Qobilov Sherali Boli o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karerlarda kumulyativ ta’sirli skvajinali portlovchi modda zaryadlarini qo‘llashda burg‘ilash va portlatish ishlari parametrlarini asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4406.
Ilmiy rahbarlar: Umarov Farxodbek Yarqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Nutfulloev G‘afur Subxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Vinnikov Vladimir Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Ochilov Shuhratulla Atoevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kumulyativ ta’sirga ega bo’lgan skvajinali PM zaryadining konstruksiyasini ishlab chiqish orqali skvajinada qo‘shimcha burg‘ilash miqdorini kamaytirish va portlashning potensial energiyasidan haqiqiy foydalanish koeffisientini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kumulyativ ta’sirli skvajinali zaryadining konstruksiyasidan foydalanish orqali pog‘onaostining maydalanish zonasi aniqlandi va PMning faol massasi qiymatiga qarab kumulyasiya parametrlari asoslangan;
BPIni olib borish uchun oqilona parametrlarni aniqlash orqali tog‘ jinslarining maydalanish zonasi o‘lchamlariga kumulyasiyaning ta’siri aniqlangan;
skvajinalarni qo‘shimcha burg‘ulash chuqurligini kamaytirish, kumulyasiya oqimning teshish ta’sirining qiymatiga teng miqdorda kamaytirish ekanligi asoslangan;
kumulyasiya effektga ega skvajina PM zaryadining oqilona parametrlari tog‘ jinslarida kumulyasiya effektini raqamli va fizik modellashtirish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Karerlarda kumulyativ ta’sirli skvajina PM zaryadini qo‘llanilishida BPI parametrlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
BPIning oqilona parametrlarini aniqlash metodikasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Yoshlik-I» karerida skvajinalarni qo‘shimcha burg‘ilash hajmini kamaytirishda joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 22 maydagi 05-24/61-01304-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlatish ishlarini olib borish shartlari, skvajina zaryadlarining parametrlari va ularning fazoviy joylashuvi, massivning portlatish orqali yumshatish sifati va miqdoriy ko'rsatkichlari to’g‘risidagi tasavvurlarni hosil qilish imkonini bergan;
kumulyativ ta’sirga ega skvajina PM zaryadining konstruksiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli «Yoshlik-I» karerida joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2024 yil 22 maydagi 05-24/61-01304-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlovchi moddalarning solishtirma sarfi, burg‘ilash hajmi va portlovchi moddalarning umumiy massasi kamaytirish va iqtisodiy samara olish imkonini bergan.