Turg‘unaliev Elbek To‘xtanazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahsulot sifatini saqlash uchun paxtaga dastlabki ishlov texnologik jarayonida kompozit materiallarni maqsadli qo‘llash», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va kamyob metallar metallurgiyasi hamda 05.02.04 –Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3923.
Ilmiy rahbar:
t.f.d., professor, Djumabaev Alijon Bakishevich (05.02.04)
t.f.d., professor, Ziyamuxamedova Umida Alijonovna (05.02.01)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ermatov Ziyadulla Dostmatovich –texnika fanlari doktori (DSc), professor; Abduvaliev Abduqahhar Abdulxaevich – texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani qayta ishlash yirik gabaritli texnologik jihozlarda mahalliy xomashyolar asosida ikki qatlamli termoplast va reaktoplast bog‘lovchili polimer kompozit materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va paxta mahsuloti sifatini ta’minlash uchun qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtani qayta ishlash texnologik jarayonining pnevmotransport qurilmasi uchun tola sifatini saqlash imkonini ta’minlovchi polimer kompozit materiallar tarkiblari yaratilgan;
mahsulot sifatini paxta tolasini shikastlanishini kamaytirish bilan ta’minlovchi termoplast va reaktoplast bog‘lovchi asosida ikki qatlamli polimer kompozit materiallar tarkiblari uchun to‘ldiruvchilar turi, miqdori va granulometrik tarkiblari aniqlangan;
paxta tolasi sifatini mexanik shikastlanishiga polimer kompozit material tarkibidagi armirlovchi tolali to‘ldiruvchini miqdori va sifat jihatidan ta’siri aniqlangan;
ilk bor paxta bilan polimer kompozit materiallarning o‘zaro friksion ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan elektrostatik zaryadning mahsulot sifatiga ta’siri aniqlangan;
texnologik jarayonda paxta homashyosi mahsulotlari sifatini ta’minlovchi ikki qatlamli polimer kompozit materiallarining tarkiblari, ularni olish va maqsadli qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahsulot sifatini saqlash uchun paxtaga dastlabki ishlov texnologik jarayonida kompozit materiallarni maqsadli qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki qatlamli polimer kompozit materiallardan pnevmotransport quvurlar «Real agro cotton» UK tasarrufidagi «Real tex Toshkent» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar» uyushmasining 2024-yil 16-yanvardagi 02/22-32-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona texnologik jihozlarning eyilishga bardoshliligini yaxshilash evaziga ishlash muddatini 1,5-1,8-martaga va jihozning ish unumdorligini 30-35 % ga oshirish imkonini bergan;
ikki qatlamli polimer kompozit materiallarni «Real agro cotton»UK tasarrufidagi «Real tex Toshkent» MChJ da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar» uyushmasining 2024-yil 16-yanvardagi 02/22-32-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot (tola)ning mexanik shikastlanishini ishqalanish koeffisientini kamayishi hisobiga umumiy mahsulotni hajmiga nisbatan 1,2-1,5%, chigitning jarohatlanishini 10 15%, energiya sarfini 15-20% kamaytirish imkonini bergan;
olingan termoplast va reaktoplast bog‘lovchili, ikki qatlamli polimer kompozit materiallardan ishlab chiqilgan pnevmotransport quvurlari «Real agro cotton» UK tasarrufidagi «Real tex Toshkent» MChJ da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar» uyushmasining 2024-yil 16-yanvardagi 02/22-32-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish texnologik jarayonida shovqin miqdorini 2-3 marta va havoning changlanishini 1,2-1,5 marta kamaytirishga imkon bergan.