Qosimova Nafisa Farhodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Tarjima kognitiv mexanizmlarida psixolingvistik qoliplar ishtirokining lingvomadaniy shartlanishi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil491.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Ibodullo Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor, Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarjima kognitiv jarayonlarida psixolingvistik qoliplar ishtirokining lingvomadaniy shartlanganligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kommunikativ hodisa hisoblangan matnda asliyat va tarjima matnlariaro ekvivalentlik turli darajalarda voqelanishi, til va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar tufayli grammatik, leksik, fonetik, uslubiy kabi intralingvistik; madaniy kod, kontekstual vaziyat, pragmatik ma’no kabi ekstralingvistik unsurlar tarjimada teng ekvivalent holda saqlanib qolmasligi aniqlangan;
matnning kompozision va semantik tuzilishi, manba til va tarjima tilining o‘zaro bog‘liqlik nisbati, tillararo madaniy kodlar munosabati, tillarning o‘ziga xos grammatikasi va leksik tuzilmalaridagi tafovutlar kabi xususiyatlar matnni idrok etishga taʼsir koʻrsatadigan omil ekanligi; tarjimon asliyat matnining funksional jihatdan muhim elementlarini tanlash tamoyili asosida belgilashi va ierarxiya tamoyili asosida mazkur elementlarning ustuvorligini hal qilishi lozimligi isbotlangan;
qiymat tarjimasining psixolingvistik qolipi tarjimonning aqliy jarayonlarini, xotira faoliyatini, kod o‘zgartirish jarayonini va emotsional omillarni o‘rganishga qaratilganligi, shuningdek, tarjimaning kognitiv qolipi uning kognitiv va psixolingvistik konsepsiyasiga mos kelishi, antropotsentrizm tamoyiliga tayanishi zarurligi, mazkur tamoyilning, o‘z navbatida, inson kognitiv faoliyati tabiatiga asoslanishi isbotlangan;
tarjimonning o‘quvchida asliyat matnida namoyon bo‘lgan emotsional-estetik tuyg‘ularni uyg‘ota olishi, shuningdek, tarjima matni resipientiga o‘tkaziladigan emotsional-estetik ta’sirning asliyat matnidagi aynan shu ta’sirga mutanosibligini oldindan ko‘ra bilishi badiiy matnlar tarjimasi sifatini oshiruvchi omil ekanligi dalillangan;
badiiy tarjima jarayonida til egalari tafakkuridagi tafovut, til birligini nutqda qo‘llashdagi turli tendensiyalarining mavjudligi, so‘z, so‘z birikmasi, gapning ma’no va qiymatidagi farqlar kabi omillar natijasida yuzaga keladigan madaniyatlararo va lingvistik asimmetriya (nomutanosiblik) holatlarini bartaraf etishda lingvomadaniy moslashuv strategiyasining eng samarali usul ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ilmiy paradigma doirasida tarjima kognitiv mexanizmlarida psixolingvistik qoliplar voqelanishining lingvomadaniy shartlanishi asosida:
tarjimonning o‘quvchida asliyat matnida namoyon bo‘lgan emotsional-estetik tuyg‘ularni uyg‘ota olishi, shuningdek, tarjima matni resipientiga o‘tkaziladigan emotsional-estetik ta’sirning asliyat matni resipientiga bo‘lgan emotsional-estetik ta’sirga mutanosibligini oldindan ko‘ra bilishi badiiy matnlar tarjimasi sifatini oshiruvchi omil ekanligiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-oktyabrdagi 01/10-2267-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida yaratilgan badiiy adabiyot namunalarini tarjima qilishda psixolingvistik qolip – tarjima jarayoniga psixolingvistik yondashuvga asoslangan tarjima modeli bo‘lganligini belgilovchi jihatlarga e’tiborni kuchaytirishga erishilgan;
matn kommunikativ hodisa sifatida ko‘rib chiqilganda, asliyat va tarjima matnlariaro ekvivalentlik turli darajalarda mavjud bo‘lishi, til va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar tufayli grammatik, leksik, fonetik, uslubiy kabi intralingvistik; madaniy kod, kontekstual vaziyat, pragmatik ma’no kabi ekstralingvistik unsurlar tarjimada teng ekvivalent holda saqlanib qolmasligi bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 5-iyundagi 245/1-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyot namunalari tarjimasida pragmatik ma’no, asliyat va tarjima matnlariaro kommunikativ effekt mutanosibligini ta’minlashga xizmat qilgan;
badiiy tarjima jarayonida til egalari tafakkuridagi tafovut, til birligini nutqda qo‘llashning turli tendensiyalarining mavjudligi, so‘z, so‘z birikmasi, gapning ma’no va qiymatidagi farqlar tufayli yuzaga keladigan madaniyatlararo va lingvistik asimmetriya (nomutanosiblik) holatlarini bartaraf etishda lingvomadaniy moslashuv strategiyasining eng samarali usul ekanligiga doir xulosalardan Oliy ta’limning 61010500-gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 14-avgustdagi 02/4474-son ma’lumotnomasi). Natijada noverbal tafakkur shakllanishi, qiymat tarjimasining psixolingvistik qolipi, tarjimaning lingvomadaniy jihatlari talqini orqali “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fanining amaliy qismlari takomillashtirilgan;
matnning kompozision va semantik tuzilishi, manba til va tarjima tilining o‘zaro bog‘liqlik nisbati, tillararo madaniy kodlar munosabati, tillarning o‘ziga xos grammatikasi va leksik tuzilmalaridagi tafovutlar kabi xususiyatlar matnni idrok etishga taʼsir koʻrsatadigan omil ekanligi, shuningdek, tarjimaga kommunikativ yondashuvda mutarjim avvalo asliyat matnining funksional jihatdan muhim deb hisoblagan elementlarini tanlash tamoyili asosida tanlashi va ierarxiya tamoyili asosida mazkur elementlarning ustuvorligini hal qilishi lozimligi bilan bog‘liq xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan “561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzuidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 22-dekabrdagi 3681/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan kommunikativ-lisoniy birliklar madaniy xususiyatlari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
qiymat tarjimasining psixolingvistik qolipi tarjimonning aqliy jarayonlarini, xotira faoliyatini, kod o‘zgartirish jarayonini va emotsional omillarni o‘rganishga qaratilganligi va tarjimaning kognitiv qolipi uning kognitiv va psixolingvistik konsepsiyasiga mos kelishi, antropotsentrizm tamoyiliga tayanishi zarurligi, mazkur tamoyilning, o‘z navbatida, inson kognitiv faoliyati tabiatiga asoslanishiga doir xulosalardan “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-iyuldagi 01-09-107-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.