Bekchanova Kuvanch Roximovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasi rivojlanishiningpsixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P743.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna , psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinova, psixologiya fanlari doktori, professor; Sherimbetova Zamira Shalabaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasi rivojlanishining psixologik xususiyatlarini baholash orqali amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik darajasini rivojlanishiga ko‘ra, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasiga ta’sir etuvchi psixologik omillarining yosh va individual xususiyatlariga bog‘liq holda differensial farqlanishi isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasining rivojlanishiga ko‘ra axloqiy me’yorlar rivojlanish darajasi maktabgacha yosh guruhlariga mos shakllanishi, qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik darajasi bilan o‘zaro identiv ekanligi dalillangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda «ixtiyoriy xulq-atvor»ning rivojlanish darajasiga ko‘ra, ularda «qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik»ni oshishi «o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasi»ning rivojlanishiga ijobiy korrelyasiyalanishi dalillangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasining namoyon bo‘lishida maxsus tashkil qilingan dastur asosida «kognitiv», «konativ», «emotsional» sohalariga maqsadli ta’sir natijasida, «qat’iyatlilik va madsadga muvofiqlik» «ixtiyoriy xulq-atvor» va «axloqiy me’yorlar» kabi xususiyatlarning rivojlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasi rivojlanishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tatbiq etish asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik mezoniga ko‘ra, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasiga ta’sir etuvchi psixologik omil sifatida ifodalanishi bolalarning yosh va individual xususiyatlariga bog‘liq holda differensial ravishda farqlanishini isbotlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-152-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-152a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik darajasining rivojlanish imkoni kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasining rivojlanishiga ko‘ra, axloqiy me’yorlar rivojlanish darajasi maktabgacha yosh guruhlariga mos shakllanganligi, qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik darajasi bilan o‘zaro aloqadorligini aniqlashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-152 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-152a son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasining rivojlanishiga ko‘ra, axloqiy me’yorlar rivojlanish darajasini aniqlashga sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ixtiyoriy xatti-harakatlarning rivojlanish darajasiga ko‘ra, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasining rivojlanganligi mazkur yosh bosqichidagi bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-152-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-152a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda ixtiyoriy xatti-harakatlarning rivojlanish darajasini ko‘rsatib berish samaradorligi oshgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasini rivojlantishda tog‘ri taskil etilgan rivojlantiruvchi dastur asosida ularda o‘z-o‘zini boshqarish, «kognitiv», «konativ(xulq-atvor)», «emotsional ijobiy kabi xususiyatlarning shaklanishini dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-152-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-152a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasini rivojlantish uchun rivojlantiruvchi dastur mazmuni kengaytirilgan.