falsafa tarixi  (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal213
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.F.72.08
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor. Siddiqov Ilyosjon Baxramovich, falsafa fanlari doktori, professor. Mo‘min Hoshimxonov, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malomatiylik va qalandariylik g‘oyalarining  Markaziy Osiyo tariqatlariga ta’siri va uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malomatiylik va qalandariylikning ixlos, sidq, faqrlik kategoriyalari o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi ayrim tasavvuf tariqatlarida vujudga kelgan riyo, kibr, ujb kabi illatlarga qarshi kurashda va inson ma’naviy borlig‘ining isloh etishda motivatsion vosita (harakatlantiruvchi kuch) ekanligi isbotlangan;
malomatiylik va qalandariylikning “Botinan Haq bilan, Zohiran xalq bilan” bo‘lish  g‘oyasi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy, ijtimoiy-madaniy muhitiga ta’siri hamda turli xalqlarni yagona maslak va g‘oya atrofida birlashtirishga xizmat qilganligi falsafiy asoslangan;
malomatiylik va qalandariylik tariqatlariga “tanosux”, “ittihod”, “hulul” tushunchalarining kirib kelishi tasavvuf ta’limoti va falsafa tarixida mutlaq haqiqatni anglashning yagona ildizlariga ega bo‘lgan borliqning birligi (vahdat) va xilma-xilligi (kasrat) g‘oyasiga zid ekanligi ochib berilgan;
malomatiylik ta’limotidagi inson ichki olamini poklash, nafsni tiyish, qalbni tasfiya (poklanish) etish orqali ruhiy-ma’naviy yuksalish tamoyillari tasavvufning filantropiya (saxovatpeshalik) va insonparvarlik g‘oyalari bilan dialektik aloqador ekanligi mantiqiy dalillangan;
yoshlarni ma’naviy-axloqiy yuksaltirishda tasavvufning insonni komillikka undovchi “qalbni poklash, “vujud pokligi”, “nafs tarbiyasi”, “o‘zini-o‘zi takomillashtirish”, “sabr-qanoat”li bo‘lish g‘oyalarining ma’rifatli shaxs dunyoqarashini kengaytirishda va buzg‘unchi ekstremistik, radikal oqimlarga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Malomatiylik va qalandariylik g‘oyalarining Markaziy Osiyo tariqatlariga ta’sirini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
malomatiylik va qalandariylikning ixlos, sidq, faqrlik kategoriyalari o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi ayrim tasavvuf tariqatlarida vujudga kelgan riyo, kibr, ujb kabi illatlarga qarshi kurashda va inson ma’naviy borlig‘ining isloh etishda motivatsion vosita (harakatlantiruvchi kuch) ekanligiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 22/01/01-raqam “Mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missionerlik ta’siriga tushib qolishni oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” (2022 y) grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniylar” jamg‘armasining 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining I “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rnini oshirish” bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2024-yil 13-iyundagi 24/9-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniylar” jamg‘armasining 2024-yil 19-iyundagi 05-01/265-son ma’lumotnomasi). Natijada, malomatiylik va qalandariylik g‘oyalari tasavvuf tariqati va ta’limotlari va falsafa tarixida mutlaq haqiqatni anglashning yagona ildizlariga ega ekanligi va nuroniylarni diniy va islomiy, tasavvufiy bilimlarini boyitishga hamda mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missionerlik ta’siriga tushib qolishni oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yishda sof diniy va tasavvufiy bilimlarni qo‘llashda va ta’milashga xizmat qilgan;
malomatiylik va qalandariylikning “Botinan Haq bilan, Zohiran xalq bilan” bo‘lish  g‘oyasi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy, ijtimoiy-madaniy muhitiga ta’siri hamda turli xalqlarni yagona maslak va g‘oya atrofida birlashtirishga xizmat qilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosa taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oyaviy va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-band “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarning tadqiqi qilish texnologiyalri bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 11-iyundagi 258-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalardan mamlakatimizda radikalizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash yo‘nalishidagi faoliyatni tashkil etishda, yoshlar ongini turli xil yot g‘oya va harakatlardan asrash va ma’naviy tarbiyani kuchaytirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
malomatiylik va qalandariylik tariqatlariga “tanosux”, “ittihod”, “hulul” tushunchalarining kirib kelishi tasavvuf ta’limoti va falsafa tarixida mutlaq haqiqatni anglashning yagona ildizlariga ega bo‘lgan borliqning birligi (vahdat) va xilma-xilligi (kasrat) g‘oyasiga zid ekanligiga oid imiy-nazariy xulosalari taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ulardan mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda “jaholatga qarshi marifat” g‘oyasi ostida turkum targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish” chora-tadbirlarining 21-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 22-iyundagi 2-13-21-3239-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizdagi yosh avlodda mintaqamizga xos bo‘lgan so‘fiyona qarashlar, tariqatlar, ta’limotlardagi nafs tarbiyasi axloqiy tarbiya, ma’naviy tarbiya, bag‘rikenglikka oid qarashlarini yanada chuqur o‘rganishga xizmat qilgan;
malomatiylik ta’limotidagi inson ichki olamini poklash, nafsni tiyish, qalbni tasfiya (poklanish) etish orqali ruhiy-ma’naviy yuksalish tamoyillari tasavvufning filantropiya (saxovatpeshalik) va insonparvarlik g‘oyalari bilan dialektik aloqador ekanligiga doir yangilik hamda taklif va tavsiyalardan Imom Vuxoriu xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida, jumladan, ijtimoiy buyurtma asosida nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 26-iyundagi 02/267-son ma’lumotnomasi). Natijada, nashr etilgan ensiklopediyaning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarni ma’naviy-axloqiy yuksaltirishda tasavvufning insonni komillikka undovchi “qalbni poklash, “vujud pokligi”, “nafs tarbiyasi”, “o‘zini-o‘zi takomillashtirish”, “sabr-qanoat”li bo‘lish g‘oyalarining ma’rifatli shaxs dunyoqarashini kengaytirishda va buzg‘unchi ekstremistik, radikal oqimlarga qarshi kurashda substansional asosga egaligiga doir xulosalar, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil 31-mart kuni efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-iyundagi 01-07/143-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning tasavvuf, falsafiy merosi, tasavvuf allomalarining go‘zallik, inson axloqi va malomatiylik va qalandariylik g‘oyalaridagi ezgu g‘oya va qarashlarni keng xalq ommasiga etkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom tarzi va dunyoqarashni o‘zgarishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish