Sagdieva Yulianna Anatol`evnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagog-psixologlar ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanish xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD /P466.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Boymirzaeva Dilbar Dmitrievna,  psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini ekspert baholashda shaxslararo munosabatlardagi hissiy to‘siqlarni engib o‘tish, muloqotda o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmasining ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi natijasida "kommunikativ qobiliyat va tolerantlik", "emotsional intellekt", "shaxsiy etuklik", "refleksivlik", "shaxsiy adaptivlik" komponentlarining muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
zamonaviy pedagog-psixologlar faoliyatida samarali o‘zaro munosabatlar va o‘zaro ta’sirni ta’minlashda shaxslararo kommunikatsiyaga yo‘nalgan muloqot hamda xulq-atvorning sub’ektiv determinantlari namoyon bo‘lishiga ko‘ra kasbiy muhim xususiyat sifatida ijtimoiy-psixologik kompetentlik xizmat qilishi isbotlangan;
zamonaviy pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligi kasbiy faoliyatdagi produktiv va reproduktiv muammolarni hal etishda muloqotning kommunikativ, interaktiv, perseptiv funksiyalarini faollashtirib, atrofdagilarga ta’sir eta olish ko‘nikmasini namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli shaxs  individual psixologik xususiyatlarga bog‘liq holda rivojlanishi dalillangan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda shaxs kommunikativ qobiliyati va tolerantligini, emotsional bilimdonlik, empatiya, muloqotdagi refleksiyani shakllanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli ijtimoiy-psixologik treningning psixologik mexanizmlaridan manzilli foydalanishning samarali usullari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagog-psixologlar ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish natijasida:
pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini ekspert baholashda shaxslararo munosabatlardagi hissiy to‘siqlarni engib o‘tish, muloqotda o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmasining ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi natijasida "kommunikativ qobiliyat va tolerantlik", "emotsional intellekt", "shaxsiy etuklik", "refleksivlik", "shaxsiy adaptivlik" komponentlarining muhim ahamiyatga ega ekanligini asoslashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-117-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 1-martdagi PM-117a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarning nazariy va uslubiy tahlilini o‘tkazishga sharoit yaratilgan;
zamonaviy pedagog-psixologlar faoliyatida samarali o‘zaro munosabatlar va o‘zaro ta’sirni ta’minlashda shaxslararo kommunikatsiyaga yo‘nalgan muloqot hamda xulq-atvorning sub’ektiv determinantlari namoyon bo‘lishiga ko‘ra kasbiy muhim xususiyat sifatida ijtimoiy-psixologik kompetentlik xizmat qilishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-117-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 1-martdagi PM-117a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixolog zamonaviy kasbiy faoliyatining psixologik xususiyatlarini ko‘rib chiqishga erishilgan;
zamonaviy pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligi kasbiy faoliyatdagi produktiv va reproduktiv muammolarni hal etishda muloqotning kommunikativ, interaktiv, perseptiv funksiyalarini faollashtirib, atrofdagilarga ta’sir eta olish ko‘nikmasini namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli shaxs  individual psixologik xususiyatlarga bog‘liq holda rivojlanishini dalillashga  oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-117-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 1-martdagi PM-117a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixolog ijtimoiy-psixologik kompetensiyasining tarkibiy qismlarini aniqlash va ularning psixodiagnostikasining xususiyatlarini ochib berish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda shaxs kommunikativ qobiliyati va tolerantligini, emotsional bilimdonlik, empatiya, muloqotdagi refleksiyani shakllanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli ijtimoiy-psixologik treninglardan manzilli foydalanishning samarali usullarini asoslashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-117-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Psixologik maslahat va psixokorreksiya asoslari” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 1-martdagi PM-117a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarining ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha psixologik trening shakllantirilib, uning samaradorligini tekshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish