Toirov Otabek Toir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir yo‘l transporti harakat tarkibining yon ramalarini quyish texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3658.
Ilmiy rahbar: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna – texnika fanlari doktori (DSc), professor; Ermatov Ziyadulla Dosmatovich – texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l transporti yuk vagoni quyma detallarining mexanik, ekspluatatsion xossalarini yaxshilash, quymadagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun ularni quyish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi yuk vagonlari aravachasining yon ramasini 20GL markali po‘latdan quyishda maxalliy xomashyolarni qo‘llash orqali, quyma detalning ekspluatatsion xossalarini yaxshilashni inobatga olgan holda quyish texnologik jarayoninining samaradorlik ko‘rsatgichlariga ta’sir etuvchi omillari aniqlangan;
yuk vagoni aravachasining yon ramasini ishlab chiqarishda 20GL markali po‘latni qoliplarga quyishda kristallanish jarayonini yaxshilash maqsadida ratsional metal quyish haroratini tavsiflovchi empirik formula yaratilgan;
20GL markali po‘latdan yuk vagonlari aravachasi yon ramasini ishlab chiqarishda zamonaviy ProCAST dasturi yordamida modellashtirish asosida quyma detalning xizmat muddatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi xossalarini yaxshilovchi qolipga o‘rnatiladigan sovutgich parametrlarini ratsional qiymatini aniqlashning uslubiyoti ishlab chiqilgan;
maxalliy xomashyolar asosida harakatlanuvchi tarkib yuk vagoni aravachasining yon ramasini ishlab chiqarishda o‘zak konstruksiya o‘zgargan, sovutgich parametri yaxshilangan va quyish tizimi konstruksiyasini hisobga olgan holda, 20GL markali po‘latni quyish texnologiyasi takomillashtirilgan;
maxalliy xomashyolar va takomillashtirilgan quyish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi yuk vagonlari aravachasining yon ramasining xossalarini yaxshilash uchun termik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temir yo‘l transporti harakat tarkibining yon ramalarini quyish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
temir yo‘l harakat tarkibi yuk vagonlari aravachasining yon ramasining yaratilgan yangi konstruksiyasi «Quyuv mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan. («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 3-iyuldagi 03/2602-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan yuk vagoni aravasi yon ramasining xizmat qilish muddatini 17% ga va ishlab chiqarishni 33% ga oshirish imkonini bergan;
20GL markali po‘latdan yuk vagonlari aravasining yon ramasini ishlab chiqarishda qolip o‘zak konstruksiyasining o‘zgarishi va sovutgich parametrlarini optimal qiymatini aniqlash uslubiyoti «Quyuv mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan. («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 3-iyuldagi 03/2602-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan yuk vagoni aravasi yon ramasining xizmat qilish muddati 10% ga oshirish imkonini bergan;
yuk vagonlari aravasining yon ramasini ishlab chiqish uchun takomillashtirilgan quyish texnologiyasi «Quyuv mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan. («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 3-iyuldagi 03/2602-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan yuk vagoni aravasi yon ramasini 20GL markali po‘latdan quyishda quyma detalga termik ishlov berish oquvchanlik chegarasi 30% ga, mustahkamlik chegarasi 7% ga, zarbiy qovushqoqlik qiymatini 3,1 martagacha oshirish imkonini bergan;
temir yo‘l harakat tarkibi yuk vagonlari aravachasining yon ramasini ishlab chiqarish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 3-iyuldagi 03/2602-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologiyani amaliyotga joriy etilib, 5,150 mlrd. so‘m miqdordagi yillik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.