Do‘schanov Umar Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati agrotsenozlarida qattiqqanotlilar (Coleoptera) faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B600.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urgench davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnora Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati agrotsenozlarida tarqalgan qattiqqanotlilarning (Coleoptera) tur tarkibini aniqlash va ularni ekologik-faunistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati agrotsenozlarida tarqalgan qattiqqanotlilarning tur tarkibi ilk marotaba o‘rganilib, 13 oila, 30 kenja oila, 38 triba, 63 avlodga mansub 95 turdan iborat ekanligi asoslangan;
qattiqqanotli hasharotlarning 11 oila, 29 kenja oila, 36 triba, 61 avlodga mansub 62 turi tadqiqot hududida ilk marotaba aniqlangan;
O‘zbekiston hududida ilgari qayd qilinmagan 1 ta oila 2 ta avlodga mansub 2 ta tur aniqlangan;
aniqlangan qo‘ng‘iz turlari orasida 1 ta tur (Eurythyrea oxiana) O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, shu bilan bir qatorda 1 ta tur (Pterostichus (Phonias) subitus) kam sonli tur sifatida aniqlangan;
aniqlangan qattiqqanotlilarning trofik munosabatlari 3 ta, hayotiy shakliga ko‘ra 11 ta, namlikka munosabatiga ko‘ra 7 ta, imagosining mavsumiy fenologik rivojlanishi 7 ta guruhga tegishliligi asoslangan;
agrotsenozlarda 13 oiladagi 95 tur qo‘ng‘izlardan 3 ta oilaga mansub 29 tur entomofag, 8 ta oiladagi 22 turi fitofag, qolgan 44 turdagi qo‘ng‘izlar evrifag hisoblanib barcha oila vakillarida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati agrotsenozlarida qattiqqanotlilar (Coleoptera) faunasi va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyati agrotsenozlaridan yig‘ilgan qattiqqanotlilar kolleksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti muzeyi fondiga kiritilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2024 yil 12 martdagi 4/1255-569-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati agrotsenoz hududlari bo‘yicha hasharotlar fondini boyitishda, populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash, turli agrolandshaftlarda tarqalishi va ekologiyasini o‘rganishda hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini beradi;
agrotsenozlardagi qo‘ng‘izlarning faunistik tarkibi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari va atrof muhitining ekologik holatini baholash, muhofazaga muhtoj turlarni saqlab qolish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 28 noyabrdagi 03-03/3-7451-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida, aniqlangan qo‘ng‘iz turlari orasidan 1 ta tur O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilganligi, 1 ta tur Respublikadagi kam sonli tur ekanligi ushbu turlarni saqlash, ko‘paytirish imkonini bergan.