Maxmudov Maqsud Kamolovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intellektual-jismoniy rivojlantirish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Ped1025.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intellektual-jismoniy rivojlantirish tizimini takomillashtirishga oid ilmiy-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni intellektual-jismoniy rivojlantirish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari fanlararo bog‘liqlik, sub’ektlar integratsiyasi, aqliy hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan jarayon samaradorligini tizimli ta’minlashga yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intellektual-jismoniy rivojlantirishning ko‘p komponentli tizimli modeli talabalarning kasbiy kompetensiyalari, ijtimoiy-pedagogik jihatlarini, diagnostik psixologik xususiyatlarini innovatsion ta’lim makoni bilan integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intellektual-jismoniy rivojlantirish mazmunining “axborot-tahlil”, “nazorat-tashxis”, “maqsadli-motivlashtirish” komponentlari, pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali tayanch kompetensiyalarga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning intellektual-jismoniy sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv kontentlari muammoli o‘qitish hamda tanqidiy fikrlash texnologiyalariga shaxsiy-kasbiy, tarbiyaviy, ilmiy, innovatsion, o‘z-o‘zini boshqarish jihatlariga ustivorlik berish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intellektual-jismoniy rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarida intellekt, kompetentlik, kreativlik, kommunikativlik, aniq maqsadga yo‘nalganlik kabi sifatlarni rivojlantirish asosida intellektual-jismoniy sifatlarni rivojlantirishga oid takliflardan 5112000-jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan ( O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 12 martdagi 11-05-11-43/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda intellektual-jismoniy sifatlarni rivojlantirishga erishishga xizmat qilgan;
talabalarning innovatsion yondashuvlar asosida intellektual-jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimli-amaliy modeli parametrlari echiladigan muammolar, asosiy kasbiy funksiyalar, faoliyat turlari, qo‘llaniladigan bilim va ko‘nikmalar sferasi, shaxs sifatlarini rivojlantirish, jumladan elektron simulyatorlar va platformalarni qo‘llashga oid takliflardan - 60112200-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Sport mahoratini oshirish” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 17.03.2022-yil 17-martdagi. 106-son buyrug‘i). Natijada mantiqiy topshiriqlar asosida talabalarning intellektual-jismoniy sifatlarini rivojlantirish mexanizmining takomillashtirishga erishilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intellektual-jismoniy rivojlantirishning ko‘p komponentli tizimli – amaliy modeli talabalarning kasbiy kompetensiyalar ijtimoiy-pedagogik jihatlarini, diagnostik psixologik xususiyatlarini innovatsion ta’lim makonida aniqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan 5112000-jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-fevraldagi 3/15-1297-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar innovatsion yondashuvlar asosida jismoniy madaniyat fakulteti talabalarida intellektual-jismoniy sifatlarni rivojlantirish mexanizmlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.