Saidova Nodira Mustakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Mumtoz adabiyot tadqiqida germenevtik usulning o‘rni va taraqqiyot xususiyatlari (adabiyotshunos Rahim Vohidov ilmiy faoliyati misolida)”, 10.00.02 – o‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3760.
Ilmiy rahbar: Rajabova Ma’rifat Baqoevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiyotshunos olim Rahim Jo‘raevich Vohidovning tadqiqotlarida germenevtik metodning o‘rnini aniqlash, olimning undan foydalanish mahorati va taraqqiyot xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“germenevtika” terminining mohiyati, uning qadimgi yunon afsonalariga borib taqalishi, ilohiy matnlarni qayta izohlash, talqin qilish shaklida namoyon bo‘lganligi, o‘rganishda qo‘llana boshlanganligi, Sharqda matnni talqin qilishning tafsir, ilmi hoshiya, sharh bitish ko‘rinishlari mavjudligi, alohida fan sohasi sifatida XIX asr boshlarida yuzaga kelganligi aniqlangan;
Alisher Navoiyning badiiy asarni tushunish va tushuntirishdagi o‘ziga xosligi, Husayniy g‘azallarining kompozision tuzilishi, ularda qofiya va radifning qo‘llanilishi, tasviriy vositalarning g‘azaldagi badiiy vazifasi, g‘azalchilikdagi ixtirolari to‘g‘risidagi ta’kidlari germenevtik usul elementlari vositasida asoslangan;
adabiyotshunosning “Avesto” matniga germenevtik yondashuvi, asardagi  leksik birliklarning tahlil va talqin jarayonidagi o‘rni, grammatik va psixologik talqinning birgalikda olib borilganligi, “Yasna” tarkibidagi qo‘shiqlarning komil inson g‘oyalariga uyg‘unligi bilan bog‘liq talqinlarda kuzatilganligi isbotlangan;
olimning tahlil va talqin uslubida mantiqiy-tushunchaviy, lirik-publisistik interpretatsiyaning xususiyatlari namoyon bo‘lganligi, boburshunoslik va tasavvuf  adabiyotiga oid tadqiqotlarida esse  uslubidagi  fikrlash tarzining yetakchilik qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. mumtoz adabiyot tadqiqida  germenevtik usulning o‘rni va uning taraqqiyot xususiyatlari masalasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
“germenevtika” terminining mohiyati, uning qadimgi yunon afsonalariga borib taqalishi, ilohiy matnlarni qayta izohlash, talqin qilish shaklida namoyon bo‘lganligi, o‘rganishda qo‘llana boshlanganligi, Sharqda matnni talqin qilishning tafsir, ilmi hoshiya, sharh bitish ko‘rinishlari mavjudligi, alohida fan sohasi sifatida XIX asr boshlarida yuzaga kelganligi haqidagi ilmiy xulosalardan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 7- dekabrdagi 499/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha germenevtik metodning mohiyati, uning o‘zbek adabiyotshunosligida faol qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Alisher Navoiyning badiiy asarni tushunish va tushuntirishdagi o‘ziga xosligi, Husayniy g‘azallarining kompozision tuzilishi, ularda qofiya va radifning qo‘llanilishi, tasviriy vositalarning g‘azaldagi badiiy vazifasi, g‘azalchilikdagi ixtirolari to‘g‘risidagi ta’kidlari germenevtik usul elementlariga bog‘liq fikr-qarashlardan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda oʻrganilishi va targʻiboti asosida koʻp tilli multimedia toʻplamini yaratish” (2021-2023-yy.)  mavzusidagi bajarilgan amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2024 - yil 23-apreldagi 04/1-1020-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
olimning tahlil va talqin uslubida mantiqiy-tushunchaviy, lirik-publisistik interpretatsiyaning xususiyatlari namoyon bo‘lganligi, boburshunoslik va tasavvuf  adabiyotiga oid tadqiqotlarida esse uslubidagi fikrlash tarzining yetakchilik qilishiga oid qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Ta’limdagi muammolar”, “Muloqot va munozara” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-yanvardagi 01-09-08-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, zahirasini yangi manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish